Xalqaro moliya munosabatlarida mamlakat valyuta siyosatining o’rni va ahamiyati


VALYUTA SIYOSATI DOIRASIDAGI ASOSIY OPERATSIYALAR


Download 254 Kb.
bet6/12
Sana24.07.2023
Hajmi254 Kb.
#1662222
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Xalqaro moliya munosabatlarida mamlakat

3. VALYUTA SIYOSATI DOIRASIDAGI ASOSIY OPERATSIYALAR VA UNING HUQUQIY ASOSLARI
Valyuta siyosatini amalga oshirish uchun ob'ektiv asos bo’lib, tashqi savdo, kapitallar va kreditlaming harakati xizmat qiladi. Xalqaro mehnat taqsimotining yuzaga kelishi va rivojlanishi eksport-import operatsiyalarining yuzaga kelishiga va takomillashishiga asosiy sabab bo’ladi.
Valyuta operatsiyalarining keng ko’lamda rivojlanishi markaziy banklarga ushbu bozorda erkin harakat qilishga va ayni vaqtda ularni tartibga solishga imkon yaratdi.
Markaziy bankning valyuta operatsiyalarini amalga oshirishga imkon beruvchi bir qator asoslar mavjud bo’lib, ulardan asosiylari sifatida quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin:
a) Markaziy bankning yetarli miqdorda oltin-valyuta zahiralariga ega bo’lishi.
Amaliyotdan ma'lumki, ko’pchilik rivojlangan davlatlarda, xususan, AQSH, Germaniya,
Avstriya, Buyuk Britaniyada davlatga tegishli barcha oltin-valyuta zahiralari Markaziy (Federal Zaxira) bankning balansiga o’tkazilgan. Markaziy bankning vazifasi ushbu zahiralardan oqilona foydalanish bilan birgalikda ularning hajmini oshirib borish hisoblanadi. Demak, u o’z balansida chet el valyuta zahiralariga suyangan holda, hukumat tomonidan belgilangan valyuta siyosati doirasidagi barcha operatsiyalarni amalga oshiradi. Masalan, valyuta interventsiyasini amalga oshirish uchun valyuta kursining keskin tebranishlariga barham bera oladigan miqdorda likvidli mablag’larga ega bo’lishi lozim (Angliya Markaziy banki ana shu maqsadga xizmat qiluvchi 40 mlrd. AQSH dollaridagi zahiraga ega).
b) Markaziy bankning xorijiy mamlakatlarning banklari bilan keng tarmoqli vakillik munosabatlarining mavjudligi.
Markaziy bankning xalqaro valyuta bozorlaridagi barcha operatsiyalari uning o’z milliy va xorijiy valyutalardagi vakillik hisobvaraqlari orqali amalga oshiriladi. Har bir valyuta turiga bittadan vakillik hisobvaragi ochiladi va Markaziy banklar boshqa mamlakatlarning Markaziy banklarida o’z huquqiy holatidan kelib chiqqan holda, erkin tarzda vakillik schetlarini yuritishga xaklidirlar.
Hozirgi kunda, Markaziy banklar xalqaro valyuta bozorlarida tijorat banklari bilan raqobat kila olmaydilar. Tijorat banklari, har yili ulkan miqdordagi mablag’larni valyuta kursining o’zgarishini chamalash, valyuta risklarini boshqarish maqsadlariga sarflaydilar. Buning ustiga, Markaziy banklar bevosita tijorat tizimlari bilan kredit, hisob-kitob xizmati ko’rsatish operatsiyalarini rivojlantirish imkoniyatini cheklaydi. Bunga sabab, ular tijorat tuzilmalariga xizmat ko’rsatmaydilar.
Markaziy bankning dilerlariga, odatda, vakillik hisobvaraqlarining qoldigi minimal bo’lishi kerak, degan majburiy shart qo’yiladi. Yuqorida keltirilgan omillarning mavjudligi ana shu shartlar bajarilishini takozo qiladi.
v) Markaziy bankka valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibini belgilab beruvchi me'yoriy hujjatlarning mavjudligi.
Respublikada «O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki to’g’risida»gi, «Valyutani tartibga solish to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident Farmonlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Markaziy bankning valyuta operatsiyalarini amalga oshirish uchun huquqiy asos bo’lib xizmat qiladi. Xususan, «O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki to’g’risida»gi Qonunning VI bobida valyutani tartibga solish va xalqaro zahiralarni boshqarish masalalari belgilab berilgan. Ushbu me'yoriy hujjatlarga muvofiq, Markaziy bank rasmiy valyuta munosabatlarini tartibga soluvchi davlat organi sifatida faoliyat ko’rsatadi. U o’z balansidagi rasmiy oltin-valyuta zahiralarini mustaqil tarzda boshqarish huquqiga ega va, ayni vaqtda, ularni samarali tarzda boshqarish yuzasidan ham javobgardir.
g) Chet el valyutalari bilan savdo qilishda mavjud bo’lgan savdo an'analariga rioya qilish.
Xalqaro valyuta savdosidagi qonunlarda yoki shartnomalarda belgilab qo’yilmaydigan, ammo hamisha unga rioya qilinadigan ma'lum an'analar yuzaga keldi. Kundalik amaliyotda qo’llaniladigan ana shunday muhim an'analar toifasiga quyidagilarni kiritish mumkin:

  1. Spot bitimlari bo’yicha valyutalarni 2 ish kuni mobaynida o’tkazish. Ushbu muddatda ulgurmagan tomon, albatta, jarima to’laydi.

  1. Kotirovkalarni e'lon qilish.

Diler valyuta sotmokchi yoki sotib olmokchi bo’lsa, avvalo, o’zining bankidagi xalqaro ma'lumot tizimidan foydalanadi. U kompyuterning displeyidan xalqaro valyuta bozorlaridagi kotirovkalarni kuzatishi mumkin. Shundan keyingina valyuta kursi o’ziga ma'kul bo’lgan bankka murojaat qiladi. Qabul qilingan qoida shundan iboratki, hech qaysi diler hech kachon birdan valyutani sotmokchi yoki sotib olmokchi ekanligini aytmaydi. Faqat sotish yoki sotib olish kursini suraydi. Kurslar to’g’risidagi ma'lumotni olgandan so’ng, o’z flkrini izxor qiladi. Bunda bozorda qabul qilingan minimal bitimlar summasi albatta, e'tiborga olinishi kerak. Masalan, 500 ming AQSH dollari, 1 mln. evro, 1 mln. shveytsariya franki bo’lishi mumkin. Amalda valyuta savdosi minimal summadan bir necha barobar yuqori summada amalga oshiriladi.
3) Bitimni yozma tarzdagi shartnomalarsiz amalga oshirilishi.
Valyuta savdosi asosan telefon yoki telegraf orqali amalga oshirilgan kelishuvlar asosida amalga oshiriladi. Birjada esa ogzaki tarzda bitimlar tuziladi. Ammo, ularni bajarish tomonlar uchun majburiy bo’lib, ular suzsiz bajariladi. Gap yirik summalar ustida ketayotganligi sababli, bitimlarning imzolanishi darxol hujjatlar bilan tasdiqlanadi. Bu esa ularning ishonchliligini oshiradi.
Bitimning imzolanishi quyidagilarni o’z ichiga olishi kerak:

  • almashinadigan valyutalarni aniqlash;

  • kurslarni belgilash;

  • yirik, ixchamlashtirilgan bitim summasini belgilab olish;

  • valyutada to’lash, deviz;

  • valyuta o’tkazilishi lozim bo’lgan manzilni ko’rsatish.

O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining valyuta operatsiyalari, hozirgi kunda, respublika Oliy Majlisi va hukumat tomonidan aniqlangan tangar siyosatning asosiy yo’nalishlariga muvofiq amalga oshirilmoqda. Ta'kidlab o’tish joizki, valyuta savdosida maqsadlilik va ustuvorlilik tamoyiliga ko’proq e'tibor berilmoqda. Ushbu maqsadlarga quyidagilar kiradi:

  • eksport uchun mahsulot ishlab chiqarish bilan mashgul bo’lgan korxonalar;

  • chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalarning O’zbekistonda ishlab chiqarish
    faoliyati natijasida olgan foydalari va dividendlari;

  • respublika iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlaridagi ustivor loyihalarda qatnashayotgan korxonalarning so’m mablag’lari;

  • xalqaro turizm xizmati, xalqaro aloqalar bo’yicha xizmat, xizmat safari va xorijda
    ta'lim olish bilan bog’liq xarajatlar.

Ushbu maqsadlar uchun, valyuta savdosini amalga oshirish tartibi faqat O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi.
Shunday qilib, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki valyuta operatsiyalarini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan barcha asoslarga ega.
Shu narsani alohida ta'kidlab o’tish joizki, mamlakat oltin-valyuta zahiralarining Markaziy bank balansida turishi, mamlakat Markaziy bankining moliyaviy jihatdan barqarorligini namoyon qiladi. Chunki, odatda, Markaziy bank davlatning tashqi qarzini to’lash bilan bog’liq barcha operatsiyalarga o’z vaqtida xizmat ko’rsatish, shuningdek, xalqaro operatsiyalar bo’yicha hisob-kitoblarni ta'minlash uchun ma'sul.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining valyuta siyosati doirasida amalga oshiradigan asosiy vazifalardan biri mamlakatda tijorat tusidagi valyuta operatsiyalarini rivojlantirish uchun qulay muhit yaratish hisoblanadi. Hozirgi kunda, muddatli operatsiyalarni rivojlantirish juda dolzarb va murakkab masala bo’lib qolmoqda. Buning uchun esa, valyuta bozorini rivojlantirish zarur. Chunki, har qanday turdagi valyuta operatsiyasi - svop, forvard, valyutaviy optsionlar va fyucherslar bilan bog’liq operatsiyalar, pirovardida, spot bozorining likvidliligiga bog’liq. Agar, valyuta birjasida va birjadan tashqari valyuta bozorida erkin ayirboshlanadigan valyutalar bo’yicha to’liq likvidlilik ta'minlansa, ya'ni barcha talablar muvofiq ravishda o’z vaqtida qondirilsa, bu milliy valyuta - sumning qadrini oshirishga xizmat qiladi. Bunda, shu narsani alohida ta'kidlab o’tish joizki, respublikada ichki valyuta bozorini rivojlantirish uchun hukumat tomonidan tadbirlar amalga oshirildi. Xususan, qabul qilingan qarorlarga muvofiq, 1997 yil 1 yanvardan boshlab, korxona va tashkilotlaming markazlashmagan eksportdan tushgan valyuta tushumining muayyan qismini majburiy sotuvi vakolatli banklarga sotila boshlandi. Birjadan tashqari valyuta bozorida operatsiyalar amalga oshirish uchun asosiy manba bo’lib, majburiy sotuvdan tushgan mablag’lardan tashqari vakolatli banklarning erkin ayirboshlanadigan valyutadagi o’z mablag’lari, shu jumladan, taqsimlanmagan foyda, mijozlarning depozitlari va boshqa jalb qilingan mablag’lar hisoblandi. Shu bilan birga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 1 iyuldagi «Birjadan tashqari valyuta bozorini liberallashtirish va yanada rivojlantirish bo’yicha chora-tadbirlar to’g’risida»gi Farmonining chiqishi birjadan tashqari valyuta bozorida operatsiyalaming rivojlanishiga sabab bo’ldi. Mazkur Farmonning chiqishigacha bo’lgan davrda, respublika valyuta bozorida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish huquqiga ega bo’lgan korxonalar sumdagi mablag’larini erkin ayirboshlanadigan valyutaga konvertatsiya qilganlarida Markaziy bank tomonidan o’rnatilgan rasmiy valyuta kursi bo’yicha 12 foiz miqdorida marja undirib olinardi. Ushbu Farmon chiqqandan keyin birjadan tashqari valyuta bozorida konvertirlash jarayoni talab va taklif orqali aniqlanadigan kurs orqali amalga oshiriladigan bo’ldi.
Shu bilan birga, xali birjadan tashqari valyuta bozorini yanada rivojlantirish bo’yicha bir qator hal qilinishi nixoyasiga etmagan masalalar turibdi. Xususan, birjadan tashqari valyuta bozorining likvid mablag’larga bo’lgan ehtiyoji to’la qondirilmayapti. Ushbu muammoni hal etish uchun vakolatli banklarning eksportga ishlovchi korxonalar hisoblanadigan mijozlari tomonidan valyuta tushumlarini ko’plab respublikaga olib kelishlari uchun ularning faoliyatini maksimal darajada rag’batlantirish lozim.



Download 254 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling