Xalqaro moliya munosabatlarida mamlakat valyuta siyosatining o’rni va ahamiyati
Download 254 Kb.
|
Xalqaro moliya munosabatlarida mamlakat
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. MAMLAKAT MILLIY VALYUTA SIYOSATINING IQTISODIY MAZMUNI
Xalqaro moliya munosabatlarida mamlakat valyuta siyosatining o’rni va ahamiyati Reja: 1. Mamlakat milliy valyuta siyosatining iqtisodiy mazmuni 2. O`zbekiston respublikasi valyuta siyosatining asosiy jihatlari 3. Valyuta siyosati doirasidagi asosiy operatsiyalar va uning huquqiy asoslari 4. Valyuta kursining nazariy asoslari 5. Valyuta siyosati va uning asosiy shakllaridan pul muomalasini tartibga solishda foydalanish 1. MAMLAKAT MILLIY VALYUTA SIYOSATINING IQTISODIY MAZMUNI Bozor iqtisodiyoti bilan bog’liq jarayonlarni boshqarishda, milliy valyutaning xalqaro mavqeini belgilashda va mamlakatning joriy hamda kelajakdagi iqtisodiy munosabatlari tizimida valyuta siyosati muhim rol o’ynaydi. U «ko’p kirrali bashorat» (iqtisodiy rivojlanish barqarorligini ta'minlash, ishsizlikning oldini olish va inflyatsiyani jilovlash, to’lov balansining aktivligini saqlab turish) muhiti hisoblangan iqtisodiy siyosatning asosini egallashda, yetakchi o’rin egallaydi. Valyuta siyosatining shakli va o’rni, mamlakatning valyuta-iqtisodiy holati, jahon xo’jaligining evolyutsiyasi, jahon maydonidagi o’rni bilan aniqlanadi. Tarixiy rivojlanishiga nazar soladigan bo’lsak, birinchi navbatda, har qanday valyuta siyosatining asosiy maqsadlari quyidagi shakllanib kelmoqda: valyutaviy inqirozni bartaraf etish va valyuta qiymatining ta'minlanganligi, valyutaviy cheklashlar, valyutaning erkin almashinuvi, valyuta operatsiyalarini erkinlashtirish va boshqalar. Mamlakatlar-aro munosabatlarda valyuta siyosatining asosiy jihati: hamkorlik va kelishuv, ya'ni rivojlanayotgan mamlakatlarni ichki siyosatiga moliyaviy va maslahat xizmatlari orqali ko’mak berish. Valyuta siyosati huquqiy jihatdan valyutaviy qonunlar asosida tartibga solinadi. Bularga huquqiy darajadagi chegaralaming umatilishi, mamlakat ichkarisida va mamlakat tashqarisida valyuta qimmatliklari bilan bo’ladigan munosabatlami tartibga solish, yana valyutaviy muammolar bo’yicha ikki tomonlama va ko’p tomonlama, mamlakatlararo valyutaviy kelishuvlami tuzish kiradi. Yamayka valyutaviy kelishuv XVF nizomining o’zgartirishi bilan, yangi jahon valyuta tizimi yo’nalishini aniqlab berdi. Valyuta siyosati amalga oshirilishining asosiy yo’llaridan biri, davlatning xalqaro hisob-kitoblari bajarilishini boshqarish va milliy, mamlakatlararo, hududlararo valyuta munosabatlarini amalga oshirishdan iborat. Valyutani tartibga solishning bevosita yo’li qonuniy hujjatlar va hukumatning ijro organlari orqali amalga oshirilishi hisoblansa, bilvosita yo’l bilan bozor agentlarining iqtisodiy harakatlanishiga, iqtisodiy usullar, xususan, valyuta-kredit usullari bilan ta'sir etiladi. Xo’jalik aloqalari umumiylashtirilishi, davlatlararo valyuta boshqarilishining rivojlanishiga sabab bo’ldi. U quyidagi maqsadlarni o’z oldiga qo’yadi: ayrim mamlakatlar valyuta siyosatini muvofiqlashtirish, kelishgan holda valyuta inqirozini bartaraf etish, rivojlangan mamlakatlar valyuta siyosatining boshqa mamlakatlarga mos kelishi. Hududiy valyutaviy boshqarish iqtisodiy integratsiya birlashmalari chegarisida amalga oshiriladi. Download 254 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling