Ma’lumotlar shuni ko’rsatadiki, mahsulot material sig’imining rejaga nisbatan 0,5 tiyinga ortishi boshqa material sarflari bo’yicha xom ashyo sig’imi, energiya sig’imi va mahsulot sig’imi mos ravishda 0,3; 0,7; 0,1 tiyinga ortishi oqibatida sodir bo’lgan. Boshqa teng sharoitlarda ushbu omillar hisobiga material sig’imi 1,1 tiyinga kamayishi mumkin edi (0,3 + 0,7 + 0,1). Qolgan materiallar bo’yicha mahsulot material sig’imining 0,6 tiyinga kamayishi e’tiborga loyiq (0,5 + 0,1). Mahsulot material sig’imining o’zgarishi natijalari tannarx kalkulyatsiyasi asosida alohida mahsulotlar solishtirma material sig’imi tahlili bilan tasdiqlanishi lozim. Tahlil qilinayotgan korxonada mahsulot turli materiallardan tayyorlanganligi uchun va ularning katta qismi sotib olinadigan yarimfabrikatlardan iborat ekanligi sababli natural ko’rsatkichlarda solishtirma material sig’imini hisoblash maqsadga muvofiq emas.
http://fayllar.org
Do'stlaringiz bilan baham: |