Mavzu: Moliyaviy boshqaruv Reja: Moliyaviy boshqaruvning mazmuni va mohiyati


Download 290.5 Kb.
bet1/3
Sana30.03.2023
Hajmi290.5 Kb.
#1309813
  1   2   3
Bog'liq
Moliyaviy boshqaruv


Mavzu: Moliyaviy boshqaruv
Reja:
  • Moliyaviy boshqaruvning mazmuni va mohiyati.
  • Moliyaviy boshqaruv organlari va ularning vazifalari.
  • Korporativ boshqaruv va mulkka egalik huquqini boshqaruvdan ajratishning moliyaviy sabablari.
  • Korporativ boshqaruvning asosiy vazifasi va uning moliyaviy jihatlari.

1. Moliyaviy boshqaruvning mazmuni va mohiyati
Eng umumiy ko’rinishda boshqaruv subyektining boshqaruv obyektiga maqsadga yo’naltirilgan ta’siri boshqaruv deyiladi.
Davlat jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti uchun zarur bo’lgan moliyaviy resurslarni tashkil
etish va
tizimini
foydalanishga qaratilgan munosabatlar boshqarishi,
tartibga solishi va bu
resurslardan samarali
hamda oqilona foydalanish
ustidan nazoratni amalga oshirishi kerak. Ana shu
vazifani bajarish moliyaviy
boshqaruvning
zimmasiga yuklatilgan.
Moliyaviy boshqaruvning maqsadi makroiqtisodiy muvozanatda, byudjet profitsitida, davlat qarzining kamayishida, milliy valyutaning barqarorligi va mustahkam- ligida va, nihoyat, davlat va jamiyat barcha a’zolari iqtisodiy manfaatlarining yagonaligida (mushtarakligida) namoyon bo’ladigan moliyaviy barqarorlik va moliyaviy mustaqillikni ta’minlashdir.
Shunga monand ravishda moliyaviy boshqaruvning asosiy metodologik tamoillari quyidagilardan iborat:
  • pirovard maqsadga bog’liqlik;
  • xo’jalik barcha tarmoqlarining makroiqtisodiy muvozanatliligi;
  • jamiyat barcha a’zolarining manfaatlariga mos kelish;
  • iqtisodiy qonunlardan foydalanish;
  • real imkoniyatlar asosida ichki va tashqi iqtisodiy sharoitlarni hisobga olish.

Moliyaviy boshqaruvning aniq metodlari va shakllari quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin:
  • moliyaviy rejalashtirish;
  • bashoratlash (prognozlashtirish);
  • dasturlashtirish;
  • moliyaviy tartibga solish;
  • moliyaviy nazorat;
  • moliyaviy qonunlarni (qonunchilikni) qabul qilish;
  • moliyaviy resurslarni jalb qilish metodlari tizimi.

Download 290.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling