Mavzu: Moliyaviy hisobot kompilyatsiyasi va transformatsiyasi. Reja


Download 17.1 Kb.
Sana13.04.2023
Hajmi17.1 Kb.
#1349872
Bog'liq
19-Mavzu (2)


Mavzu: Moliyaviy hisobot kompilyatsiyasi va transformatsiyasi.
REJA:
1. Moliyaviy hisobotni xalqaro standartlar asosida kompilyatsiyasi.
2. Moliyaviy hisobotni transformatsiyasi.
3. Moliyaviy hisobot koeffitsiyentlari tahlili.
4. Yakuniy nazorat ishi.

Transformatsiya jarayonining asosiy muhim qoidalari:


-MHXSlari bo‘yicha hisob yuritish har bir kompaniyaning mustaqil hal qiladigan ishi, uning zarurligini va unga o‘tishni mustaqil belgilaydi;
-MHXSlari majburiy emas, ushbu hujjat faqat harakat qilishga turtki beradi;
-MHXSlarida bo‘yicha hisob yuritishda iqtisodiy mazmunning shakldan ustunligi amal qiladi;
-MHXSlari adolatli baholashga ustuvor ahamiyatni qaratadi;
-MHXSlari bo‘yicha hisob yuritish usulini (transformatsiya yoki parallel hisob yuritish) tanlash kompaniyaning ichki ishi;
-transformatsiyaning yagona algoritmi va ketma-ketligi yo‘q;
-transformatsiyaga har bir holatda individual yondashiladi;
-transformatsiya murakkab jarayon, professional yondashuvni talab qiladi;
-transformatsiyaning metodikasi va bosqichlari mustaqil belgilanadi;
-reklassifikatsiya, qayta baholash, korrektirovka provodkalari transformatsiyaning asosiy usullaridir;
MHXSlariga o‘tishda transformatsiya usulni qo‘llash birdan 100 %lik natijani va xatolardan xoli bo‘lgan moliyaviy hisobotni bermaydi. Chunki, MHXS bo‘yicha moliyaviy hisobot juda ko‘plab omillar hisobidan shakllanadi. Ularni birinchi urinishdayoq to‘liq qamrab olish juda qiyin jarayon. Faqat birinchi tranformatsiyada yirik xatolar bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmasligi kerak.
Transformatsiya bo‘yicha tajriba bosqichma-bosqich shakllanib boradi va natijada yildan-yilga transformatsiyalanadigan moliyaviy hisobotning ishonchliligi oshib boradi. Shu bois, O‘zbekistondagi kompaniyalar ertaga yaxshi natija olishi uchun MHXS asosida moliyaviy hisobot transformatsiyasini bugundan boshlashi kerak.
Agarda kompaniyalar bugun MHXSlari asosida moliyaviy hisobot tuzishga zarurat his qilmasa, ertaga zarurat his qilishi albatta tayin. Shu bois, ertangi zaruratni qondirish uchun bugun transformatsiyani boshlashi kerak. Bizda kadr yo‘q, imkoniyat yo‘q, resurs yo‘q va shu bois zarurat ham yo‘q deb o‘ylagan kompaniya katta xato qiladi. Transformatsiya jarayonining quyidagi ketma-ketlikda amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir:
Birinchidan, milliy standartlar bo‘yicha tayyorlangan moliyaviy hisobot komponentlari, shuningdek balans, foyda va zararlar va boshqa hisobot moddalarining kengaytmalari aks ettirilgan analitik hisob ma’lumotlari, kerak bo‘lsa boshlang‘ich hujjatlarni tayyorlash lozim.
Ikkinchidan, aktivlar, majburiyatlar va xususiy kapital elementlarini qayta klassifikatsiyalash, qaytadan baholash o‘tkazish. Foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobotda ham har bir tegishli moddani xalqaro standartlarga mos holda qayta klassifikatsiya qilish va baholash. Xuddi shuningdek, boshqa hisobot moddalarini ham birma-bir xalqaro standartlar talablariga muvofiqlashtirish choralarini ishlab chiqish kerak.
Uchinchidan, MHXSlari darajasiga etkazish uchun tegishli to‘g‘irlashlar kiritish, qo‘shimcha provodkalar jadvalini ishlab chiqish kerak.
To‘rtinchidan, tegishli to‘g‘irlashlar buxgalteriya provodkalari yordamida kiritilgandan keyin MHXSlari talablariga muvofiq keladigan hisobotni tuzish.
Beshinchidan, MHXSlariga o‘tishda atamalardan to‘g‘ri foydalanish muhim rol o‘ynaydi. Milliy standartlar asosida tuzilgan hisobotlardagi atamalar, ko‘rsatkichlarning nomlanishi, ularning qisqarmasini xalqaro standartlarga mos keladigan atamalarga o‘tkazish lozim.
Agarda ko‘rsatkich qayta guruhlanish, baholash asosida qiymati xalqaro standartlarga muvofiq kelsada uning nomlanishi muvofiq bo‘lmasa, uni o‘qish qiyinlashadi, chalkashliklarga olib keladi.
Shu bois, atamalar tizimini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish lozim bo‘ladi. Milliy standartlar asosida tuzilgan moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlar asosida tuzilgan moliyaviy hisobotga transformatsiya qilishning yagona metodologiyasi mavjud emas.
Har bir korxona o‘zining moliyaviyxo‘jalik faoliyati xususiyati, resursi va xodimlarining professional darajasidan kelib chiqib transformatsiya jarayoni metodologiyasini ishlab chiqishi maqsadga muvofiq. Fikrimizcha, har bir korxona moliyaviy hisobot transformatsiyasi bo‘yicha hisob siyosatini ishlab chiqishi shart.
Shu bois, kompaniyada moliyaviy hisobot transformatsiyasini amalga oshirish uchun quyidagi shart-sharoitlar mavjud bo‘lishi kerak:
-Kompaniyada MHXSlar bo‘yicha tuzilgan moliyaviy hisobotga zaruriyat bo‘lishi kerak. Kompaniyaning ichki va tashqi axborot foydalanuvchilarida MHXS bo‘yicha tuzilgan moliyaviy hisobotdan foydalanish va uning asosida qarorlar qabul qilishiga muhit yuzaga kelishi shart;
-milliy standartlar asosida tayyorlangan moliyaviy hisobot obyektiv, ishonchli, uyg‘un va buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun va O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya Hisobi Milliy Standartlariga to‘liq muvofiq kelishi kerak. Auditorlik xulosasi olinishi maqsadga muvofiq.
Farqlanishlar va qalbakilashtirish hamda milliy standartlar talablaridan chetlanishlar katta bo‘lgan hollarda transformatsiya kutilgan natijani bermaydi.
Chunki, BHMSlari asosida tayyorlangan moliyaviy hisobot MHXSlari bo‘yicha tuziladigan moliyaviy hisobotga xomashyo hisoblanadi.
-korxonaning zamonaviy menejment tizimi, xususan moliyaviy departament boshqaruv tizimi, uning tarkibida moliyaviy buxgalteriya hisobi va hisoboti bo‘limi mavjud bo‘lishi kerak.
-kompaniya barqaror moliyaviy holatga ega bo‘lishi kerak.
Barqaror bo‘lmagan, surunkali zarar bilan ishlaydigan kompaniyalar moliyaviy hisobotini transformatsiyasi etarli shaffof bo‘lmaydi va kutilgan natijani bermaydi.
-kompaniyada MHXSlarni biladigan, buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot sohasida chuqur professional tayyorgarlikka ega bo‘lgan, iqtisodiy matematikani qo‘llay oladigan mutaxassislarga ega bo‘lishi kerak.
Chunki, transformatsiya qiyin, murakkab va professional yondashuvni talab qiladigan jarayon hisoblanadi.
Download 17.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling