Mavzu. Moliyaning mohiyati va funksiyalari


Download 0.5 Mb.
bet4/155
Sana03.04.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1322928
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   155
Bog'liq
MOLIYA VA SOLIQLAR O\'quv uslubiy majmua

Moliya mexanizmi – taqsimlash va qayta taqsimlash muno- sabatlarining keng tizimini amalga oshirish, daromad va jamg‘ar- malarni tashkil qilish, markazlashgan va markazlashmagan pul fondlarini tuzishni ta’minlovchi shakl va usullar majmuidir. Moliya mexanizmi murakkab bo‘lib, unga turli moliyaviy munosabatlarga xos elementlar kiradi. Aynan moliyaviy munosabatlar o‘zaro aloqalarning ko‘pligi ularni tashkil etishning turlari, shakllari va usullarini (moliya mexanizmi elementlarini) ko‘p miqdorda qo‘llashni taqozo etadi.
Davlat o‘zining ijro qiluvchi va qonun chiqaruvchi organlari yordamida iqtisodiy qonunlar ta’sirini chuqur o‘rganish, moliyaning
rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganish, iqtisodiy va moliyaviy siyosat vazifalarini o‘rganish asosida ichki mahsulot va milliy daromadni taqsimlash usullarini o‘rnatadi, pul jamg‘armalarining shakllarini belgilaydi, to‘lov va ajratmalar turlarini ishlab chiqadi, davlat moliyaviy resurslaridan foydalanish yo‘nalishlari va tamoyillarini ishlab chiqadi.
Moliya mexanizmini ma’muriy va tartibga soluvchi mexa- nizmlarga bo‘lishimiz mumkin.
Direktiv (mamuriy) moliya mexanizmi – davlat ishtirok etadigan moliya munosabatlari: soliqlar, davlat krediti, byudjet xara- jatlari, byudjetdan moliyalashtirish, byudjet qurilmasi va byudjet jara- yonini tashkil qilish, moliyaviy rejalashtirishni tashkil etishning barcha tizimlarini batafsil ishlab chiqilishini nazarda tutadi. Ayrim hollarda boshqa, ya’ni butun moliya siyosatini amalga oshirilishida katta aha- miyatga ega bo‘lgan (korporativ qimmatli qog‘ozlar bozori) moliya munosabatalariga yoki bunday munosabat tomonilaridan biri – davlatning vakili bo‘lganda (davlat korxonalari moliyasi) ham tadbiq etiladi.
Tartibga soluvchi moliya mexanizmi – davlat manfaatlariga bevosita ta’sir qilmaydigan moliya munosabatlarida qo‘llaniladi. Moliya mexanizmining bunday xilma-xilligi xususiy korxonalarda ichki xo‘jalik moliya munosabatlarini tashkil qilish uchun xarakterlidir.
Moliya mexanizmi quyidagi tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oladi: Moliyaviy rejalashtirish va istiqbolni belgilash (prognoz- lash) - moliyaviy mexanizmning asosiy qismi bo‘lib, u moliyaviy rejalar va balanslarni hamda moliyaviy ko‘rsatkichlar, me’yorlar
tuzishni o‘z ichiga oladi.
Moliyaviy dastaklar va rag‘batlantirish vositalariga foydani taqsimlash usullari, turli fondlarga to‘lovlar, ajratmalar, qo‘llaniladigan imtiyozlar, jazolar (sanksiyalar), jarimalar kiradi.
Moliyani boshqarish – subyektlarning moliyaviy munosabat- larni amalga oshirish, yo‘lga qo‘yish va takomillashtirish usullari yig‘indisidan iborat.
Ayrim iqtisodchilar, yuqoridagilarni inkor etmagan holda, moliyaviy munosabatlarning ko‘p qirraligi, soha va bo‘g‘inlardan
iboratligini hisobga olib moliya mexanizmini quyidagi sohalar va bo‘g‘inlarga ajratib ko‘rsatiladilar.
O‘z navbatida bu har bir soha alohida tarkibiy bo‘g‘inlarni o‘z ichiga oladi. Misol uchun, davlat moliyasi mexanizmi byudjet mexanizmi va byudjetdan tashqari fondlar amal qilish mexa- nizmlariga bo‘linadi. Hududiy bo‘linishidan kelib chiqib umumdavlat moliya mexanizmi va mahalliy moliya mexanizmlariga ajratish mumkin. Moliyaviy mexanizmni ijtimoiy takror ishlab chiqarish nuqtai nazaridan qaralganda uning funksional bo‘g‘inlari hosil bo‘ladi, ya’ni mablag‘larni jamlash, moliyalashtirish, rag‘batlantirish va boshqalar.
Moliya mexanizmining har bir soha va bo‘g‘inlari bir butunning tarkibiy qismi hisoblanadi. Ular o‘zaro bog‘liqdir. Shu bilan birga, har bir soha va bo‘g‘in nisbatan mustaqil amal qiladi. Bu holat moliya mexanizmi tarkibiy qismlarining doimiy muvofiqligini zarurligini keltirib chiqaradi.






Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling