O`tkazilgan yig‘ilish bayonnomasi


Download 1.3 Mb.
Sana21.04.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1373692
Bog'liq
43-maktab referendum bayoni


Yakkabog’ tumanidagi 43- umumta’lim maktabida “Referendum: uning tashkiliy-huquqiy asoslari va asosiy bosqichlari” hamda “Yangi O’zbekiston–huquqiy demokratik davlat,insonhuquq va erkinliklarini himoya qilishninghuquqiy asoslari,qonunchilikniyanada rivojlantirish istiqbollari” mavzusida o`tkazilgan yig‘ilish
BAYONNOMASI

05.04.2023-yil Kattabog’ MFY


Yig‘ilish raisi: Maktab direktori N.Meyliyev
Kotib: Ijodiy-madaniy masalalar bo`yicha targ`ibotchi U.Ko’chkinov
Qatnashdi: Tuman hokimi Z.Aliqulov,tuman prokurori L.Hamroyev, Jinoyat ishlari bo’yicha tuman sudi raisi N.Mahmudov,tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi mudiri o;’rinbosari O’.Toshboyev va 100 nafar ota-onalar hamda o`qituvchilar.
KUN TARTIBI:

  1. Referendum: uning tashkiliy-huquqiy asoslari va asosiy bosqichlari to`g`risida.

2.“Yangi O’zbekiston-huquqiy demokratik davlat,inson huquq va erkinliklarini himoya qilishning huquqiy asoslari,qonunchilikni yanada rivojlantirish istiqbollari” mavzusida

Yig’ilishni maktab direktori N.Meyliyev ochdi va so`zni tuman hokimi Z.Aliqulovga berdi. Tuman hokimi Z.Aliqulov referendum haqida va 2023-yil 31-aprel kuni mamlakatimizda bo’lib otadigan umumxalq referendumi to’g’risida batafsil tushuntirdi.


Referendum (lotinchareferendium) bu fuqarolarning davlat, viloyat yoki mahalliy koʻlamda eng muhim masalalar boʻyicha ovoz berish yoʻli orqali oʻz fikrlarini bevosita bildirishlaridir. Umumxalq ovoz berish yoʻli bilan qonunlar qabul qilish va davlat ahamiyatiga molik eng muhim masalalarni hal qilish shakli. Bevosita demokratiyaning muhim vositasi. Referendumning saylovlardan asosiy farqi shundaki, referendum oʻtkazilayotganda biron bir lavozimga nomzod yoki nomzodlar roʻyxati uchun ovoz berilmaydi, balki unda muayyan masala — qonun, qonun loyihasi, konstitutsiya, konstitutsiyaga tuzatishlar, mamlakat xalqaro maqomiga taalluqli yoki ichki siyosatiga oid biron bir savol qoʻyiladi. Saylov natijalari majoritar tizim boʻyicha ham, proporsional tizim boʻyicha ham aniqlanishi mumkin boʻlsa, referendum natijalari faqat majoritarizm (mutlaq koʻpchilik ovozini hisoblash) tamoyillari asosidagina aniqlanishi mumkin. Referendumning oʻziga xos shakli plebissit hisoblanadi. Ayrim mamlakatlar (Masalan, Fransiya)da plebissit referendumga nisbatan bir muncha kengroq tushuncha hisoblanadi. Baʼzi mamlakatlar (Masalan, AQSH)da esa plebissit bilan referendumni farqlamaydilar. Hozirgi zamon davlatlarining konstitutsiyaviy huquqi referendum va uni oʻtkazishning turli xil koʻrinishlarini nazarda tutadi. Referendumlar butun davlat hududida oʻtkaziladigan umumilliy referendum va alohida federatsiya subʼyektlari yoki maʼmuriy-hududiy birliklarda oʻtkaziladigan mahalliy referendumga boʻlinadi. Konstitutsiyaga yoki qonunlarga taalluqdi referendum oʻtkazilishi mumkin. Birinchi holda yangi konstitutsiya loyihasi yoki konstitutsiyaga qilinadigan oʻzgartirish va tuzatishlar boʻyicha referendum oʻtkazilsa, ikkinchi holatda qonun loyihasi yoki kuchga kirgan qonun boʻyicha referendum oʻtkaziladi. Huquqiy ahamiyati jiqatdan maslahat referendumlari (xalq soʻrovi deb ham ataladi) va hal qiluvchi referendumlar boʻladi. Maslahat referendumlari biron bir masala yuzasidan saylovchilarning irodasini aniqlab olish boʻyicha oʻtkazilib, ana shu asosida davlatning boshqa organlari qaror chiqaradi (bunday referendumlar Shveysariya, Ispaniyada oʻtkaziladi). Hal qiluvchi referendumlarda biron-bir masala uzilkesil qaror chiqarish uchun saylovchilar ovoziga qoʻyiladi. Shuningdek, majburiy va fakultativ referendumlar boʻladi. Referendumlar oʻtkazish zarurati konstitutsiya yoki boshqa konstitutsiyaviy huquqiy hujjatda koʻrsatilgan boʻlsa (Masalan, konstitutsiya oʻzgartiriladigan holda) majburiy referendum oʻtkaziladi. Fakultativ referendumlar tegishli davlat organi yoki saylov korpusi irodasiga bogʻliq holda oʻtkaziladi.
“Oʻzbekiston Respublikasining referendumi toʻgʻrsida“gi qonun (dastlab 1991-yil 18-noyabrda qabul qilingan, 2001-yil 30-avgustda yangi tahrirda qabul qilingan)ga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasining referendumi Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarini va boshqa qarorlarini qabul qilish maqsadlarda jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari yuzasidan fuqarolarning umumxalq ovoz berishidir. Referendumda qabul qilingan qarorlar oliy yuridik kuchga ega boʻladi va faqat referendum yoʻli bilan bekor qilinishi yoki oʻzgartirilishi mumkin. Referendum Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida oʻtkaziladi.
Referendumni oʻtkazish tashabbusi bilan: Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti chiqishi mumkin. Referendumda ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan (18 yoshga toʻlgan) Oʻzbekiston fuqarolari umumiy sonining kamida 5 foizini tashkil etgan fuqarolar imzosi toʻplangan (bunda imzo chekkan fuqarolar miqdori har bir maʼmuriy-hududiy tuzilma boʻyicha bir tekis va mutanosib ravishda taqsimlangan) boʻlsa; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari aʼzolarining uchdan ikki qismining ovozi bilan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining asoslantirilgan talabi bilan referendum oʻtkazilishi mumkin. Quyidagi masalalar referendum predmeti boʻlishi mumkin emas: Oʻzbekiston Respublikasining hududiy yaxlitligini oʻzgartirish; Oʻzbekiston Respublikasi davlat byudjeti va soliqlar; amnistiya va afv etish; jamoat tartibini, aholi sogʻligʻi va xavfsizligini taʼminlash boʻyicha favqulodda va shoshilinch chora-tadbirlar oʻtkazish; Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish; mansabdor shaxslarni tayinlash va vazifasidan ozod etish. Referendum yashirin ovoz berish yoʻli bilan oʻtkaziladi. Oʻzbekiston Respublikasi tarixida 1 marta 1991-yil 29-dekabrda referendum boʻlgan. Bu referendumda „Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisida“ Uzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 31-avgustdagi Konstitutsiyaviy qonuni toʻgʻri qabul qilinganligini Oʻzbekiston xalqi bir ovozdan maʼqulladi. 2002-yil 27-yanvarda Oʻzbekiston Respublikasida 2 palatalik parlamentni shakllantirish va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolat muddatini 5 yildan
7 yilga oʻzgartirishga bagʻishlangan referendum boʻlib oʻtdi. Bu referendumlar Oʻzbekistonda demokratiya mustahkamlanib borayotganini koʻrsatadi.
Referendum — bevosita demokratiyaning muhim instituti boʻlib, umumdavlat hamda har bir fuqaro uchun muhim boʻlgan qarorlarni qabul qilinishida jamiyatning qatnashishini taʼminlaydi.
Referendumning oʻtkazilish jarayonining qoida va shartlari har bir davlatning konstitutsiyasi va qonunchiligi tomonidan belgilanadi-dedi va yug’ilish qatnashchilarini referendumda faol qatnashishga chaqirdi.
Shundan so’ng Jinoyat ishlari bo’yicha tuman sudi raisi N.Mahmudov so’zga chiqib, “Yangi O’zbekiston–huquqiy demokratik davlat,inson huquq va erkinliklarini himoya qilishning huquqiy asoslari,qonunchilikni yanada rivojlantirish istiqbollari” mavzusida so’z yuritdi.
Konstitutsiyaviy islohotlar mazmun-mohiyati to`g`risida to’xtalib o’tdi.
Konstitutsiyani yangilashga quyidagi ikki asosiy masala asos bo’lmoqda:
1) so’nggi olti yilda erishilgan yutuqlar va ularni Konstitutsiyada muhrlab qo’yish orqali ushbu yutuqlarni uzluksiz davom ettirish;
2) globallashuv jarayonidagi yangi tahdidlar va xatarlar, ularni bartaraf etish bo’yicha mustahkam huquqiy asosni yaratish orqali milliy davlatchiligimiz kelajagini ta’minlash.
Nima uchun “yangi konstitutsiya” deb atalmoqda?;

  • –moddalar soni amaldagi 128 tadan – 155 taga ortmoqda;

  • – normalar soni 275 tadan –434 taga oshdi;

  • – qonunimizning 15 foiz matni xalqimiz takliflari asosida yangilandi.Konstitutsiya loyihasining 78-modasida ko’rsatib o’tilgan ota-onalar va ularning o’rnini bosuvchi shaxslar o’z farzahdlarini voyaga yetgunga qadar boqishi,ularning tarbiyasi,ta’lim olishi,sog’lom ,to’laqonli va har tomonlama kamol topishi xususida g’amg’o’rlik qilishga majburliklari haqida ko’rsatib o’tilganligini tushuntirdi.

.
Yig`ilishda kun tartibidagi masalalar atroflicha muhokama etilib, yig`ilish
QAROR QILADI:

1. Yuqorida so`zga chiqqan ma’ruzachilarning ma’ruzalari ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Ziyoli qatlam sifatida Referendum: uning tashkiliy-huquqiy asoslari va asosiy bosqichlari hamda “Yangi O’zbekiston–huquqiy demokratik davlat,inson huquq va erkinliklarini himoya qilishning huquqiy asoslari,qonunchilikni yanada rivojlantirish istiqbollari” mavzusida aholi o`rtasida tushuntirish ishlari olib borilsin.
4. 2023 yil 31-aprel kuni mamlakatimizda bo’lib otadigan referendumda mahalla ahli , pedagog hodimlar va ularining oila a’zolarining faol ishtirok etishi yo`lga qo`yilsin.
5. Kun tartibidagi qarorlar ijrosi nazoratini o`z zimmamda qoldiraman.

Yig`ilish raisi-maktab direktori: N.Meyliyev




Kotibasi- MMIBD o`rinbosari: Z. Ergasheva



Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling