Mavzu. Mo`g`ullar istibdodi davrida davlatchilik jarayonlari Reja


Download 117.41 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana05.01.2022
Hajmi117.41 Kb.
#230966
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
7 maruza



Mavzu. Mo`g`ullar istibdodi davrida davlatchilik jarayonlari                                   

Reja: 

1.  Mo`g`ullar  hukmronligining  o`rnatilishi  va  bosqinchilarga  qarshi  ozodlik 

kurashi.  

    2. Chig`atoy ulusi: 



Adabietlar: 

1. I.Karimov. Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch. Toshkent. "Ma'naviyat". 

2008.  

2. I.Karimov. O`zbekiston buyuk kelajak sari. T. O`zbekiston. 1998  

3. I.Karimov Tarixiy xotirasiz kelajak yuq. T. O`zbekiston. 1998 

4. Abulgazi. Shajarai turk. T. Chulpon. 1990. 

5. Avesto. Guliston. 1999. 1-5-sonlar 

6. Azamat Zie. O`zbek davlatchiligi tarixi. T. Sharq. 2000  

7. O`zbekiston tarixi. T.Universitet. 1999. 

8. Azizxo'jayev L. Davlatchilik va madaniyat. G.: "Sharq". 1997.  

9. Karimov Sh., Shamsuddinov R. Vatan tarixi. Birinchi kitob. T., 2010.  

10. Shoniyozov K. Qarluqlar va qarluq davlati. T.: "Fan". 1998.  

11.Jabborov I. O'zbek xalq ctnografiyasi. T.: "O'qituvchi". 1994.  

12.Shoniyozov K. Qarluqlar va qarluq davlati. T.: 'Tan". 1998. 

13. Jabborov I. O'zbek xalq etnografiyasi. T.: "O'qituvchi". 1994. 

14.  O`zbek  xalqi  va  davlatchiligitarixi        kontseptsiyasi.\O`zbekicton  tarixi.  1999 

yil 1-son. 

15.Sagdullaev  A.  va  boshq.  O`zbekiston  tarixi:  davlat    va  jamiyat  taraqqieti.  T., 

2000              

16. Bunyotov A. Anushtagin Xorazmshoxlar davlati. T., G`.G`ulom,    1998.  

 

Mo`g`ullar  qabilalari  va  elatlarining  qudratli  davlatga  birlashuv  jaraeni 



mo`g`ul xoni Temuchin (1155-1227yy) nomi bilan bog`liq. 

1206  yildaeq  Qoraqurumda  mo`g`ullar  bilan  enma-en  yashab  kelgan  va 

ularning  xukmronligi  ostida  bo`lgan  jaloyir,  oyrat,  keyroyit,  nayman,  qoraxitoy, 

qirg`iz,  uyg`ur,  qorliq  kabi  turkiy  qabilalar  ham  ishtirok  etgan  qurultoy  bo`ldi  va 

unda  Temuchin  Chingizxon  nomi  bilan  mo`g`ul  xoni  etib  saylandi.  O`sha  davr 

sharqida eng qudratli davlat xisoblangan Xorazmshoxlar davlat dastlab mo`g`ullar 

bilan  bir  qancha  elchilik  va  savdo  aloqalari  olib  borgan  bo`lsada,  keyinchalik  bu 

munosabatlar  dushmanlikka  aylandi  va  1219  yilda  mo`g`ullar  Xorazmshoxlar 

davlatiga  qarshi  xarbiy  xarakatlarni  boshlab  yubordilar.  1219  yil  kuzida  O`trorga 

dastlabki zarba berildi va 5 oylik qamaldan so`ng qal`a bosib olindi. 

1220  yilning  ilk  bahorida  Chingizxon  musulmon  Sharqining  yirik  madaniy 

markazi bo`lgan Buxoro ustiga qo`shin tortdi va shaxar qamal qilindi. Qamalning 

12 kunida shahar taslim bo`ldi va qirg`in qilindi. 

Keyingi xujum Samarqandga qaratildi. Garchi Samarqandda Xorazmshoxning 

100  ming  kishilik  qo`shini  turgan  bo`lsada,  himoyachilar  etarli  qarshilik  ko`rsata 

olmadilar.  Qo`shin  uch  kun  qarshilik  ko`rsatgach,  Chingizxonning  elg`on 

va`dasiga  uchgan  qang`liklarning  30  ming  kishilik  qo`shini  taslim  bo`ldi.  Biroq, 

shaxar  egallangach,  axolining  katta  qismi  bilan  birgalikda  qang`liklar  ham  qirib 




tashlandi. Ularning yo`lboshchilar Borushmas, Bog`on, Sarziqhon va yana 20 nafar 

sarkarda qatl etildi. 

Uzoq va qattiq qarshilikdan so`ng Xo`jand shaxri ham mo`g`ullar tomonidan 

bosib  olindi.  Xo`jand  himoyasiga  shaxar  qal`asi  qo`mondoni  Temur  Malik  katta 

jonbozlik ko`rsatadi. 

Mamlakatdagi  eng  buyuk  shaxarlarning  qo`ldan  ketishi  Allovuddin 

Muxammad  Xorazmshoxni  qattiq  larzaga  soladi.  Saroyda  fitna  va  xienat 

kuchayadi.  Qunduz,  Badaxshon  hokimlari  undan  yuz  o`girishdi.  1220  yil  aprelda 

Muxammad  Xorazmshox  Nishapurga  keldi.  Ammo  Subutoy  no`enning  uni  ta`qib 

etib  kelaetgani  sababli  hech  kim  Muxammad  Xorazmshoxni  kutib  olmadi  va 

Kaspiy dengizdagi Ashura orolida qo`nim topdi. U 1220 yil dekabrda Jaloliddinni 

taxt vorisi etib tayinlab, bir oz o`tmay vafot etdi. Xorazmshoxning O`zloqshox va 

O`qshox  ismli  o`g`illari  mo`g`ullar  tomonidan  o`ldiriladi.  Mo`g`ullarning 

Urganchga xujumi chog`ida shaxarda 110000 qo`shin bor edi. Shaxar ximoyasida 

Jaloliddin, Temur Malik, Axmad ibn Umar Xivaqiy-Shayx Najmiddin Kubro kabi 

sarkarda  va  ulamolar  mislsiz  qaxramonliklar  ko`rsatdilar.  Urganch  qamal  etti  oy 

davom etdi. Mo`g`ullar bu erda  bir necha o`n minglab odamlarni qirg`in qildilar. 

Garchi  Xorazmshox  amirlaridan  Faridun  Udiy  boshchiligidagi  sarbozlar 

mo`g`ullarni shaxardan xaydab chiqarg`an bo`lsada, shaxar mo`g`ullar tomonidan 

qaytadan  bosib  olindi  va  manbalarga  ko`ra  Urganch  aholisidan  million  kishi 

o`ldirilgan. 

Jaloliddin  va  Temur  Maliklar  umrlarining  oxirigacha  mo`g`ullarga  qarshi 

kurashlarga  raxbarlik  qildilar.  Jaloliddin   Manguberdi 1231  yil  avgustida  xoinona 

o`ldirildi.  

Mo`g`ullar  tomonidan  bosib  olingan  xududlarda  esa  keyinchalik  uluslar 

vujudga keldi.  

Chingizxon  hali  xaetlik  vaqtidaeq  bosib  olingan  xududlarni  to`rt  o`g`liga 

boshqarish uchun taqsimlab bergan edi. 

Irtish daresining narigi tomonidan to «mo`g`ullar otining otining tueg`i etgan 

joy»gacha bo`lgan erlar, Sirdarening quyi oqimi(Sig`noq, Barchinlikent, Janakent, 

Ashnas  shaxarlari)  va  Xorazmning  shimoliy-g`arbiy  xududlari  to`ng`ich  o`g`li 

Jo`chining yaylovlari Irtishda, qishloq joyi Sirdarening quyi oqimi edi. 

Qoshg`ar,  Ettisuv,  Movarounnaxr  ikkinchi  o`g`li  Chig`atoyga  berildi. 

Chig`atoyning qo`shi Ili daresi bo`yida edi. 

Uchinchi o`g`li O`g`adoyxonga G`arbiy  Mo`g`uliston va Tarbag`atoy o`lkasi 

ajratildi. Uning qo`shi Chuguchakda edi. 

Jo`chining  o`g`li  Botuxon  (1227-1255),  O`g`adoy  (1227-1241)  va  Tuluning 

o`g`li  Munqa  (1251-1260)  zamonida  mo`g`ullar  saltanati  ijtimoiy-siesiy  xaetida 

muhim o`zgarishlar bo`ldi va Oltin O`rdaga asos solindi. 


Download 117.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling