Bunday tahlil materiallar qanchalik samarali sarflanayotganligi va mahsulot hajmi hamda tannarxiga qanday ta’sir qilayotganligini aniqlashga imkon beradi. Tahlil quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi: 1. Mahsulotlar tannarxi kalkulyatsiyasi asosida tovar mahsulotning haqiqatdagi va rejalashtirilgan material sig’imi aniqlanadi, keyin esa ular o’rtasidagi farq topiladi. 2. Sarflardan olingan farqni tovar mahsulotni haqiqatdagi ishlab chiqarishga ko’paytirgan holda materiallar tejalishi yoki ortiqcha sarfining umumiy miqdori topiladi. Hosil bo’lgan umumiy miqdor material sig’imi o’zgarishining mahsulot tannarxiga ta’sirini tavsiflaydi. 3. Materiallar tejalishi yoki ortiqcha sarfi miqdorini mos ravishda tovar mahsulotning haqiqatdagi yoki rejalashtirilgan material sig’imiga bo’lish yo’li bilan tejash hisobiga qancha qo’shimcha mahsulot olinganligi yoki ortiqcha sarf hisobiga ishlab chiqarish qancha kamayganligi aniqlanadi. Korxona haqiqatdagi mahsulot ishlab chiqarishda 1272,7 ming so’mlik miqdorda materiallar ortiqcha sarflanishiga yo’l qo’ydi. Ushbu ortiqcha sarf bir so’m mahsulot uchun rejaga nisbatan haqiqatdagi sarf o’sishi bilan yuzaga kelgan. Sarflarning rejalashtirilgan me’yoriga rioya qilinganda korxona qo’shimcha ravishda 1958 ming so’mlik mahsulot ishlab chiqarishi mumkin edi. Asosiy va ikkinchi darajali kabi turlarga ajratiladigan (paxta tozalash va yog’ zavodlari, go’sht kombinatlari va boshqa korxonalar), xom ashyoning bir turidan bir necha turdagi mahsulotlar ishlab chiqariladigan sanoat tarmoqlarida materiallardan foydalanish tahlilida tadqiqotning boshqa usuli qo’llaniladi. Bu erda mahsulot birligiga materiallar sarfi ko’rsatkichi ishlatilmaydi, balki foydalaniladigan material birligiga mahsulot chiqish me’yorlari foizlarda aniqlanadi. Tahlil haqiqatdagi chiqishlarni normativ bilan taqqoslash usulida olib borildi. Agar asosiy mahsulot chiqishi ortayotgan bo’lsa, korxona faoliyatiga ijobiy baho berish mumkin bo’ladi. Tovar ishlab chiqarishning umumiy material sig’imini yanada chuqurroq tahlil qilish asosida material sarfining qaysi elementlari uning o’zgarishiga ta’sir qilganligini aniqlaymiz. Sarf elementlari: xom ashyo, asosiy materiallar, sotib olingan yarimfabrikatlar, qo’shimcha materiallar, yoqilg’i, energiya kesimida material sig’imining xususiy ko’rsatkichlarini hisoblaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |