Mavzu: Moliyaning obyektiv zarurligi (pul, tovar, davlat, iqtisodiy qonunlar) Bajardi: sbxt-2 guruh talabasi G’aniyev Sh. Tekshirdi: Kushakova M. N toshkent-2022 Reja


Download 15.95 Kb.
bet1/4
Sana15.08.2023
Hajmi15.95 Kb.
#1667331
  1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu Moliyaning obyektiv zarurligi (pul, tovar, davlat, iqtiso-hozir.org


Mavzu: Moliyaning obyektiv zarurligi (pul, tovar, davlat, iqtisodiy qonunlar) Bajardi: sbxt-2 guruh talabasi G’aniyev Sh. Tekshirdi: Kushakova M. N toshkent-2022 Reja

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI
MUSTAQIL ISH

Mavzu: Moliyaning obyektiv zarurligi (pul, tovar, davlat, iqtisodiy qonunlar)
Bajardi: SBXT-2 guruh talabasi G’aniyev Sh.

Tekshirdi:Kushakova M.N


TOSHKENT-2022


Reja:


  1. Moliyani o’rganishning zarurligi


  2. Moliyaning mohiyati


  3. Iqtisodiy qonunlar, Davlat



Moliyani o‘rganishning zarurligi
O‘zbekiston o‘z mustaqilligiga erishgach, qisqa vaqt ichida davlatchiligini, mustaqil moliya, kredit, sug‘urta va boshqa sohalarni shakllantirish, ular vositasida murakkab xo‘jalik va ijtimoiy jarayonlarni mohirlik bilan boshqarishni ham yo‘lga qo‘ya oldi. Iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichida moliya tizimining ahamiyati tobora ortib borishi moliya organlarining faoliyatiga talabni kuchaytirib yubormoqda. Moliya tizimining o‘ziga xos tomonlari shundaki, turlicha mulk subyektlarining xo‘jalik yuritishdagi teng huquqli munosabatlarini o‘zida ifoda etadi. Respublikamiz moliya tizimini rivojlantirishda bevosita iqtisodchi mutaxassislarning roli kattadir. Bo‘lajak iqtisodchilarni oliy ta’lim muassasalarida olayotgan bilimlari orasida «Moliya» fanining alohida o‘ziga xos o‘rni mavjud. Moliyani o‘rganish nima uchun muhim hisoblanadi? Bunga javobni quyidagicha berish mumkin:
• mamlakat moliya siyosatiga ta’sir ko‘rsatuvchi, ongli fuqarolik qarorlarini qabul qilish uchun. Shuni unutmaslik kerakki, davlat budjeti – bu “sening budjeting” hamdir: partiyalarning siyosiy dasturlarini, budjet so‘rovlarini, qabul qilinayotgan qarorlarni baholash bilan birga ular davlatning farovonligiga va aholining shaxsiy daromadlariga qanday ta’sir etishi to‘g‘risida o‘z firklarini shakllantirmoq uchun;
• biznes dunyosidagi va davlat boshqaruvidagi muvaffaqiyatli faoliyat uchun;
• qiziqarli va foydali martabani (karerani) ta’minlash uchun;
• shaxsiy daromadlar va jamg‘armalarni samarali boshqara olishlik uchun;
• shaxsiy dunyoqarashni kengaytirish uchun
Moliya va moliyaviy munosabatlarning vujudga kelish tarixi insoniyat tarixining tarkibiy qismi bo‘lib, ming-yillar avval paydo bo‘lgan. Qadimgi Bobil davlatida amal qilgan Xamurabi qonunlari yoki Qadimgi Hindistonning Manu qonunlarimi, Xitoy, Yunoniston yoki Turon, Rim imperiyasi qonunlarimi, baribir ularning barchasida soliqlar to‘plash, davlat xazinasi hisob-kitobi kabi masalalar o‘z aksini topgan. Ularda jamiyat hayotida mustahkam o‘rin tutgan pul hisob-kitobi bilan bog‘liq moliyaviy munosabatlarga katta ahamiyat berilgan. Chunki moliya sohasida, soliq-boj sohasida to‘g‘ri siyosat yuritilishi jamiyat taraqqiyotining muhim sharti bo‘lgan.
Sohibqiron Amir Temur o‘z Tuzuklarida: «Amr etdimki, raiyatdan mol-xiroj yig‘ishda ularni og‘ir ahvolga solishdan yoki mamlakatni qashshoqlikka tushirib qo‘yishdan saqlanish kerak. Negaki, raiyatni xonavayron qilish davlat xazinasining kambag‘allashishiga olib keladi» deya soliqlarning, moliyaning davlat va jamiyat hayotida muhim ahamiyatga egaligini ta’kidlab o‘tgan.
“Moliya” iborasi XIII - XV asrlarda Italiyaning savdo shaharlarida paydo bo‘lib, avvaliga har qanday pul to‘lovini bildirgan. Keyinchalik bu ibora qandaydir jarayonni, subyektlar o‘rtasidagi munosabatlarni, aniqrog‘i, pul munosabatlarini bildirgan va xalqaro ko‘lamga yoyilgan, lekin uni ishlatish sohasi umumdavlat pul fondlariga pul to‘lovlari bilangina chegaralangan.
XVII-XVIII asrlarda Yevropada sanoatning rivojlanishi, fan-texnika sohasidagi inqiloblar, buyuk jug‘rofiy kashfiyotlar, mamlakatlar va xalqlar o‘rtasidagi turli aloqalarning kengayishi o‘rta asrlardagi yirik yer egalari, qirollar, sultonlar va ularga qaram bo‘lgan dehqonlar o‘rniga jamiyat sahnasiga savdogarlar, fabrikantlar, bankirlarning kelishiga, davlat hayotida hisob-kitob va moliyaviy ishlar ahamiyatining keskin oshib ketishiga sabab bo‘ldi. Iqtisodiy va moliyaviy munosabatlarning avj olishi kapitalistik davlatlarga moliyaviy munosabatlardan siyosiy maqsadlarda foydalanish, soliq, boj, kredit kabi vositalar yordamida ichki va tashqi siyosatda muayyan muvaffaqiyatlarga erishish imkonini yaratdi. XVII-XVIII asrlarda taraqqiy etgan davlatlarda jamiyatni boshqarish sohasidagi qudratli ma’muriy-buyruqbozlik tizimlarining vujudga kelishida (Shvetsiya, Avstriya, Prussiya, Rossiya kabi) katta o‘rin tutdi. Bunday ma’muriyboshqaruv tizimining vujudga kelishi ulkan amaldorlar guruhi va yirik qurolli kuchlarni saqlab turish zaruratini vujudga keltirdi, bu esa oqibatda davlat xarajatlarini keskin oshirib yubordi. Bunday sharoitda davlat moliyaviy tizimlarini vujudga keltirish, ularning bir maromda ishlashini ta’minlovchi qoidalarni yaratish, jamiyat moliyaviy faoliyati tamoyillarini ishlab chiqish dolzarb muammolardan bo‘lib qoldi. Shu davrga kelib samarali moliya va soliq siyosati yuritish har bir davlat uchun muhim ahamiyat kasb etdi. Chunki Rim imperatori Tiberiy ta’biri bilan aytganda: «Soliq to‘lovchilar - junini oldirishni istovchi, lekin terilarini shilib olinishiga qarshi bo‘lgan qo‘ylar singari bo‘lib, me’yordan oshish har qanday davlatni taraqqiyotga emas, balki tanazzulga olib kelishi mumkin». Shunday sharoitlar tufayli moliya va moliyaviy munosabatlarga oid ko‘plab ilmiy va adabiy asarlar yuzaga keldi. Mashhur shotland iqtisodchisi Adam Smit «Xalqlar boyligining tabiati va sabablari haqida tadqiqot» asarida moliyaning davlat va jamiyat hayotidagi yuksak ahamiyatini ko‘rsatib berdi.
Fan-texnika ulkan yutuqlarga erishgan, ishlab chiqarish yuksak rivojlangan, jamiyatni idora qilishda davlat muhim o‘rin tutgan bizning davrimizga kelib moliya va moliyaviy munosabatlar tarixiy taraqqiyotning eng muhim omillaridan biriga aylandi. Davlat moliyaviy mexanizmlar yordamida ishlab chiqarishni, iqtisodiy hayotni, fan-texnika taraqqiyotini, madaniyatni, ijtimoiy 6 ehtiyojni qondirish masalalarini, davlat va jamiyat xavfsizligini ta’minlash sohalarini samarali tartibga solmoqda. Har qanday davlatda moliya va moliyaviy salohiyat norasmiy hokimiyat bo‘lib, uning yordamida muayyan ichki va tashqi siyosat amalga oshirilishi mumkin.
Moliya va moliyaviy tizimlar har qanday davlatga mablag‘larni soliqlar, boj va boshqa yig‘imlar tarzida fuqarolardan yig‘ib olish, bir joyga to‘plash hamda ulardan ko‘zlangan maqsadga muvofiq foydalanish imkonini beradi. Shu yo‘l bilan davlat apparatining bir maromda ishlashi, mamlakatning samarali mudofaa qudrati, insonparvarlik sohalarining rivoji, jamiyatning kam ta’minlangan va yordamga muhtoj bo‘lgan tabaqalarining ijtimoiy jihatdan himoyalanishi ta’minlanadi, iqtisodiyotning ustuvor yo‘nalishlarini tezroq rivojlantirish choralari ko‘riladi.

Download 15.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling