Oqava suvlari tarkibidagi qo’rg’oshin ionini aniqlash
Ishning maqsadi: qo’rg’oshin nitratni 1 n kaliy nitrat eritmasi yordamida polyarogrammasini chizish va uning yarim to’lqin potentsialini aniqlash.
Kerakli asboblar: 1)1,0 n kaliy nitrat eritmasi, fon elektrolit sifatida;
0,500 mg/ml tutgan qo’rg’oshin nitrat eritmasi;
kukunsimon jelatin;
0,5 g natriysulьfit.
Ishning borishi: 50,0 ml li o’lchov kolbasiga qo’rg’oshin nitratning standart eritmasidan 1,0, 3,0, 5,0, 7,0, 10,0 ml eritmasi (noъmalum kontsentratsiyadan esa 10 ml ) va 1,0 n kaliy nitrat eritmasidan 5,0 ml va 5,0 ml 0,5% g jelatin 0,5 kukunsimon natriy sulьfit qo’shiladi va belgisigacha bidistillangna suv bilan keltiriladi. 2 sekund davomida simob tomchisida mis(II) ionining qaytarilish polyarogrammasi chiziladi. Olingan natijalardan graduirovkali grafik chizib, noъmalum miqdordagi misni miqdori o’lchanadi.
Er osti va quduq suvlarining qattiqligini aniqlash
Ishning maqsadi: Er osti suvi tarkibidagi kalьtsiy va magniy ionlarining miqdorini kompleksonometrik usulda aniqlash.
Kerakli jixozlar va reaktivlar:
Erioxrom qora indikator;
Ammiakli bufer; 3.EDTA ning fiksanali;
4. byuretka, pipetka va kolbalar.
Ishning borishi: er osti suvidan 100 ml olib titrlash kolbasiga solamiz, ustiga 1 chimdim erioxrom kora va ammiakli buferdan 5,0 ml solib, byuretkadagi EDTA bilan kizil rangdan ko’k rangga utguncha titrlanadi. Titrlash kamida uch marta olib boriladi.
.Suvni qattiqligini aniqlash. Suvning qattiqligi - 1 dm3 suvdagi Mg+2, Ca+2 ning mg.ekv. miqdori bilan aniqlanadi.
Olingan natijalar quyidagiformula orqali hisoblanadi.
H = NTr BVTr B *1000 / VH2O
Suvning qattiqlik darajasiga ko’ra ko’rsatkichi 3 ga bo’linadi: 1.YUmshoq suv – 3 mg-ekv/l gacha 2.O’rtacha qattiqlikdagi suv - 3- 6 mg-ekv/l gacha 3.Qattiq suv - 6 mg-ekv/l va undan yuqori
Do'stlaringiz bilan baham: |