Mavzu. Moliyaning mohiyati va funksiyalari


Download 0.5 Mb.
bet8/155
Sana03.04.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1322928
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   155
Bog'liq
MOLIYA VA SOLIQLAR O\'quv uslubiy majmua

Moliya siyosati – bu davlatning iqtisodiy siyosatini tarkibiy qismi bo‘lib, moliyaviy resurslarni (manbalarni) jalb etish, ularni taqsimlash, ishga solish va foydalanishga davlat orqali yo‘naltirilgan barcha chora-tadbirlar yig‘indisidir.
Moliya siyosatining muhim vazifasi – u yoki bu iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning davlat rejasini yoki chora-tadbirlarini amalga oshirish uchun tegishli moliyaviy resurslar bilan ta’minlashdir. Lekin moliya siyosatini faqat iqtisodiy siyosatga bog‘lash mumkin emas. Moliya siyosati – bu moliyaviy munosabatlar sohasida davlatning mustaqil faoliyat ko‘rsatadigan sohasi. Moliya siyosati mustaqil xususiyatga ega bo‘lish bilan bir vaqtda davlatning har qanday istalgan ijtimoiy faoliyatni amalga oshirishi uchun xoh ijtimoiy, xoh iqtisodiy xoh xalqaro munosabatlar olib borishida muhim vositadir.
Moliya siyosatining asosiy vazifalari quyidagilar:

  • birinchidan, moliyaviy resurslarning hajmini va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish. Moliya siyosati ko‘zda tutayotgan tadbirlarni, ular bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni real mavjud bo‘lgan moliyaviy resurslar bilan ta’minlanishiga erishishi kerak. Shuningdek, ajratilayotgan har bir so‘mlik resursdan maksimal darajada samaraga erishishni ta’minlash;

  • ikkinchidan, moliyaviy resurslarning taqsimotida optimal nisbatlarni belgilash, ulardan oqilona foydalanish. Moliya siyo- satining bu vazifasi korxona daromadlarining davlat ixtiyoriga o‘tishining oqilona shakllarini belgilash, aholining davlat daro- madlarini shakllantirishdagi hissasini to‘g‘ri belgilash, moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish sohalari o‘rtasidagi taqsimlash mutanosibliklarini optimallashtirish yo‘llari bilan bajariladi;

  • uchinchidan, muhim va murakkab vazifasi, tegishli moliya mexanizmini ishlab chiqish, iqtisodiy siyosat belgilab bergan rivoj- lanish yo‘nalishlarini ta’minlash maqsadida uni takomillashtirish.

Moliya siyosatining samaradorligini belgilash uchun jamiyatning ehtiyoji qanchalik qondirilganligi, qo‘yilgan maqsadlar va vazifalar amalga oshirilganligi baholanishi lozim.
Moliya siyosatiga baho berish va unga tuzatish, qo‘shimchalar kiritish uchun birinchi navbatda jamiyat ehtiyojini qondira oladigan holdagi ijtimoiy taraqqiyot rejasini aniq bilish zarur. U rejada bo‘lajak va yaqin kelajakda amalga oshirish vaqtlari belgilangan chora-tadbirlar bo‘lishi lozim. Faqat shundagina moliya siyosatini ishlab chiqish va muvaffaqqiyatli amalga oshirish hamda obyektiv baholash mumkin. Moliya siyosatini asosiy yo‘nalishlaridan biri - moliyaviy resurslarni imkon qadar yuqori hajmini aniqlash va ushbu manbalar doimiyligi hamda uzluksizligini ta’minlashdir, chunki moliyaviy resurslar salohiyati barcha o‘zgarishlarning moddiy bazasidir. Shuning uchun moliya siyosatini aniqlash va uning strategik va taktik asoslarini ishlab chiqish uchun davlatning moliyaviy ahvoli, moliyaviy salohiyati, boshqacha qilib aytganda davlatning moliyaviy imkoniyatining obyektivligi haqida aniq ma’lumotga ega bo‘lish lozim.
Moliya siyosatining mazmuni ko‘p qirrali bo‘lib, quyidagi muhim bo‘g‘inlarni o‘z ichiga oladi:

  • moliyaviy munosabatlarni rivojlantirishning ilmiy asoslangan konsepsiyalarini ishlab chiqish. Bu konsepsiyalar iqtisodiy qonunlar talablarini o‘rganish, xo‘jalik rivojlanishining holatini har tomon- lama tahlil qilish, ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlarining bundan keyingi rivojlanish istiqbollarini o‘rga- nish va aholining talab va ehtiyojlarini o‘rganishni o‘z ichiga oladi.

  • istiqbolda va joriy davr mobaynida moliyadan foydalanishning asosiy yo‘nalishlarini belgilab olish; shu tarzda iqtisodiy siyosatda ko‘zda tutilgan maqsadlarga yetish yo‘llaridan kelib chiqiladi, halqaro omillar inobatga olinadi va moliyaviy resurslarni yanada ko‘paytirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.

  • oldinga qo‘yilgan maqsadlarni amalga oshirishga qaratilgan amaliy hatti-harakatlar, chora-tadbirlar ko‘rish.

Joriy davrga mo‘ljallangan, kundalik ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan moliya siyosati samarasizdir. Shuningdek, uzoq davrga mo‘ljallangan, istiqbolni ko‘zlab ishlab chiqilgan konsepsiyalar va yo‘nalishlar, ular qanchalik oliy maqsadlarga yo‘naltirilgan, jozibador bo‘lmasin, davlatning amaliy ko‘magi, tegishli chora-tadbirlarisiz tanazzulga yuz tutadi.
Moliya siyosati inson faoliyatining mahsus shakli sifatida na- moyon bo‘ladi. U bilan jamiyatning iqtisodiy bazisi orasida chambarchas bog‘langan o‘zaro bog‘liqlik mavjuddir. Bir tomondan, moliya siyosati iqtisodiy munosabatlar orqali vujudga keladi, ikkinchi tomondan, iqtisodiy bazis asosida vujudga kelib va rivojlanib, moliya siyosati ma’lum bir mustaqillikka ega. Shuning uchun u iqtisodiyotga, moliyaning ahvoliga teskari ta’sirini o‘tkazadi. Bu ta’sir har xil bo‘lishi mumkin: bir xil paytlarda siyosiy chora-tadbirlarni o‘tkazish orqali iqtisodiyotni rivojlantirishga qulay shart-sharoit yaratiladi, boshqalarda esa u to‘sqinlik qiladi.
Moliya siyosati moliyaviy munosabatlar mohiyatini o‘zgartirolmaydi. Lekin, davlat moliyaning mohiyatini bilib, u o‘z manfaatlariga qaratishga harakat qiladi.
Moliyaviy munosabatlar – obyektiv voqyelik iqtisodiy munosabatining bir qismi bo‘lib, jamiyatning iqtisodiy bazisini tashkil qiladi. Moliya siyosati esa bazisga asoslanadi, shu bazisdan kelib chiqadi. Moliya siyosati ilmiy asoslangan moliyaviy nazariyaga tayanadi va tajribaga ko‘rsatma beradi, shu tariqa moliya siyosati nazariyani tajriba bilan bog‘laydi. Tajriba esa, nazariyaning to‘g‘riligini tekshirish mezonidir.
Davlat moliya siyosati – ko‘p qirrali tushuncha. Uning ko‘lami davlatning iqtisodiyot va ijtimoiy sohani boshqarishdagi ishtiroki parametrlari bilan aniqlanadi.



    1. Download 0.5 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling