Mavzu. Moliyaning mohiyati va funksiyalari


Xalqaro moliya(ning) asoslari va rivojlanish tendensiyalari


Download 0.5 Mb.
bet79/155
Sana03.04.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1322928
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   155
Bog'liq
MOLIYA VA SOLIQLAR O\'quv uslubiy majmua

Xalqaro moliya(ning) asoslari va rivojlanish tendensiyalari


Xalqaro moliya xalqaro moliya bozorlari, xalqaro bank faoliyati, xalqaro korporatsiyalarning moliyasi, qimmatli qog‘ozlar portfelini boshqarish va shular bilan bog‘liq munosabatlarni o‘rganadi. Bundan tashqari, xalqaro moliya umumjahon darajasidagi moliyaviy operatsiyalar va ularning o‘zaro aloqadorligi, yirik industrial davlatlar, rivojlanayotgan yoki o‘tish davlatlarida ularning qanday xususiyatlar kasb etishini va ulardagi doimiy o‘zgarishlarni tushuntiradi.


“Xalqaro moliya”ga doir xorijiy adabiyotlarda xalqaro moliya bozorlari va risklarni boshqarish, TNK va to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar, xalqaro qarz inqirozlariga asosiy urg‘u beriladi. Shuningdek, xalqaro moliya doirasida dunyo mamlakatlarining xalqaro moliya tizimidagi o‘rni, holati, tashqi moliyalashtirish mexanizmi, rivojlanayotgan moliya bozorlarining xususiyatlari ko‘rib chiqiladi.
XXI asrning boshlarida milliy xo‘jalik aloqalarining integratsiyalashuvi bilan, globalizatsiya jarayonlarining jadallashuvi yuz berdi. Globalizatsiya natijasida jahon xo‘jaligining tarkibiy qismiga aylanib borayotgan mamlakatlarning soni ortib bormoqda. Bu milliy darajadagi huquqiy, iqtisodiy hamda texnologik to‘siqlar yo‘qolishiga, uning o‘rniga xalqaro iqtisodiy xo‘jalikning umumiy iqtisodiy qonuniyatlari va xalqaro xo‘jalikning funksional aloqalarini tatbiq etilishiga olib kelmoqda.
Mamlakatlar hayotidagi globalizatsiya – iqtisodiy munosabat- lardagi tovarlar, xizmatlar, kapital hamda fond bozorlaridagi savdo va siyosatga doir tartiblarning tobora erkinlashuvi orqali namoyon bo‘lmoqda. Tashqi savdo aloqalari erkinlashtirilayotgan mamlakatlar soni yil sayin ortib bormoqda.
Jahon iqtisodiy tarixida moliyaviy muhitining shakllanishiga ta’sir etgan sezilarli o‘zgarishlar sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:

  1. 1957-yili Londonda Britaniya hukumatining funt sterling ustidan nazorat o‘rnatishiga javob tariqasida yevrodollar bozorining yuzaga kelishi;

  2. 1958-yilda dastlab, «Umumiy bozor» deb atalgan Yevropa Iqtisodiy Hamkorligi (YeIH) – hozirgi Yevropa Ittifoqining (YeI) tashkil topishi;

  3. Amerika korporatsiyalari xorijiy faoliyatlarini kengaytirishga intilishi (1950-yillardan boshlab). Jahon bozorida Yevropa va Yaponiya korporatsiyalari faoliyatining sezilarli o‘sishi, shuningdek, xalqaro maydonda Amerika korporatsiyalari bilan ushbu mamlakatlar o‘rtasida raqobatning kuchayishi;

  4. O‘tgan asrning 60-yillarida Yaponiya iqtisodiyotini tez sur’atlar bilan o‘sishi, uzoq Sharq biznes faoliyatida yangi imkoniyatlarning ortishi;

  5. 1971-1973-yillarda Brettonvud tizimini qulashiga olib kelgan jahon moliya inqirozlari, valyutaning belgilangan kursi tizimidan, suzuvchi valyuta kurslariga o‘tish;

  6. 1971-1979-yillardagi birinchi va ikkinchi neft inqirozlari jahon iqtisodiy tizimiga bosim o‘tkazishi. Ushbu sanalarda neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti (OPEK) neft narxini sezilarli darajada oshirshi;

  7. Rivojlanayotgan mamlakatlarning 1982-yilda tashqi qarzlarga xizmat ko‘rsatishi bilan bog‘liq jahon qarzdorlik inqirozining boshlanishi;

  8. 1980-yillarda Yaponiyaning xalqaro moliyaviy kuch va jahon kapitalining manbasi sifatida yetakchi mamlakatga aylanishi;

  9. 1987-yilda yettita mamlakatning (“Katta yettilik”) Parijda Luvr bitimini imzolashi. Ular o‘z valyuta kurslarining dollarga

nisbatan tor tebranish doirasida sun’iy ravishda almashtirish orqali, kuchsizlanib borayotgan dollarni qo‘llab-quvvatlashni rejalashtir- dilar. Shuningdek, ushbu mamlakatlar kelishilgan iqtisodiy siyosat yuritishni mo‘ljalladilar;

  1. 1987-yilda YeI yagona Yevropa aktini qabul qilish orqali 1992-yilda yaxlit Yevropa bozorini tashkil qilishni rejalashtirilishi. Bunda, mazkur tashkilotning G‘arbiy Yevropa moliyaviy va iqtisodiy holatiga sezilarli ta’sir etishi kutildi;

  2. 1989-1992-yillarda Sharqiy Yevropa mamlakatlari o‘z siyosiy yo‘nalishlarini o‘zgartirishi. Ularning kommunistik dunyo qarashdan ko‘p partiyaviylikka, markazdan rejalashtiriladigan iqtisodiyotdan erkin bozor iqtisodiyotiga o‘tishi, jahondagi siyosiy, iqtisodiy va moliyaviy holatga chuqur ta’sir etdi;

  3. 1992-yildan keyin yaxlit Yevropa bozorining yuzaga kelishi, 1993-yil noyabr oyidan erkin savdo bo‘yicha Shimoliy Amerika bitimining kuchga kirishi, 1993-yilda Osiyo tinch okeani iqtisodiy hamkorligi konferensiyasi va boshqa jarayonlar, o‘tgan asrning 90-yillarida hududiy rivojlanishni jadallashtirdi.

  4. Yevropa Ittifoqining yagona valyutasi – Yevroning muomalaga kiritilishi, xorijiy valyuta zahiralarining diversifikasiya darajasi, valyutaviy bitimlar hajmi va ko‘lamiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatdi. Shuningdek, yevrodagi hosilaviy moliyaviy vositalar hajmi dunyoda yetakchi o‘rinni egalladi.

XXI asrda jahon iqtisodiyotida to‘rtta asosiy tarkibiy tendensiyalar kuzatildi:
Birinchidan, xom ashyo eksportiga asoslangan hamda sanoati rivojlangan mamlakatlar o‘rtasidagi munosabat-lardagi o‘zgarishlar. Xom ashyo yetkazib beruvchi mamlakatlar va sanoati rivojlangan mamlakatlar o‘rtasida an’anaviy iqtisodiy aloqalar mavjud bo‘lib, ularning o‘zaro munosabatlar modeli quyidagicha edi: xom ashyo yetkazib beruvchi mamlakatlar, xom ashyoni eksport qilib, olingan valyuta tushumlaridan sanoat mahsulotlari importini moliyalash- tirganlar.
O‘tgan asrning 70-yillarida «Rim klubi» nomi bilan mashhur G‘arbiy Yevropa olimlari «dunyo miqyosida tez orada tabiiy
resurslarning global taqchilligi yuzaga keladi», deb bashorat qilgan edilar.
Ushbu mulohazalarga asoslanib ko‘pgina xom ashyo yetkazib beruvchi mamlakatlar xom ashyo sotish evaziga valyuta tushumini oshirish maqsadida kartellarga birlashdilar. Ammo, sanoat texnologiyasi va qishloq xo‘jalik sohasining keskin rivojlanishi, xom ashyoga bo‘lgan talabning qisqarishiga ta’sir ko‘rsatdi va natijada xom ashyo bahosining pasayishi yuz berdi.
Ikkinchidan, sanoati rivojlangan mamlakatlarda qo‘l mehnatiga asoslangan ishlab chiqarishdan, innovatsion, bilim va malakaga asoslangan ishlab chiqarishga o‘tildi.
Jahon iqtisodiy tuzilmasidagi ushbu o‘zgarishlar natijasida bandlik tarkibida yuqori malaka talab qiluvchi mutaxassislarga ehtiyoj ortib, nisbatan past malakali mutaxassislarga talab pasayib bordi. Axborot almashuvining osonligi – tadbirkorlik faoliyatini, kichik biznes va shaxsiy tashabbusni rag‘batlantirdi.
Ilmiy-texnika progressi yutuqlaridan foydalanish, bilimni va yuqori malakani talab qildi, shuning uchun ishlab chiqarish samaradorligi va raqobatbardoshlikni oshirish uchun, inson kapitaliga investitsiya qilish muhimligi ortdi10.
Uchinchidan, jahon savdosida xalqaro kapital harakatining sezilarli darajada ortishi. Ushbu o‘zgarish xalqaro savdoga nisbatan xalqaro kapital harakatining tez sur’atda o‘sishi bilan yuz berdi.
To‘rtinchidan, transmilliy korporatsiyalar(TMK)ning qo‘shma korxonalarni tashkil etish uchun xalqaro investitsiyalari va hamkorlik bitimlarida diversifikatsiya darajasining ortishi.
TMKlar o‘zlarining tashkiliy, ishlab chiqarish va marketing tizimlarini chet mamlakatlar hududlariga yoyib, shu yo‘l bilan tovar, xizmat, kapital va texnologiyalarini ishlab chiqarishga jalb etib, ushbu mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro harakatlarga ta’sir etdi. Qo‘shma korxonalar xalqaro biznes integratsiyasining keng tarqalgan shakliga aylandi.
Shuningdek, jahon iqtisodiyotining integratsiyalashuv jarayon- larida xalqaro tashkilotlar rolini alohida e’tirof etish zarur.




10Kodres, Laura E., “What Is Shadow Banking?”, Finance & Development 50(2), June 2013.
O‘tish davrini boshdan kechirayotgan mamlakatlarning jahon bozoriga integratsiyalashuvi uzoq muddatli jarayon hisoblanadi. Ba’zi milliy bozorlarning ochiq, ba’zilarining qattiq tartibga solinadigan bo‘lgan hozirgi holati bilan, globallashuvning asosiy tamoyillaridan bo‘lgan erkinlashuv, bir-biriga nomuvofiq bo‘lgan ko‘rinishni hosil qilmoqda.
Xalqaro tovarlar, xizmatlar va kapitallar almashinuvining erkinlashish an’anasi kengayayotgan bir paytda, har bir davlat eksport va importni tartibga solishning ma’lum instrumentlarini saqlab qolmoqdalar. Ularning asosiy maqsadi — tarkibiy qayta qurish va inqiroz davrining qiyinchiliklarini yengib o‘tish, milliy xavfsizlikni ta’minlash – takror ishlab chiqarish uzluksizligini ta’minlovchi (energetika, transport, aloqa va h.k.) va mamlakat mudofaa qobiliyati kabi strategik sohalarni moliyaviy ta’minlash, shuningdek, savdo sheriklardan munosib imtiyozlar olish hamda byudjet tushumlarini oshirishdan iborat bo‘lmoqda. Amaldagi bunday proteksionizm fiskal muammolarni hal etishdan ko‘ra, ko‘proq tarkibiy siyosat o‘tkazish vositasi hisoblanadi.
Hozirgi sharoitda nafaqat erkin savdo g‘oyasi (erkinlashuv) bilan proteksionizm o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga chiqmoqda, balki milliy xo‘jalikni jahon xo‘jaligiga kirish samarasini maksimal tarzda ta’minlash maqsadida, xo‘jalikni tartibga solishning yuqoridagi ikki instrumentining optimal aralashmasidan foydalanilmoqda. Bunday aralashmaning shakl va nisbatlari, ma’lum vaqtdagi pragmatik manfaatlardan kelib chiqib aniqlanadi.
Halqaro iqtisodiy munosabatlarda globalizatsiya bilan birga, integratsiya jarayonlarining yana bir shakli – ma’lum geografik joylashuvga asoslangan hududiy integrasiya yuz bermoqda.
O‘sib boruvchi globallashuv, hududiylashuv, iqtisodiyotning transmilliylashuvi va integrasiya natijasida, eski – davlatlararo tartibga solish mexanizmi tubdan o‘zgardi. Mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar ikkiyoqlama munosabatlar chegarasidan chiqib, ko‘pyoqlama tus olmoqda.
Ammo, «milliy xo‘jalik majmui», «mamlakatning milliy iqtisodiy manfaatlari» tushunchalari o‘z ma’nosini saqlab qolmoqda.
Milliy xo‘jalik hamon ishlab chiqarish, almashuv, taqsimot va iste’mol, shuningdek, iqtisodiy faoliyatning asosiy markazidir.
Har bir davlatning yillar davomida shakllangan o‘z tarixiy, iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy rivojlanish xususiyatlari mavjud bo‘lib, boshqa mamlakatlarning tajribalarini ko‘r-ko‘rona ko‘chirib olish, yoki xalqaro tashkilotlar tomonidan tavsiya etiladigan, iqtisodiy rivojlanishning hamma uchun umumiy retseptlarini qo‘llash, samarasiz va iqtisodiy vaziyatni izdan chiqarishi mumkin.
Umuman olganda, moliyaviy globallashuv sharoitida jahon xo‘jaligiga integratsiyalashuvda rivojlangan mamlakatlarning ilg‘or tajribalariga tahliliy yondashish va ushbu tajribalarni milliy xususiyatlar bilan eng optimal tarzda uyg‘unlashtirish maqsadga muvofiq sanaladi.



  1. Download 0.5 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling