Mavzu: Moliyaviy hisobotning tuzilishi
Download 396.5 Kb.
|
Mundarija kirish 3 Buxgalteriya balansi to‘g‘risidagi hisobot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa
- Foydalanilgan adabiyotlar
Total assets = 493900
Total Liabilities = 493900 Xalqaro hisobotlar Moliyaviy natija to’g’risidagi xisobot
Buxgalteriya balansi(balance sheet)
Pul oqimi to’g’risidagi hisobot
XulosaMoliyaviy hisobotlar kompaniya faoliyatidagi muhim ahamiyat kasb etadi.So’ngi yillarda moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlarga moslashtirish bo’yicha ko’plab ishlar olib borildi.Bu ishlarning barchasi kompaniyalarga xorijlik investorlarni jalb etish va fond bozorinirivojlantirishga qaratilgan.Xususan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7-oktabr kuni fond bozorini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Qimmatli qog‘ozlar bozori iqtisodiyotdagi bo‘sh pul mablag‘larini jamlash va uni investitsiya jarayonlariga yo‘naltirishning muhim vositasidir. Bu boradagi islohotlarning dastlabki bosqichi sifatida joriy yil boshida Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tuzildi. Davlat obligatsiyalari fond bozoriga qayta chiqarildi. Lekin qimmatli qog‘ozlar chiqarib, ularni fond bozorida sotish mexanizmidan samarali foydalanilmayapti. Fond bozoridagi aksiyalarning jami qiymati 25 trillion so‘m bo‘lib, yalpi ichki mahsulotga nisbatan 6 foizga ham yetmaydi. Bu ko‘rsatkich Singapurda 188 foiz, Malayziyada 112 foiz, Rossiyada 34 foizni tashkil etadi. Mamlakatimizda joriy yilda chiqarilgan davlat obligatsiyalari valyuta birjasi orqali faqatgina tijorat banklariga sotilgan. Fond bozori professional ishtirokchilari soni yuztagayam bormaydi. Shu bois 2020-2025-yillarda fond bozorini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish rejalashtirilgan.. Davlatimiz rahbari qonun hujjatlarini qayta ko‘rib chiqib, ortiqcha cheklovlarni bekor qilish va fond bozorida ishlashni soddalashtirish zarurligini ta’kidladi. Bugungi kunda 605 ta aksiyadorlik jamiyati aksiyalarining 85 foizi davlatga tegishli. Shundan 105 ta jamiyatning atigi 5 foiz aksiyalari fond bozorida ishtirok etmoqda.Har bir davlatning rivojlanganlik darajasi uning kapital bozori rivojlanganligi bilan belgilanadi..Kapital bozorning rivojlantirishda birinchi navbatda xalqaro moliyaviy hisobot standartlarini O’zbekistonda joriy qilish kerak deb o’ylayman.Bugungi kundagi hisobotlar faqat soliq uchun xizmat qiladi.Hisobotlar soliq uchun emas investor uchun xizmat qilish kerak.Investor hisobotni o’qib turib kompaniya qancha soliq to’lashi kerakligini emas kompaniyada qanday moliyaviy jarayonlar yuz berayotganini bilishi kerak. Foydalanilgan adabiyotlar:Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. O’zbekiston Respublikasining 2017-2022 yil uchun rivojlanish strategiyasi. Lex.ux Spot.uz . Vahobov A., Ibragimov A., Ishonqulov N. Moliyaviy va boshqaruv tahlili. T.: «Sharq» NMAK, 2005-y. O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standartlari. O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti 21-son BHMS. Ochilov I. Moliyaviy hisob. T.: – «Moliya» 2008-y Tfi.uz Download 396.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling