mavzu. Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish uchun konseptual asos. ( soat) Reja


Download 26.43 Kb.
bet11/13
Sana06.11.2023
Hajmi26.43 Kb.
#1751480
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
MHA 1-2 mavzu hemis uchun (1)

Moliyaviy natijalar
Daromadlar va xarajatlar moliyaviy natijalar tо‘g‘risidagi hisobotda qarorlar qabul qilish uchun zarur bо‘lgan axborotni taqdim etish maqsadida faoliyat turlarini chegaralash yо‘li bilan kо‘rsatilishi mumkin. Masalan, xо‘jalik yurituvchi subektning odatdagi faoliyati davomida va faoliyat jarayonidagi favqulodda holatlarda yuzaga keladigan daromadlar va xarajatlarning moddalari о‘rtasidagi chegara umumiy qabul qilingan amaliyot hisoblanadi. Bunday chegaralash xо‘jalik yurituvchi subektning kelgusida pul mablag‘larini kо‘paytirish qobiliyatiga baho berishda ahamiyatli bо‘lgan moddalarning manbalari asosida о‘tkaziladi. Moddalarni chegaralashda xо‘jalik yurituvchi subektning tabiati va uning faoliyati bilan hisoblashish kerak. Bitta xо‘jalik yurituvchi subektning odatdagi faoliyati natijasida paydo bо‘ladigan moddalar boshqa subektga nisbatan favqulodda bо‘ladigan moddalar bо‘lishi mumkin.
Daromadlar va xarajatlarning moddalari о‘rtasidagi chegara hamda ularning har xil kombinatsiyalari ham xо‘jalik yurituvchi subektning ishlari natijalarini kо‘rsatish imkoniyatini beradi. Bunday bо‘limlar har xil moddalarni о‘z ichiga oladi. Masalan, moliyaviy natijalar tо‘g‘risidagi hisobot soliqqa tortilgungacha va undan keyingi moliyaviy-xо‘jalik faoliyatidan daromadni kо‘rsatadi.
Xususiy kapitalga egalarining ulushlari daromad hisoblanmaydi; xususiy kapitalning egalari о‘rtasida taqsimlanishi xarajat hisoblanmaydi.
Daromadlar va xarajatlarni ta’rifi ularning asosiy farq qiluvchi jihatlarini yoritib beradi, lekin ularni moliyaviy natijalar tо‘g‘risidagi hisobotda tan olishdan oldin javob berishi lozim bо‘lgan mezonlarni aniqlashtirmaydi.
Moliyaviy hisobotlarning elementlarini aks ettirish
Aks ettirish — buxgalteriya balansi yoki moliyaviy natijalari tо‘g‘risidagi hisobotga elementlar ta’rifiga javob beruvchi va ularda aks ettirilishi lozim bо‘lgan moddalarning kiritish jarayonidir.
Aks ettirish jarayoni moddaning bayonini ham, uning puldagi ifodasini ham, shuningdek u ushbu moddaning buxgalteriya balansiga yoki moliyaviy natijalar tо‘g‘risidagi hisobotga kiritilishini о‘z ichiga oladi.
Moddaning mezonga muvofiqligini aniqlash uchun va aks ettirish uchun uni tasniflashda ahamiyatlilik va qiyosiylik prinsiplariga e’tiborni qaratish kerak.
Elementlar о‘rtasidagi о‘zaro bog‘liqlik ta’rif va mezonlarga javob beradigan modda alohida jihatni aks ettirishini anglatadi. Masalan, aktivning aks ettirilishi о‘z-о‘zidan daromad yoki majburiyatning boshqa elementini aks ettirishni talab qiladi.
Aktivni aks ettirish
Ushbu aktivdan foydalanish natijasida xо‘jalik yurituvchi subektga kelgusi iqtisodiy foyda tushish ehtimoli mavjud bо‘lganida ushbu aktiv buxgalteriya balansida aks ettiriladi va aktiv aniq ifodalanadigan chiqimlar yoki qiymatni о‘z ichiga oladi.

Download 26.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling