Mavzu. Moliyaning mohiyati va funksiyalari
Download 0.5 Mb.
|
MOLIYA VA SOLIQLAR O\'quv uslubiy majmua
Xalqaro moliya siyosatiXalqaro mehnat taqsimoti bilan, davlat qarzini shakllantirish va so‘ndirish bilan, xalqaro tashkilotlar, shu jumladan, xalqaro moliya tashkilotlari faoliyatida ishtirok etish bilan bog‘liq xalqaro muno- sabatlar sohasidagi valyuta-moliyaviy va kredit munosabatlarini boshqarish yotadi. Hozirgi kunda Xalqaro valyuta fondi (XVF), Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB), Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB), Osiyo tiklanish va taraqqiyot banki (OTTB) va b. (misol uchun, London kreditorlar klubi, Parij kreditorlar klubi) kabi xalqaro moliya tashkilotlarining moliya siyosati katta ahamiyat kasb etib bormoqda. Alohida davlatlarning halqaro moliya siyosati, odatda, o‘z mamlakatining ishlab chiqarish kuchlarini rivojlanishiga yo‘naltirilgan va mos ravishda har qaysi davlat xalqaro xom ashyo, tovarlar, ishchi kuchi va kapital bozorlarida o‘zining salmoqli o‘rniga ega bo‘lishga harakat qiladi. Davlat o‘zining manfaatlarini bojxona va valyuta siyosatlari orqali himoya qiladi. Ularning xususiyatlari davlatni o‘z eksport va importini kengaytirish yoki qisqartirishdan manfaatdorlik darajasi bilan belgilanadi. Shundan kelib chiqib, bojxona to‘lovlari yoki alohida bojxona rejimlari tizimi qo‘llaniladi. Bojxona va valyuta siyosatining asosiy maqsadi – davlatning oltin, valyuta zahiralarini saqlash va ko‘paytirish hisoblanadi. Davlat o‘zining manfaatlarini yana xalqaro tashkilotlar faoliyatida ishtirok etish, bu tashkilotlarning moliyaviy fondlarini shakllantirishda va hamkorlikdagi dasturlarni moliyalashtirishda ishtirok etish bilan mamlakat obro‘sini oshirish orqali himoya qiladi. Xalqaro moliya tashkilotlarining moliya siyosati moliyaviy inqiroz yoki moliyaviy qiyinchiliklarni boshidan kechirayotgan davlatlarga moliyaviy yordam ko‘rsatishga yo‘naltirilgan. Yordam, odatda, kreditlar berish shaklida yoki davlatning mavjud tashqi qarzlarini restruktizatsiyalash shaklida ko‘rsatiladi. Xalqaro moliya tashkilotlarining yordami beg‘araz ko‘rsa- tilmaydi va qator iqtisodiy yoki siyosiy shartlarga asoslanadi, qarz oluvchi mamlakat uchun uchun doimo naf keltirmaydi. Mamlakat iqtisodiyoti va ijtimoiy rivojlanishiga to‘sqinlik qilib qolgan moliyaviy siyosat o‘z kamchiliklarini namoyon qildi. Uzoq davrlar mobaynida mamlakatni iqtisodiy rivojlanishida moliya va faol moliyaviy siyosatning ahamiyatiga yetarlicha baho berilmadi. Iqtisodiyotda moliyaviy munosabatlarning ahamiyatini buzib ko‘rsatish sodir bo‘ldi, moliya va moliyaviy dastaklarning faol ahamiyati inkor etilib, moliyaviy siyosat talab etilgan muammolarni hal qilishga qaratilgan zarur usullarni ishlab chiqishga ojizlik qilib qoldi. Rivojlanishning uzoq davriga mo‘ljallangan ibratli konsep- siyalarni ishlab chiqilmaganligi, kam samara beradigan, qisqa muddatli foyda olishni ko‘zlab ko‘rilgan chora-tadbirlar iqtisodiyotni og‘ir ahvolga olib keldi. Bugungi kunda moliya siyosatining ustuvor yo‘nalishlari quyidagilarda o‘z aksini topadi: Barqaror moliyaviy siyosatni amalga oshirish, davlat byudjeti taqchilligini iloji boricha kamaytirish, mahalliy byudjetlarda dotatsiya va subvensiyalarning barcha turlarini bosqichma-bosqich qisqartirib borish; Byudjet mablag‘larini samarali va manzilli taqsimlanash, birinchi darajali, eng zarur umumdavlat ehtiyojlari uchun byudjetdan mablag‘lar ajratish; Iqtisodiyot tarmoqlarini, ayrim korxonalarni rivojlantirish uchun byudjetdan beg‘araz moliyaviy ta’minot amaliyotidan imkon qadar voz kechish, Ushbu maqsadlarda investitsiya kreditlaridan keng foydalanishni yo‘lga qo‘yish; Soliq tizimini takomillashtirish, byudjet daromadlarini barqaror ta’minlaydigan, kichik va xususiy korxonalar, chet el kapi- tali ishtirokidagi qo‘shma korxonalar rivojlanishini rag‘batlantira- digan soliq siyosatini olib borish. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy majlisga Murojaatnomasida 2020-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalarini amalga oshirish yuzasidan ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida iqtisodiyotni barqaror, muvozanatli va izchil rivojlantirishning belgilangan prognozlariga erishildi hamda makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning mutanosibligi ta’minlanganligi aytib o‘tildi. Xususan, 2019-yilda Yalpi ichki mahsulot (YaIM)ning real o‘sishi 5,0 foizni tashkil qildi. Sanoat, qurilish va xizmatlar sohasida yuqori sur’atlarda o‘sish kuzatildi. Xususan, sanoatda ishlab chiqarish hajmi 12,7 foizga, qishloq xo‘jaligida 4,5 foizga, transport va aloqada 16,7 foizga va qurilish ishlarida 8,3 foizga oshdi. O‘tgan yilda ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 21,3 foizga o‘sib, uning YaIM tarkibidagi ulushi 45,3 foizni tashkil qildi. Xususan, savdo va umumiy ovqatlanish xizmati 26,8 foizga hamda moliyaviy xizmatlar hajmi 32,2 foizga o‘sdi2. Hozirgi bosqichda davlatning moliyaviy siyosati quyidagilarga qaratilgan: Ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini har tomonlama oshirish hisobiga aholining turmush tarzini yuqoriga ko‘tarish. Tadbirkorlarning haqiqiy mustaqilligini ta’minlash, mehnat va xizmatga bo‘lgan tashabbusini oshirish hamda ularni har tomonlama huquqiy kafolatlash. Aholining kam ta’minlangan qatlamini ijtimoiy himoya qilish (pensionerlar, ko‘p bolali oilalar, talabalar). Daromadi cheklangan xizmatchilarni (sog‘liqni saqlash, maorif, boshqaruv, mudofaa) ijtimoiy himoya qilish. Yangi moliyaviy strategiya, rang-barang mulk shakllari, bozor munosabatlarini rivojlantirish, tovar va mahsulotlar bozorini, ish kuchi va kapital bozorlarini rivojlantirish. Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga moliyaviy ta’sir ko‘rsatish, uni soliqqa tortish, moliyalashtirish va moliyaviy bozor uslublari orqali amalga oshirish. Moliya tizimida iqtisodiy tanglik ko‘rsatkichlarini imkon qadar bartaraf etish (davlat byudjeti kamomadi, emissiyaning joylarda ko‘payib borishi, inflyatsiya darajasining yuqoriligi, ichki va tashqi qarzlarni borligi, tugallanmagan qurilishlarning mavjudligi), chunki iqtisodiy tanglik nisbatan davlat moliyasi bilan bir qatorda korxonalar moliyasida ham mavjud. Pul muomalasini tartibga solish. Milliy valyutaning ichki va tashqi konvertatsiyasini ta’minlash hisobiga so‘mning qadrini oshirish. Iqtisodiyotni jahon andozalariga yetkazish maqsadida xorijiy investitsiyalarni kirib kelishini ta’minlash. Qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish hisobiga korxonalar iqtisodiy salohiyatini oshirish. Sug‘urta tizimini rivojlantirish va uning samaradorligini oshirishning huquqiy va iqtisodiy asoslarini kengaytirish va kuchay- tirish. 2Manba: http://www.cbu.uz/uz/monet_policy/monet_direct2009.htm Tovarlar va xizmatlarning mamlakatlararo harakatini tartibga solib turuvchi, milliy iqtisodiyotni mustahkamlash va himoya qilishga qaratilgan boj siyosati takomillashib bordi. Bu siyosat hozirgi kunda mamlakat ichki bozoriga past sifatli, inson salomatligiga putur yetkazuvchi tovarlarni kirib kelishini oldini olish va ilg‘or texnologiyalar, fan-texnika yutuqlari natijalarining mamlakat iqtisodiyotiga kirib kelishini rag‘batlantirish yo‘lidan og‘ishmay bormoqda. Moliyaviy siyosatining hozirgi kundagi vazifalari quyida- gilardan iborat bo‘lmog‘i lozim: Respublika davlat byudjetidagi taqchillikni yo‘l qo‘yilgan eng kam daraja doirasida (YaIMning 2-3 %i atrofida) cheklashga yo‘naltirilgan qattiq moliyaviy siyosatni o‘tkazish. Davlat xarajatlarining birinchi navbatda iqtisodiyotdagi zarur tarkibiy o‘zgarishlarni o‘tkazish, ishlab chiqarishning orqaga ke- tishiga barham berish maqsadlarini ko‘zlab yo‘naltirishni ta’minlash. Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish talablaridan kelib chiqqan holda, aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlash, aholining konstitusiya bilan kafolatlangan huquqlarini himoya qilishni ta’minlovchi moliyaviy bazani yaratish, erkin mehnat va ishbilarmonlik asosida aholi turmush darajasini ko‘tarishga zarur shart-sharoitlar yaratish. Bu maqsadlarda ularga soliqlardan imtiyozlar berish, imtiyozli kreditlar berish, maqsadli fondlardan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash. Ijtimoiy himoyaning adresli bo‘lishiga, moliyaviy mablag‘larning ijtimoiy yordamga haqiqatda muhtoj aholi qatlamlariga yetib borishini ta’minlashga erishish. Soliq siyosatini takomillashtirish: - soliq tizimining ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moddiy xom ashyo, tibbiy, moliyaviy va mehnat resurslaridan, to‘plangan mol-mulk- dan samarali foydalanishga rag‘batlantiruvchi ta’sirini oshirish; korxonalar zimmasidagi soliq yukini keskin kamaytirish, qo‘shilgan qiymat solig‘idan olinadigan soliq stavkasini kamaytirish va shu asosda ishlab chiqarishni jonlantirishga turtki berish; soliq tushumlari tarkibini tubdan o‘zgartirish, resurs soliqlari, mol-mulk solig‘ining rolini oshirish. Muayyan byudjetlarni shakllantirish manbalari bo‘lgan umumdavlat soliqlari bilan mahalliy soliqlar o‘rtasida aniq chegara o‘tkazish. Davlat byudjeti daromadlarini katta qismini joylarga berish, mahalliy byudjetlarning daromad manbalarini mustahkamlash. Soliq siyosati belgilab bergan chora-tadbirlarni amaliyotga tadbiq etuvchi tegishli moliya mexanizmini ishlab chiqish va takomillashtirish. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling