Mavzu: Moliyaviy hisobotning elementlari


Download 1.53 Mb.
bet4/8
Sana24.04.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1395195
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Moliyaviy hisobotning elementlari

Majburiyatlar

  • Majburiyatning asosiy tavsifi bo‘lib xo‘jalik yurituvchi subyekt boshqa yuridik va jismoniy shaxslar oldida joriy mas’uliyatli ekanligi hisoblanadi.
  • Majburiyatlar ustavning yoki shartnomaning talablari natijasi sifatida kuchga kirishi mumkin. Masalan, olingan tovar-moddiy zaxiralar va xizmatlar uchun to‘lanadigan summalar. Majburiyatlar odatiy tadbirkorlik ishi jarayonida, yaxshi munosabatlarni saqlab turish yoki xolisona tarzda ish ko‘rishda ham yuzaga keladi. Masalan, agar xo‘jalik yurituvchi subyekt kafolat muddati tugaganidan so‘ng o‘z mahsulotidagi kamchiliklarni tuzatish to‘g‘risida qaror qabul qilsa, shu bo‘yicha qilingan xarajatlar ham majburiyatlar deb hisoblanadi.
  • Hozirgi majburiyat bilan kelgusi majburiyat o‘rtasida chegara bo‘lishi kerak. Xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarining kelgusida aktivlarni sotib olish haqida qabul qilgan qarori majburiyat paydo bo‘lishiga sabab bo‘lmaydi. Majburiyat odatda aktiv olinganda yoki xo‘jalik yurituvchi subyekt aktivni sotib olish to‘g‘risida bitimga kirishgandagina paydo bo‘ladi.
  • Tegishli majburiyatni bajarish odatda boshqa tarafning e’tirozlarini qanoatlantirish uchun iqtisodiy foydani ifodalovchi xo‘jalik yurituvchi subyekt resurslarini o‘ziga jalb etadi. Majburiyatlarning bajarilishi har xil usullarda (qonunchilik hujjatlarida ko‘zda tutilgan hollardan tashqari) amalga oshiriladi:
  • (48-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
  • 1. Haq to‘lash bilan;

    2. Boshqa aktivlarni berish bilan;

    3. Xizmatlarni ko‘rsatish bilan;

    4. Ushbu majburiyatni boshqasi bilan almashtirish orqali;

    5. Majburiyatlarni aksiyalarga almashtirish orqali.

  • Majburiyat, kreditor o‘z huquqlaridan bosh tortgan hollarda yoki kreditor ana shu huquqlaridan mahrum bo‘lganida, bajarilgan deb hisoblanishi mumkin.
  • Majburiyatlar avvalgi bitimlar yoki o‘tgan hodisalarning natijasi hisoblanadi. Masalan, tovar-moddiy zaxiralarni xarid qilish va xizmatlarni olish bilan to‘lanishi kerak bo‘lgan (agar ular ilgari yoki yetkazib berilganda to‘lanmagan bo‘lsa) schyotlar ham olinadi.

Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling