Elektrokimyoviy usullarning turli tasniflari mavjud:
Tizimdagi elektr energiyasi manbaining tabiatiga ko’ra. 2 xil turi mavjud.
a ) tashqaridan potetsial taъsir etmasdan bajariladigan usullar.
Galvanik element (galvanik zanjir) dan iborat elektrkimyoviy tizimning o’zi elektr energiyasining manbai bo’lgan potetsiometrik usullar.
Bunday tizimda elektr yurituvchi kuch va elektrod potentsiallar eritmadagi aniqlanuvchi moddaning miqdoriga bog’liq.
b) tashqaridan berilgan potentsial taъsirida bajariladigan elektrkimyoviy usullar:
Konduktometrik tahlil – elektrolit eritmasining kontsentratsiyasi o’zgarishi bilan elektr o’tkazuvchanlikni o’zgarishiga asoslangan..
Volъtamperometrik tahlil - elektrodlarga berilgan potentsiallar farqi va eritmaning kontsentratsiyasi o’zgarishi bilan tok kuchini o’zgarishiga asoslangan.
Kulonometrik tahlil - eritmadan o’tgan tok miqdorini kontsentratsiyaga bog’liqligini o’lchashga asoslangan.
Elektrogrovimetrik tahlil - elektrokimyoviy reaktsiya mahsuloti massasini o’lchashga asoslangan.
Elektrkimyoviy usullarni qo’llanish uslubiga ko’ra tasnifi.
Vositasiz va vositali usullar mavjud:
a) vositasiz usullarda – eritma kontsentratsiyasiga bog’liq ravishda o’zgaradigan elektr qiymati tegishli o’lchov asbobida o’lchanadi va eritmadagi aniqlanuvchi moddaning miqdori topiladi.
b) vositali usullar titrlashni elektrkimyoviy usuli bo’lib, T.S.N titrlanayotgan eritma elektr qiymatini o’zgarishi asosida topiladi.
Mazkur tasnifga ko’ra vositasiz konduktometriya konduktometrik titrlashdan, vositasiz potentsiometriya potentsiometrik titrlashdan farqlanadi va x.zo.
Do'stlaringiz bilan baham: |