Mavzu: moliyaviy inqirozlarning kredit


Jahon moliyaviy- iqtisodiy inqirozi yuzaga kelishining asosiy sabablari


Download 100.23 Kb.
bet2/5
Sana23.04.2023
Hajmi100.23 Kb.
#1389071
1   2   3   4   5
Bog'liq
2023 kurs ishi

1.Jahon moliyaviy- iqtisodiy inqirozi yuzaga kelishining asosiy sabablari

Jahon bankining ma’lumotlariga ko‘ra, jahon iqtisodiyoti oxirgi 50 yilda to‘rt marotaba tashqi qarz to‘lqinini boshidan kechirdi. Shundan, dastlabki uchtasi inqirozlar bilan yakunlandi. Ularning oxirgisi sifatida 2010 yildan buyon rivojlanayotgan mamlakatlarda qarz to‘lqini ­o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga chiqdi. 2018 yilda jami qarz 54 foiz punktga oshib, YaIMga nisbatan 170 foizni tashkil etdi. Joriy past foizli stavkalar yuqori qarz muammolarini bartaraf etishda asosiy vosita bo‘lishi mumkin. Hozirgi kunga qadar iqtisodiy inqirozlar turli moliyaviy instirumentlarning nobarqarorligidan kelib chiqqan bo‘lsa, joriy davrdagi inqirozni yuzaga kelishi tamomila o‘zgacha tus olganligi bilan farqlanadi. 2020 yilda qarz inqirozidan o‘zgacha tusga ega bo‘lgan, boshlanishidan iqtisodiy xususiyat kasb etmagan inqiroz omili – bu pandemiya ekanligini kuzatishga to‘g‘ri kelmoqda. Natijada, iqtisodiy qulashlarning yuz berishi bo‘yicha ayrim signallar vujudga kelmoqda. Bulardan asosiysi “iqtisodiy ta’til”larning yuz berishidir. Boshqacha aytganda, yalpi iste’molning tushib ketishi va yalpi taklifning to‘xtalishi bilan bevosita bog‘liqdir. Mazkur iqtisodiy inqirozning eng asosiy belgisi sifatida – iqtisodiy harakatsizlikni keltirish mumkin. Bu sharoitda, davlatlarning eng asosiy vazifasi ­-­ minimal iqtisodiy harakatni ta’minlab turishdan iborat bo‘lishi lozim.


2020 yil fevralidan boshlab ayrim Xitoy kompaniyalari “Koronavirus obligatsiyalari”ni emissiya qilishni boshlashdi. Shenzhen Airlines aviakompaniyasi 600 mln. yuan miqdoridagi obligatsiyalarni muomalaga chiqardi. Jalb etilgan mablag‘lar asosan bekor qilingan parvozlar uchun biletlarning qiymatini yo‘lovchilarga qaytarib berish va oziq-ovqatlarni transportirovka qilish uchun moliyalashtirish tadbirlariga yo‘naltirilishini ma’lum qilindi.
Shunga o‘xshash holatlarni tahlil etsak, fevral oyidan buyon 25 ta Xitoy kompaniyasi 24 mlrd. yuan (3,4 mlrd. AQSh dollari) miqdorida korporativ obligatsiyalar hisobidan qarz mablag‘larini jalb etdi.
Jahon bozorida esa, yirik iqtisodiyotga ega mamlakatlar o‘rtasida milliy valyutalari vositasida o‘zaro iqtisodiy musobaqalar boshlanib ketdi. Ba’zi ekspertlarning xulosalari AQSh dollarining xalqaro valyuta bozoridagi o‘rni yuanning qadri oshishi ortidan xavf ostida qolishini aks ettirmoqda. Masalan, 2020 yil Rossiya moliya vazirligi “Milliy barqarorlik fondi”ning kapitali tarkibiga yuanni ham joylashtirishni boshlashini e’lon qildi. Hozir kunda ushbu fondning asosiy qismini AQSh dollari va yevro tashkil etadi. 2020 yil 1 mart holatiga YaIMning 7,3 foizini tashkil qiladigan fond valyuta tarkibini yanada diversifikatsiya qilish sanksiyalar va geosiyosiy vaziyatda iqtisodiyotni inqirozli holatlardan himoya qilishda muhim chora bo‘lishi ta’kidlanmoqda. Jumladan, yuanning ulushini 15-20 foiz, dollarning ulushini esa 20-25 foiz atrofida bo‘lishiga erishish nazarda tutilmoqda. Bu kabi salbiy oqibatlarni iqtisodiyotimiz tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish maqsadida Davlatimiz rahbari va Hukumatimiz tomonidan tezkor chora-tadbirlar ishlab chiqilib, hayotga tadbiq etildi. Bu borada, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 19 martdagi “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 5969-sonli Farmonining qabul qilinishi ayni muhim tadbir bo‘ldi. Ushbu hujjatga ko‘ra, makroiqtisodiy muvozonatni barqarorlashtirishga qaratilgan qator chora-tadbirlar belgilab berildi. Natijada, belgilangan yo‘nalishlarda vazifalarni amalga oshirish quyidagi makroiqtisodiy muvozonat ko‘rsatkichlarini ta’minlashga poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Xususan, Inqirozga qarshi jamg‘armaning tuzilishi pandemiya oqibatlarini aniq moliyalashtirish manbasini belgilab berdi.Ushbu jamg‘armaning tuzilishi birinchi navbatda, pandemiya bilan kurashish xarajatlarini moliyalashtirishni o‘zida aks ettiradi. Kasallikni aniqlash, davolash kabi xarajatlar bilan birga tibbiyot xodimlariga moddiy rag‘batlantirishni o‘zida aks ettiruvchi xarajatlarni qoplash nazarda tutiladi.
Xalqaro valyuta jamg‘armasi 2008 yilda yuz bergan moliyaviy inqirozni zamonaviy tarixdagi eng yomoni deb hisoblaydi. Bu haqda XVJning rasmiy vakili Jyerri Rays jurnalistlar bilan brifingda aytib o‘tdi. Oxirgi 10 yil biz jahon moliyaiy inqirozi oqibatlarini his qilmoqdamiz. Bu inqiroz, ehtimol, zamonaviy tarixdagi eng yomoni bo‘lsa kerak”, deb aytgan Rays.
Raysning aytishicha, XVJ tashkilotga a'zo turli davlatlarga “moliyaviy inqirozdan tiklanib olish va barqarorlikni tiklash uchun ko‘mak sifatida 1,5 trln dollar taqdim qilgan. Uning ta'kidlashicha, bu yordamning ijobiy natijalarini bugundayoq jahon iqtisodiyotida ko‘rish mumkin. “Men buni XVJ muvaffaqiyati demayman, biroq XVJ buning bir qismi bo‘lgan”, deb ta'kidlab o‘tgan Rays.2008 yilda jahon moliyaviy inqirozi boshlangan. Uning boshlanishi bir qator omillar: iqtisodiy rivojlanishning umumiy davriyligi, ipoteka inqirozi va xom ashyo tovarlari, jumladan neftga katta narxlar bilan bog‘lanadi. 2008 yilda AQShning yirikligi bo‘yicha 4-raqamli investitsiyaviy banki Lehman Brothers kasodga uchragan. Bu bankrotlik AQSh tarixidagi eng yirigi bo‘lgan va Mintaqadagi ba‘zi davlatlarga global inqiroz anchayin katta ta‘sir yetkazdi, masalan, Qirg‘iziston va Tojikiston iqtisodiga. Lekin mintaqadagi davlatlar o‘sish sur‘atiga nazar tashlasangiz, birontasida ham Markaziy yo-da Sharqiy Ovro‘po davlatlarida bo‘lgani kabi salbiy ortga ketishni kuzatmaysiz, sustlashish bor, lekin ortga ketish yo‘q. Lekin aholi baribir buni o‘z cho‘ntaklarida sezmoqdalar. Inqiroz davrida ro‘y bergan narsa shu bo‘ldiki, xalqaro bozorlarda tovarlar narxi tushib ketdi. Ana shu holat Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodlariga ta‘sir ko‘rsatgan asosiy omil bo‘ldi, chunki ular alyuminiy, paxta, neft va gaz kabi mahsulotlarni ko‘plab eksport qiladilar. Buning oddiy aholiga ta‘siri qanday desangiz, ba‘zilar o‘z mamlakatlarida, ayrimlar esa Rossiya kabi davlatlarda muhojirlikdagi ishlarini yo‘qotdilar. Boshqa hollarda maoshlarning kamayishi yoki vaqtida berilmasligi kuzatildi. Umuman olganda xalqaro bozorlarda tovarlar narxi tushgan vaqti iqtisodda pul ham kamayadi. Pul kamaydi degani esa, foyda kamaygani, hukumat va shaxsiy shirkatlar tomonidan kamroq mablag‘ sarflanishini ham anglatadi. Hukumat sarf-xarajatlarni kamaytirsa, albatta, aholi buni to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zida his qiladi. Boshqa tomondan, inqirozning mintaqaga asosiy ta‘sirlaridan yana biri bilvosita, ya‘ni, neft eksportchilari bo‘lgan Rossiya va Qozog‘iston orqali bo‘ldi. Chunki bu mamlakatlarda ishlaydigan mehnat muhojirlarining soni juda ko‘p. Ularning vatanlariga yuborayotgan mablag‘lari miqyosi ham tushib ketdi. Rossiya bilan savdo ko‘lami va Rossiyadan sarmoyalar yotqizilishida ham pastga tushish kuzatildi. Markaziy Osiyo aholisi inqiroz ta‘sirini asosan ana shu yo‘llar orqali o‘zlarida his qildilar.fond birjalarida narxlarning keskin pasayib ketishiga olib kelgan. nqiroz — taraqqiyotda orqaga ketish, tanazzul. Har qanday ob'yekt o'zining rivojlanishi mobaynida paydo bo'lish, ulg'ayish, pasayish va halok bo'lish bosqichlaridan o'tadi. Har qanday tizim (ob'yekt)ning nisbatan yuqori darajada shakllangan holatidan quyi darajadagi holatga o'tish jarayoni inqiroz davri deyiladi. Ijtimoiy tizimlardagi inqirozlarga differensial yondashish kerak. Iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ma'naviy sohalardagi inqirozlar, odatda, mustaqil ro'y beradi, ba'zan esa hammasi kompleks tarzda baravar bo'ladi.
Jahon bankining ma'lumotlariga ko'ra, jahon iqtisodiyoti oxirgi 50 yilda to'rt marotaba tashqi qarz to'lqinini boshidan kechirdi. Shundan, dastlabki uchtasi inqirozlar bilan yakunlandi. Ularning oxirgisi sifatida 2010 yildan buyon rivojlanayotgan mamlakatlarda qarz to'lqini -o'zining eng yuqori cho'qqisiga chiqdi. 2018 yilda jami qarz 54 foiz punktga oshdi. Joriy past foizli stavkalar yuqori qarz muammolarini bartaraf etishda asosiy vosita bo'lishi mumkin . Hozirgi kunga qadar iqtisodiy inqirozlar turli moliyaviy instirumentlarning nobarqarorligidan kelib chiqqan bo'lsa, joriy davrdagi inqirozni yuzaga kelishi tamomila o'zgacha tus olganligi bilan farqlanadi. Hozir iqtisodiy inqirozlarning kelib chiqish sabablarini o'rganar ekanmiz, 2008-yilgi jahon iqtisodiy inqiroziga to'xtalamiz.
Butun bir rivojlangan davlatlar iqtisodiyotiga o'zining ta'sirini ko'rsatkan 2008- yilgi inqiroz Amerika Qo'shma Shtatlarida ipotekali kreditlash tizimida ro'y bergan tanglik holatidan boshlandi. So'ngra bu jarayonning miqyosi kengayib, yirik banklar va moliyaviy tuzilmalarning likvidlik, ya'ni to'lov qobiliyati zaiflashib, moliyaviy inqirozga aylanib ketdi. Dunyoning yetakchi fond bozorlarida eng yirik kompaniyalar indekslari va aksiyalarning bozor qiymati halokatli darajada tushib ketishiga olib keldi. Bularning barchasi, o'z navbatida, ko'plab mamlakatlarda ishlab chiqarish va iqtisodiy o'sish sur'atlarining keskin pasayib ketishi bilan bog'liq ishsizlik va boshqa salbiy oqibatlarni keltirib chiqardi. Hozirgi vaqtda bir qator yetakchi tahlil va ekspertlik markazlari global moliyaviy inqiroz holatini va uning yuz berishi mumkin bo'lgan oqibatlariga doir materiallarni o'rganish va umumlashtirish natijasida quyidagi xulosalarga kelmoqda.
Birinchidan, moliya-bank tizimidagi inqiroz jarayonlari deyarli butun dunyoni qamrab olayotgani, retsessiya va iqtisodiy pasayishning muqarrarligi, investitsiyaviy faollik ko'lamining cheklanishi, talab va xalqaro savdo hajmining kamayishi, shuningdek, jahonning ko'plab mamlakatlariga ta'sir ko'rsatadigan jiddiy ijtimoiy talafotlar sodir bo'lishi mumkinligi o'z tasdig'ini topmoqda.
Ikkinchidan, avj olib borayotgan global moliyaviy inqiroz jahon moliya-bank tizimida jiddiy nuqsonlar mavjudligi va ushbu tizimni tubdan isloh qilish zarurligini ko'rsatdi. Ayni vaqtda bu inqiroz asosan o'z korporativ manfaatlarini ko'zlab ish yuritib kelgan, kredit va qimmatbaho qog'ozlar bozorlarida turli spekulyativ amaliyotlarga berilib ketgan banklar faoliyati ustidan yetarli darajada nazorat yo'qligini ham tasdiqladi.
Uchinchidan, moliyaviy-iqtisodiy inqirozning har qaysi davlatdagi miqyosi, ko'lami va oqibatlari qanday bo'lishi ko'p jihatdan bir qancha omillardan kelib chiqadi. Ya'ni, bu avvalo, ana shu davlatning moliya-valyuta tizimi nechog'liq mustahkam ekaniga, milliy kredit institutlarining qay darajada kapitallashuvi va likvidligi (to' lov imkoniga), ularning chet el va korporativ bank tuzilmalariga qanchalik qaram ekaniga, shuningdek, oltin-valyuta zaxirasining hajmi, xorijiy kreditlarni qaytarish qobiliyati va pirovard natijada — mamlakat iqtisodiyotining barqarorlik, diversifikatsiya va raqobatga bardoshlik darajasiga bog'liq. To'rtinchidan, jahon moliyaviy inqirozidan imkon qadar tez chiqish, uning oqibatlarini yengillashtirish ko'p jihatdan har qaysi davlat doirasida va umuman, dunyo hamjamiyati miqyosida qabul qilinayotgan chora-tadbirlarning qanchalik samaradorligiga, ularning bir-biri bilan uyg'unligiga bog'liq.
2008 yil noyabr oyida Vashingtonda, jahon yalpi mahsulotining 85 foizini ishlab chiqaradigan 20 ta yirik davlat ishtirokida bo'lib o'tgan sammit global moliyaviy inqirozning ko'lami tobora kengayib borayotganini tasdiqladi. Jahon moliyaviy inqirozining har bir mamlakatga ta'siri, undan ko'riladigan zararning darajasi va ko'lami birinchi navbatda shu davlatning moliyaviy-iqtisodiy va bank tizimlarining nechog'liq barqaror va ishonchli ekaniga, ularning himoya mexanizmlari qanchalik kuchli ekaniga bog'liq. Iqtisodiy inqirozning kelib chiqish mohiyati har qanday mamlakat, shu jumladan industrial rivojlanmagan mamlakatlar ham iqtisodiy o'sishga, hamda to'liq bandlilik va narxlarning barqaror darajasiga erishishga harakat qiladi, ammo uzoq muddatli iqtisodiy o'sish bir tekis va uzluksiz bormaydi, u iqtisodiy barqarorlik davrlari bilan uzulib turadi. Iqtisodiy o'sish ketidan doimo inqiroz kelib turadi. Vaqti-vaqti bilan iqtisodiy qonunlarning o'zgartirib bo'lmaydigan ta'siri ostida takror ishlab chiqarish harakatida uzilishlar paydo bo'ladi va bu uzilish iqtisodiy nomutonosibliklarning keskin shaklida nomayon bo'lishidir. Iqtisodiy sikl deganda, odatda ishlab chiqarishning bir iqtisodiy holatidan, yoki bir inqirozdan ikkinchisi boshlanguncha qadar takrorlanib turadigan to'lqinsimon harakati tushiniladi. Inqiroz ishlab chiqarishning pasayishida ifodalanadi va siklning qayd etuvchi ifodasidir. U bir siklni nihoyasiga yetkazib, yana muqarrar ravishda inqiroz bilan tugaydigan yangisining boshlanishiga asos soladi, inqiroz vaziyatda asosiy kapitalning ortiqcha jamg'arilishi uning hamma funksional shakillarida nomoyon bo'ladi. Inqirozdan keyin turg'unlik keladi, uning davomida iqtisodiy faol lik jonlanishi uchun sharoit vujudga kelishi nihoyasiga yetadi. Jonlanish fazosining boshlanishi ozmi-ko'pmi darajada barqaror ishlab chiqarishning kengayishiga o'tishni bildiradi. Bu bilan yangi inqiroz muqarrar bo'lib qoladi. Inqiroz fazasida ishlab chiqarish va bandlik qisqaradi, ammo narxlar pasayish tamoiliga berilmaydi. Inqirozning qo'yi nuqtasida ishlab chiqarish va bandlilik o'zining eng past darajasiga erishishi bilan harakterlanadi. Iqtisodiy inqiroz deb ishlab chiqarish hajmining keskin tushib ketishiga aytiladi. Inqirozning asosiy sababi takror ishlab chiqarishdagi beqarorlik va nomutanosibliklardir. Bu avvalo ishlab chiqarish uning natijalarini o'zlashtirish o'rtasidagi nomutanosiblik bo'lib, u turli ishlab chiqarish usullari va iqtisodiy tizimning har xil nusxalarida turli shakillarda nomayon bo'ladi. Ishlab chiqarish bilan iste'mol talab va taklif o'rtasidagi vaqti-vaqti bilan yuzaga kelib turadigan .

Download 100.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling