Ma’ruzachi: dots. E.Alimardonov e-mail: alimardonov_elshod@inbox.ru 99897 420-04-22 Reja: - 1. Valyuta siyosati va uni yuritishning zarurati
- 2. Valyuta siyosati shakllari
- 3. Valyuta kursi rejimlari
- 4. Valyuta siyosati nazariyalarI
1. Valyuta siyosati va uni yuritishning zarurati - Valyuta siyosati - valyuta muammolarini hal etish bo‘yicha qarorlar tayyorlash, qabul qilish va tadbiq etishdan iboratdir. Mamlakatlararo valyutani boshqarish tashkiloti bo‘lib XVF hisoblanadi.
- Valyuta siyosati huquqiy jihatdan valyutaviy qonunlar asosida tartibga solinadi. Bularga huquqiy darajadagi chegaralarning o‘rnatilishi, mamlakat ichkarisida va mamlakat tashqarisida valyuta qimmatliklari bilan bo‘ladigan munosabatlarni tartibga solish, yana valyutaviy muammolar bo‘yicha ikki tomonlama va ko‘p tomonlama, mamlakatlararo valyutaviy kelishuvlarni tuzish kiradi.
- Valyutani tartibga solishning bevosita yo‘li qonuniy hujjatlar va hukumatning ijro organlari orqali amalga oshirilishi hisoblansa, bilvosita yo‘l bilan bozor agentlarining iqtisodiy harakatlanishiga, iqtisodiy usullar, xususan, valyuta-kredit usullari bilan ta’sir etiladi.
1. Valyuta siyosati va uni yuritishning zarurati
Xalqaro tartibga solishda valyuta, kredit va moliya siyosati quyidagi sabablar bilan shakllangan:
- Milliy iqtisodiyotda valyuta, kredit va moliya munosabatlarining bir-biriga o‘zaro bog‘liqligi.
- Xo‘jalik munosabatlarini erkinlashtirish sharoitida bozor va davlat boshqaruvining bozor tomon yuz tutishi.
- Jahon siyosiy va iqtisodiy maydonida asosiy kuch hisoblangan uchta asosiy hamkorlik va qarama-qarshi markazlarning tashkil topishi: AQSh, G‘arbiy Evropa va Sharqiy Osiyo (Yaponiya, Xitoy, Koreya, Singapur, Malayziya).
- Jahondagi etakchi valyutalar, kredit va moliya bozorlari, ya’ni suzib yuruvchi kurslar, foiz stavkalari, birja inqirozlari va boshqalar o‘zgarishining beqarorligi.
- Ichki milliy iqtisodiy siyosatning, shuningdek, valyuta, kredit, moliya, bir-biriga o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan va ularning xalqaro xo‘jalikdagi integratsiyalashuvi.
Do'stlaringiz bilan baham: |