Sath o'zgarishi bo'yicha sarfni o'lchash
Bu sarf o'lchagichlarning ishlashi idish o'rtasidagi tirqishdan suyuqlikning erkin oqib o'tishida suyuqlik satxini sarf o'zgarishi bilan o'zgarishiga asoslangan. O'ta aktiv (agressiv) moddalar, pulsasiyalanuvchi oqimlar va gazlar bilan aralash suyuqliklarning atmosfera bosimida sarfini o'lchashda ishlatiladi. Ushbu sarf o'lchagich to'g'ri to'rtburchak ko'rinishidagi, o'lchanayotgan suyuqlikning kirish va chiqish shtuserlari bor idish ko'rinishida bo'ladi. Bu idish o'rtasidan tirqishi bor to'siq bilan bo'lingan. Tirqishdan toshib o'tayotgan suyuqlik satxi odatda, p'ezometrik satx o'lchagich yordamida o'lchanadi. P'ezometrik trubka 1 ximoya chexolida tirqishdan oldin o'rnatilib, undan muntazam ravishda xavo o'tkazilib turiladi.
Pe'zometrik trubkaga berilayotgan havo miqdori nazorat stakani yordamida nazorat qilinadi, bosimi esa, reduktor yordamida ushlab turiladi va filtr yordamida tozalanadi.
Toshib o'tayotgan suyuqlik satxi suyuqlik sarfi o'zgarishi bilan o'zgaradi (Q=kh, bu erda, k – proportsionallik koeffisienti; H – toshib o'tayotgan suyuqlik satxi). Pezometrik trubkadagi bosim tirqish oldidagi suyuqlik satxi va zichligiga bog'liq ravishda o'zgaradi va shuning uchun u massaviy sarfga ham bog'liqdir. Shunday qilib, suyuqlikning gidrostatik bosimi p'ezometrik trubka va difmanometr yordamida o'lchanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |