Hayot faoliyati xavfsizligining xuquqiy


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/9
Sana03.11.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1742385
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-mavzu



1-MAVZU:
HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGINING XUQUQIY 
ASOSLARI, MAZMUNI. 
 
REJA : 
1. Hayot faoliyati xavfsizligi haqida tushunchasi vatarkibiy qismlari va 
ularning tekshirish ob’ektlari
.
2. Ishlab chiqarishda faoliyat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qabul 
qilingan asosiy qonunlar, standartlar, nizomlar, qoidalar va me’yoriy hujjatlar 
tizimi.
Tayanch so`zlar: mehnat muhofazasi, kasb kasalligi, ish o`rni, atestatsiya, 
ekspertiza, xodimning xuquq, majburiyat, qonunlar, standartlar, nizomlar, qoidalar 
xavf, sabab, faoliyat, inson, jamiyat, Hayot faoliyati xavfsizligi, xavfsizlik, 
tavakkalchilik, 
xavf, 
klassifikatsiya, 
Xavfning 
taksonomiyasi, 
Xavfning 
taksonomiyasi, Xavfning taksonomiyasi, 
Tavakkalchilikni boshqarish  
Hayot faoliyati xavfsizligi haqida tushuncha
 
Mehnat muhofazasi”, “Atrof muhit muhofazasi”, “Fuqaro muhofazasi” 
fanlari – “Hayotiy faoliyat xavfsizligi” kursi tashkil topishida zamin sifatida. 
1990 yilning bahorida Rossiyaning hozirgi Sankt-Peterburg shahrida 
Butunittifoq seminar – kengash bo‘lib o‘tdi. Seminar – kengashda mamlakatdagi 
240 ta oliy maktabning “Mehnat muhofazasi” kafedralari mudirlari va inson 
faoliyati xavfsizligi bo‘yicha mutaxassislar kengashining yuqoridagi shahar byurosi 
qatnashdi. Seminar – kengashda xalq xo‘jaligidagi mehnat muhofazasi 
muammolari, 
jarohatlanish 
darajasining 
yuqorilik 
sabablari, 
kadrlarni 
tayyorlashdagi kamchiliklar va boshqa muammolar ko‘rib chiqildi. Oxir-oqibat,
seminar – kengashda mamlakatdagi mehnat muhofazasining holati, uni tashkil qilish 
prinsiplari sodir bo‘layotgan falokatlar, avariyalar va favqulodda holatlarning oldini 
olishga qodir emas deb topildi. 
Xuddi shunday salbiy xulosa “Grajdanlar mudofaasi” fani va strukturaviy 
tuzilmalar to‘g‘risida ham chiqarilgan. Bunga sabab, 1980 yillar o‘rtalarida sodir 
bo‘lgan tabiiy falokatlar (1988 yildagi Armanistondagi zilzila), texnosferadagi 
avariyalarda (Chernobil atom elektr stansiyasining 4-blokidagi portlash, suv va 
temir yo‘l transportidagi avariyalar) yuqoridagi strukturalarning o‘ta samarasiz 
harakatlari va boshqalar sababchi bo‘lgan. 
Ishlab chiqarishdagi, transportdagi, sanoatdagi, qishloq xo‘jaligidagi va 
turmushdagi baxtsiz hodisalar va falokatlar, jarohatlanishlar, odamlarning halok 
bo‘lish holatlari yildan-yilga oshib borgan. Ishlab chiqarishda har yili o‘rtacha 700 
ming baxtsiz hodisa sodir bo‘lib, shunda o‘rtacha 14 ming ishchi halok bo‘lgan. 
Bunday holatga kelishining asosiy sabablari juda ko‘p, lekin asosiylari sifatida 
quyidagilar ko‘rsatilgan: 

ishlab chiqarishda va hayotda inson xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ta’lim 
va tarbiya ishlarining butunlay tashlab qo‘yilgani; 

kadrlar malakasining oshirilmasligi; 



“Mehnat muhofazasi” fanini o‘qitishni o‘rta, o‘rta-maxsus va oliy 
maktablarda qisqartirish yoki butunlay olib tashlash; 

ishlab chiqarilayotgan va amalda qo‘llanilayotgan texnikaning xavfsizlik 
talablariga javob bermasligi (faqat 10 foiz texnika javob beradi) va h.k. 
Tabiiy va boshqa turdagi falokatlar, ofatlar va avariyalar soni butun yer yuzida 
ko‘payib bormoqda, u 1990 yilda 1960 yilga nisbatan ikki marta oshgan. Jahonda 
sodir bo‘lgan umumiy falokatlarning 55...60 foizi keyingi 15...20 yil ichida yuz 
berganligi aniqlangan. Buning ustiga ularning vayronalik keltiruvchi kuchi ham 
oshib og‘ir oqibatlarga olib kelgan. Masalan, “Katrina” to‘fonining AQSh 
territoriyasiga yetkazgan zarari, Hind
okeani va janubiy-sharqiy Osiyoda sodir bo‘lgan zilzila va sunami oqibati bunga 
misol bo‘ladi. 
Butun dunyo sog‘liqni saqlash jamiyatining (VOZ) ma’lumoti bo‘yicha 
dunyoda 1909 yildan 1974 yilgacha asab kasalligi bilan kasallanish 24 marta 
ko‘paygan. 
Dunyoda 500 millionga yaqin nogiron bo‘lib, ularning har 1/5 baxtsiz hodisa 
natijasida sodir bo‘lgan. 
Hozirgi kunda dunyo xamjamiyati oldida turgan muxim masalalardan biri 
turli miqyosda inson xavfsizligi, xususan uning bir elementi bo‘lmish Hayot faoliyati 
xavfsizligini ta’minlashdir. 
Hayot faoliyati xavfsizligini turli yo‘nalishdagi olimlar o‘z qarashlari va 
mutaxassisliklari doirasida turlicha taxlil qilmoqdalar. Jumladan, g‘arb 
tadqiqotchilari davlat ekologik xavfsizligi (Gleick,1994), qishloq xo‘jalik xavfsizligi 
(Holst,1989), erlardan foydalanish va ekologik xavfsizlik (Homer-Dixon et al.,1993), 
tabiatni muxofaza qilish xavfsizligi (Mische,1998), suv xavfsizligi (Rosegrant and 
Ringler,1997), resurslar xavfsizligi (Soffer,2000) va shu kabi yo‘nalishlarda ilmiy 
izlanishlar olib borganlar. Rus olimlari ekologik xavfsizlik va ekologik salomatlik 
(Mamin, 2003), tabiatni muxofaza qilish va ekologik xavfsizlik (Danilov-
Danilyan,1997), inson hayot faoliyati xavfsizligi (Krivoshein va b., 2000), 
avtotransportda xavfsizlik (Mishin,1997), xavfsizlikni boshqarish mexanizmi va 
modellari (Burkov, G Rakianskiy va b., 2001), shaxarlarda xavfsizlik (Gorbatovskiy, 
G.Rыbalskiy, 1996) va shu kabi yo‘nalishlarda ilmiy tadqiqotlar olib borganlar. 
Respublikamizda chuqur iqtisodiy o`zgarish bo`layotgan bir davrda, kadrlar 
tayyorlashning milliy dasturi kuchga kirishi, yuqoridagi fikrni amalga oshirishning 
dastlabki bosqichi bo`lib xizmat qiladi. Ko`p bosqichli ta'lim tizimiga binoan 
oliygohlarda tayyorlanadigan bakalavrlar uchun o`quv rejasiga «Hayotiy faoliyat 
xavfsizligi» 
fanining 
kiritilishi 
bo`lg`usi 
mutaxassislarning 
bilimini 
chuqurlashtirilishiga yordam berishi so`zsizdir. 
Hayot faoliyat xavfsizligi (HFX) fanining diqqat markaziga qo`yilgan maqsad 
bu insonning jamiyat taraqqiyotidagi rolidir. 
Hayot faoliyat xavfsizligi
-bu har 
qanday sharoitdagi inson faoliyatidir. Insonning hamma faol harakati (mehnat 
jarayonida, dam olishda, uyda hamda sportda) uning faoliyatini tashkil qiladi. 
Hayot foaliyati xavfsizligi faning diqqat markazida bu insonning jamiyat 
tarraqqiyotidagi roli. Hayot foaliyati xavfsizligi fani o‘z tarkibiga inson faoliyatining 


atrof-muhit bilan aloqasi, mehnat faoliyatidagi xavfsizligi va favqulodda 
vaziyatlardagi xavfsizligi bo‘limlarni qamrab olganndir. 
Hayot foaliyati xavfsizligi prinsip va usullar asosida: baxtsiz hodisalar, 
qurbonlar va ular natijasida kelib chiqadigan zararlarni kamaytirish masalalarni 
keng miqyosida qo‘yadigan va hal qiladigan fandir. 
Hayot faoliyati xavfsizligi bu har qanday ko‘rnishdagi faoliyatga qo‘lanishi 
mumkin bo‘lgan xavfsizligning nazariy aossidir. 
Hayot foaliyati xavfsizligi fanida mehnat muhofazasi masalalarini hal etishning 
uslublari, uskunalari va dastgohlarning xavfsizlik texnikasi, elektr xavfsizligi, 
mehnat gigienasi va sanoat sanitariyasi asoslari haqida ma’lumot berilgan. Yonish, 
o‘tga chidamlik, yonuvchanli va yong‘in o‘chirish masalalari yoritiladi.
Hayot foaliyati xavfsizligi kursi mutaxassilarni Mehnat muhofazasini ilmiy 
asoslariga doir bilimlar bilan qurollanish va ularga ishlab chiqarishdagi mehnat 
sharoiti hamda Mehnat muhofazasini yaxshilash muamolarini ijobiy hal etishga 
qiziqish uyg‘otishga mo‘ljalangan. Maskur fan “Ergonomika”, “Muxandislik 

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling