Mavzu: Modda miqdorini va sarfini o’lchash


Suyuqlik miqdorining xajm miqdor o'lchagichlari


Download 98.49 Kb.
bet3/5
Sana15.06.2023
Hajmi98.49 Kb.
#1483296
1   2   3   4   5
Bog'liq
Modda miqdorini va sarfini o’lchash

Suyuqlik miqdorining xajm miqdor o'lchagichlari


Xajm miqdor o'lchagichlarining ishlash printsipi o'lchash kamerasidan bosimlar farqi ta'sirida siqib chiqarilayotgan ma'lum xajmdagi suyuqlik xajmini o'lchashga va bu o'lchash natijalarini jamlashga asoslangan. Mexanik qo'shimchalari yo'q bo'lgan muxit miqdorini o'lchashda qo'llaniladi. Qovushqoqligi juda katta bo'lgan mahsulotlarning miqdorini o'lchashda, odatda, bu asboblar bug'qobig'iga ega bo'ladi.
Xajm miqdor o'lchagichlari sifatida oval tishli g'ildiraklari bor miqdor o'lchagichlardan foydalaniladi (rasm 18). Ularda, suyuqlik miqdor o'lchagichdan o'tishi jarayonida, oval g'ildiraklarni aylantirish uchun o'zining ma'lum miqdordagi energiyasini yo'qotadi. Kirayotgan oqimga nisbatan oval g'ildiraklarning joylashishiga qarab, ular navbatma-navbat boshlovchi yoki ergashuvchi bo'lishi mumkin. Oval g'ildiraklarning aylanishi natijasida esa, oval g'ildirak va miqdor o'lchagich devorlari orasida davriy ravishda ma'lum xajmdagi suyuqlik ajratilib olinadi. Bunda, g'ildirakning bir matra aylanishida shunday xajmdan to'rttasi ajratib olinadi.

3 - rasm

Miqdor o'lchagichdan o'tgan suyuqlik miqdori, oval g'ildiraklar aylanish soniga qarab aniqlanadi. G'ildiraklarning I xolatida, suyuqlik o'ng g'ildirakni soat strelkasi yo'nalishi bo'yicha aylantiradi, u esa, chap g'ildirakni soat strelkasi yo'nalishiga teskari yo'nalishda aylantiradi. Bu xolatda o'ng g'ildirak ma'lum (gt) xajmdagi suyuqlikni ajratadi.


G'ildiraklarning II xolatida chap g'ildirak yangi G2 xajmni ajrataboshlaydi, o'ng g'ildirak esa, ajratilgan suyuqlik xajmini G1 miqdor o'lchagichdan siqib chiqarishda davom etadi. Bu xolatda aylantirish momenti ikkala g'ildirakga beriladi. G'ildiraklarning III xolatida endi chap g'ildirak boshlovchi bo'ladi. Bunda u G2 xajmdagi suyuqlikni ajratib bo'lib, o'ng g'ildirakni soat strelkasi yo'nalishi bo'yicha aylantiradi. G'ildiraklarning keyingi aylanishlari avvalgi xolatlarga o'xshash bo'lib, G2 va G3 suyuqlik xajmlari ajratib olinadi va hakozo.
Xar xil trubaprovod diametrlari uchun va bosimlar (1,6 MPa) uchun mo'ljallangan turlari ishlab chiqiladi. O'lchash xatoligi-0,5%.


Download 98.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling