Mavzu. Moliyaning mohiyati va funksiyalari


Download 0.5 Mb.
bet1/155
Sana03.04.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1322928
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   155
Bog'liq
MOLIYA VA SOLIQLAR O\'quv uslubiy majmua


MOLIYA VA SOLIQLAR fanidan
o’quv uslubiy majmua
  1. MAVZU. MOLIYANING MOHIYATI VA FUNKSIYALARI




Reja:

    1. Moliyaning mohiyati va zarurati.

    2. Moliyaning funksiyalari.

    3. Moliyaviy bozorlar va institutlar.



Kalit so‘zlar: YaIM, qiymat, tovar, pul, foyda, moliya, narx, moliya tizimi, moliya mexanizmi, nazorat funksiyasi, taqsimot funksiyasi.
Mashg‘ulotning maqsadi: Moliyaning mohiyati va zaruratini tushuntirib berish, moliyaning funksiyalarini yoritish va moliya tizimini ko‘rib chiqish.
O‘qitish vositalari: yozuv doskasi, turli plakatlar, taqdimot materiallari, tarqatma materiallar, videoproyektor. Ilmiy adabiyotlar: darslik, o‘quv qo‘llanma, statistik ma’lumotlar, uslubiy qo‘llanma va shu kabilar
O‘qitish usullari: talabalarni ma’ruza materiallari bilan ta- nishtirish, suhbat, mavzuni nazariy yoritish, savollarga javob berish. O‘qitishning zamonaviy pedagogik texnologiyalarini qo‘llash: aqliy hujum, taqdimot, dialog, Internet yordamida mavzuni qo‘shimcha yoritish.
Tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati: asosiy adabiyotlar: qo‘shimcha adabiyotlar 7-8.


      1. Moliyaning mohiyati va zarurati


Ijtimoiy takror ishlab chiqarish ishtirokchilari o‘rtasida iqtiso- diy munosabatlar vujudga keladi.


Moliya (arabcha-mulk, mablag‘) barqaror tovar-pul muomalasi sharoitlarida davlatning rivojlanishi va uning resurslariga bo‘lgan ehtiyojlarining ortishi natijasida paydo bo‘ldi. Moliya terminining kelib chiqishi yuzasidan iqtisodchi-olimlarning turli fikrlari mavjud. Ba’zi bir mualliflar fikricha, mazkur termin dastlab XIII-XV asrlarda Italiyaning savdo shaharlarida yuzaga kelgan, keyinchalik xalqaro miqyosda tarqalgan va aholi bilan davlat o‘rtasida pul munosabatlari
tizimi bilan bog‘liq tushuncha sifatida qo‘llanila boshlangan. Boshqa mualliflarning ta’kidlashlaricha, mazkur tushuncha muomalaga fransuz olimi J.Boden tomonidan uning 1755-yildagi “Respublika haqida olti kitob” nomli asarida ilk bor kiritilgan.
Iqtisodiy munosabatlar kishilik jamiyatining moddiy ne’mat- larni ishlab chiqarish, ayirboshlash va taqsimot jarayoni bosqich- larida vujudga keladi. Iqtisodiy munosabatlar juda xilma-xildir. Ular nafaqat takror ishlab chiqarish bosqichida, balki xo‘jalik yuritishning barcha sohalarida ro‘y beradi. Iqtisodiy munosabatlarning ijtimoiy amal qilishi bilan bog‘liq jihatini iqtisodiy kategoriyalar tashkil qiladi. Turli xil adabiyotlarda moliya terminiga turlicha ta’rif berilgan.
Moliya – davlatning o‘z funksiya va vazifalarini bajarishi hamda kengaytirilgan takror ishlab chiqarish shartlarini ta’minlash maqsadida markazlashgan va markazlashmagan pul fondlarining shakllantirilishi, taqsimlanilishi va foydalanilishi bilan bog‘liq iqtisodiy munosabatlar majmuidir.
Bozor munosabatlari sharoitida asosiy iqtisodiy kategoriyalarga qiymat, tovar, pul, foyda, moliya va narxni kiritishimiz mumkin.
Moliya (lot. – pul to‘lovlari) – YaIM (yalpi ichki mahsulot) va MD (milliy daromad)ni taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonida pul mablag‘larini shakllantirish va foydalanish bilan bog‘liq iqtisodiy munosabatlar tizimidir.
Munosabatlarning o‘ziga xosligi shundan iboratki, moliya iqtisodiy kategoriya sifatida har doim pul shaklida namoyon bo‘ladi.
Moliyaning ta’rifidan kelib chiqadiki:

  • munosabatlarning pul xarakteriga ega ekanligi;

  • munosabatlarning taqsimot xususiyatiga ega ekanligi;

  • moliyaviy munosabatlarni shakllantirishda moliyaviy resurslar asosiy manba bo‘lib hisoblanishi.

Moliya kategoriyasi quyidagi iqtisodiy kategoriyalar bilan ham bog‘liq:

  • narx;

  • ish haqi;

  • kredit.

      1. Download 0.5 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling