Mavzu: Moliyaning obyektiv zarurligi (pul, tovar, davlat, iqtisodiy qonunlar) Bajardi: sbxt-2 guruh talabasi G’aniyev Sh. Tekshirdi: Kushakova M. N toshkent-2022 Reja


Download 15.95 Kb.
bet3/4
Sana15.08.2023
Hajmi15.95 Kb.
#1667331
1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu Moliyaning obyektiv zarurligi (pul, tovar, davlat, iqtiso-hozir.org

Moliyaning mohiyati
Moliya o‘z mohiyatiga ko‘ra iqtisodiy kategoriya bo‘lib, hozirda ijtimoiy-siyosiy tuzumi turlicha bo‘lgan davlatlar tomonidan birdek foydalanilmoqda. Bu kategoriya boshqa iqtisodiy 8 kategoriyalar (pul, foyda, tannarx, qiymat, kredit va h.k.) kabi jamiyatdagi ma’lum munosabatlar, mehnat mezoni va iste’mol me’yori, ishlab chiqarishni rag‘batlantirish, milliy daromadni taqsimlash kabi munosabatlarning mohiyatini ifodalaydi.
Moliyaning mavjudligi, eng avvalo, jamiyatda tovar-pul munosabatlarining mavjudligi bilan bog‘liq. Moliya munosabatlarining rivojlanishi jamiyatdagi mehnat taqsimoti, mulkchilik shakllari, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tashkiliy-huquqiy faoliyatining iqtisodiy jihatdan alohidaligi hamda tashqi iqtisodiy aloqalar bilan ham bog‘liqdir. Milliy daromadning taqsimlanishi pul shaklida amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida hamda boshqa qonunlarda mulkchilikning turli shakllarida bo‘lishining mustahkamlanishi, tovar-pul munosabatlarining yanada rivojlanishi hamda bozor mexanizmining takomillashuviga olib keladi.
Lekin pul moliya munosabatlarining barcha tomonlarini o‘z ichiga olmaydi. Moliya munosabatlarining mavzusi, asosan, davlat hamda korxonalarning pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish masalalaridan tashkil topadi. Shuning uchun ham moliyaning rivojlanishi davlatning rivojlanishi va uning zaxiralarga bo‘lgan ehtiyoji bilan bevosita bog‘liqdir.
Moliyaning mohiyati, uning iqtisodiy kategoriya sifati ijtimoiy munosabatlar orqali ko‘rinib, o‘ziga xos vazifani bajaradi.
Davlat hamda korxona va tashkilotlarning kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni va ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish uchun zarur bo‘lgan pul mablag‘laridan davlat fondini tashkil qilish, taqsimlash va iste’mol qilish bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy munosabatlar jarayonida ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish ustidan nazorat va ijtimoiy mahsulotning taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi sodir bo‘ladi.
Moliyaning mohiyati uning funksiyalarida namoyon bo‘ladi.
Funksiya obyekt ichki mohiyatining konkret shaklini namoyon bo‘lish jarayonidir.
Moliyaning funksiyalari yuzasidan iqtisodchi olimlarning o‘rtasida qator baxsli holatlar mavjud.
Bir qator taniqli moliyachilar moliyaning 3 ta funksiyasi mavjudligini e’tirof etishadi.
A.M.Birman moliyaning quyidagi funksiyalari mavjudligini e’tirof etadi:
1. Xo‘jalik yuritish jarayonini pul mablag‘lari bilan ta’minlash
2. Nazorat
3. Taqsimlash
A.M.Aleksandrov va E.A.Voznesenskiy tasdiqlaydiki, moliya quyidagi funksiyalarni bajaradi:
1. Pul fondlarini shakllantirish
2. Shakllantirilgan pul fondlaridan foydalanish
3. Nazorat
I.T.Balabanovning fikriga ko‘ra bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaning taqsimlash funksiyasi o‘zining mazmunini yo‘qotadi.
Iqtisodchi V.M.Rodionovaning fikriga ko‘ra, moliya taqsimlash va nazorat funksiyalarni bajaradi.
Hozirgi sharoitda O‘zbekistonlik iqtisodchi olimlar moliyaning taqsimlash va nazorat funksiyalarini bajarishini e’tirof etishadi.
Iqtisodiy subyektlarning asosiy maqsadi foyda olish hisoblanadi.
Foyda markazlashtirilmagan pul fondlarining asosiy moliyaviy manbai hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkchilikning ko‘p ukladli shakllarini paydo bo‘lishi va bozor iqtisodiyotining amal qilishi to‘liq iqtisodiy mustaqillikni ta’minlovchi demokratik tizimni shakllantirishni obyektiv zarur qilib qo‘yadi. Bunday sharoitda iqtisodiy subyektlar faoliyatining moliyaviy natijalari, ya’ni tadbirkorlik foydasini taqsimlash ular tomonidan qabul qilinadigan moliyaviy qarorlarga bog‘liqdir.


Download 15.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling