Mavzu. Moliyaning mohiyati va funksiyalari


-MAVZU: MOLIYAVIY SIYOSAT


Download 0.5 Mb.
bet7/155
Sana03.04.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1322928
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   155
Bog'liq
MOLIYA VA SOLIQLAR O\'quv uslubiy majmua

2-MAVZU: MOLIYAVIY SIYOSAT




Reja:

  1. Moliyaviy siyosat

  2. Byudjet va pul-kredit siyosati

  3. Halqaro moliya siyosati



Kalit so‘zlar: moliyaviy siyosat, moliyaviy strategiya.
Mashg‘ulotning maqsadi: Davlatning moliyaviy siyosatini tushuntirib berish.
O‘qitish vositalari: yozuv doskasi, turli plakatlar, taqdimot materiallari, tarqatma materiallar, videoproyektor. Ilmiy adabiyotlar: darslik, o‘quv qo‘llanma, statistik ma’lumotlar, uslubiy qo‘llanma va shu kabilar .
O‘qitish usullari: Talabalarni ma’ruza materiallari bilan tanishtirish, suhbat, mavzuni nazariy yoritish, savollarga javob berish. O‘qitishning zamonaviy pedagogik texnologiyalarini qo‘llash: aqliy hujum, taqdimot, dialog, Internet yordamida mavzuni qo‘shimcha yoritish.
Tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati: asosiy adabiyotlar: 1.1-6.15, qo‘shimcha adabiyotlar 7.1-7.18.


    1. Moliyaviy siyosat


Siyosat – ma’lum maqsadlarga erishishga qaratilgan yo‘na- lishlar, chora va tadbirlar yig‘indisidir. Har qanday jamiyatda ham davlat moliyadan o‘zining funksiya va vazifalarini bajarishda hamda ma’lum maqsadlarga erishishda foydalanadi. Qo‘yilgan maqsadlarni amalga oshirilishida moliya siyosati muhim o‘rinni egallaydi. Uni ishlab chiqish va hayotga tadbiq etish jarayonida jamiyat oldida turgan masalalarni hal etilish sharoitlari ta’minlanadi. U iqtisodiy manfaatlarga ta’sir etuvchi faol dastak sifatida namoyon bo‘ladi.


Iqtisodiy siyosat – xo‘jalik yuritishning tamoyillari va shakllari, iqtisodiyotni rivojlantirish vazifalarini yechishdagi usullar, chora-tadbirlar va faoliyatlar yig‘indisidir. Iqtisodiy siyosat jamiyat rivojlanishining turli bosqichlarida turlicha bo‘lishi, iqtisodiy
rivojlanish darajasiga qarab o‘zgarib turishi mumkin. Iqtisodiy siyosat o‘z ichiga baho siyosati, pul-kredit siyosati, amortizatsiya siyosati va moliya siyosati kabilarni mujassamlashtiradi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling