Маркетинг


Download 0.97 Mb.
bet1/70
Sana23.11.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1796272
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70
Bog'liq
Маркетинг амалий




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGI


ANDIJON QISHLOQ XO‘JALIGI VA AGROTEXNOLOGIYALAR INSTITUTI


AGROBIZNES VA MARKETING KAFEDRASI

MARKETING”


FANI BO’YICHA
o’ q u v - u s l u b i y m a j m u a

Bilim sohasi:

400 000 – Biznes,boshqaruv va huquq



Ta’lim sohasi:

410 000 – Biznes va boshqaruv

Ta’lim yo‘nalishi:



60412400 - Agrobiznes va investitsion faoliyat



Andijon 2023
Maskur o’quv-uslubiy majmua O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi O‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi vazmirligining 2023 yil ___ _________dagi ____-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan o’quv dasturi asosida tayyorlandi

Tuzuvchilar:



Q.No’monov



AQXAI, “Agrobiznes va marketing” kafedrasi dotsenti


D.Sultonova



AQXAI, “Agrobiznes va marketing” kafedrasi assistenti



Taqrizchilar:
U.Madraximov – Andijon mashinasozlik instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori, i.f.d.
B.Nosirov – “Iqtisodoyoti” kafedrasi dotsenti, i.f.n.

TAVSIYA ETILGAN”


Marketing” fanidan o’quv-uslubiy majmua “Agrobiznes va marketing” kafedrasida muhokama qilingan va tavsiya etilgan

Kafedra majlisining 2023 yil ___ _____________dagi 1-sonli bayonnomasi

Kafedra mudiri: G.Karimova

AMALIY MASHG’ULOT MATERIALLARI
1-amaliy mashg’ulot: Marketing va uni rivojlanish bosqichlari
(2 soat).
1. Darsning maqsadi: Marketing tushunchasi va uning moxiyati, marketigni vujudga kelishi, marketingning asosiy rivojlanish bosqichlari, xorijiy mamlakatlarda marketing rivojlanish tarixi, hozirgi davrda marketing holati
2. Darsning rejasi:


  1. Marketing tizimi haqida tushuncha.

  2. Marketigni vujudga kelishi, marketingning asosiy rivojlanish bosqichlari.

  3. Xorijiy mamlakatlarda marketing rivojlanish tarixi.

Marketing ehtiyoj va muxtojlikni ayriboshlash orqali qondirishga karatilgan inson faoliyatining turidir. Marketing vujudga kelishining asosiy sabablaridan biri - bu ishlab chiqarish xajmining ortib borishi, yangi tarmoklarning vujudga kelishi, tovar turining ko’payishi va tadbirkorlar urtasida maxsulotni sotish muammosining vujudga kelishidir.


Muxtojlik – kishini biron bir narsani yetishmasligini xis etishidir.
Ehtiyoj – indevid shaxsning madaniy darajasiga asosan maxsus shaklga muxtojlikdir.
Talab – bu xarid quvvatiga ega bo’lgan ehtiyoj.
Talab – mavjud, potentsial hamda xoxish talabga bo’linadi.
Tovar – bu ehtiyojni yoki muxtojlikni qondira oladigan hamda bozorga e’tiborni tortish, sotib olish, ishlatish yoki iste’mol qilish maqsadida taklif etilgan barcha narsalardir.
Marketing asosida bozorni xar taraflama o’rganish yunalishlarining asosiylaridan quyidagilarni kursatib utish mumkin:

  1. talabni o’rganish;

  2. bozor tarkibini aniqlash;

  3. tovarni o’rganish;

  4. raqobat sharoitlarini tadkik qilish;

  5. sotish shakli va uslublarini taxlil etish.

1908 yili tijorat marketing tashkiloti ilk bor tashkil topdi. 1926 yilda AKSHda marketing va reklama milliy uyushmasi tashkil topdi, keyinchalik uning negizida Amerika Marketing jamiyati barpo etildi, bu jamiyat 1973 yili Amerika Marketing uyushmasi nomini oldi. Bir oz keyinrok bunday uyushma va tashkilotlar Garbiy yevropa mamlakatlari va Yaponiyada xam paydo buldi.
50-yillarda boshqarish kontseptsiyasining ilk asosini sotish xajmi, ishlab chiqarish va muomala xarajatlari darajasi, daromad, foyda va boshqa kursatgichlarni uzok muddatli uzgarishlarini aniqlash taxlil kilindi. SHunga ko’ra bozordagi ish faoliyatini bir yildan besh yilgacha moslashtirish ko’zda tutilgan.
60-yillarga kelib bozordagi uzgarishlarga qarab strategik rejalashtirishni amalga oshirish masalasi ilgari surildi va xal kilindi.
70-yillarga kelib, marketingning shunday konseptsiyasi ishlab chiqildiki, u iktisodiy j9atdan rivojlangan mamlakatlar xayotiga mustakil kirib bordi.
Marketing uz rivojida bir kadar evolyutsiya tarakkiyot bosqichini kechdi. Bu evolyutsiya bir-biri bilan izchil tarzda almashadigan uch yirik davrni uziga kamraydi: birinchi davr - marketing kotseptsiyasi “ishlab chiqaroish kontseptsiyasi” - “maxsulot ustunligi” tarzida belgilanadi, bunda eng muxim masala yaxshi tovar ishlab chiqarish va uni xaridorga arzon narxlarda sotish deb xisoblanadi. Kontseptsiya shiori - “imkoni boricha ko’prok tovar ishlab chiqar, chunki bozor talabi cheksiz”;
ikkinchi davr “sotish kontseptsiyasi” nomini oldi. Bunda firmaning maxsulotini “mana tovar tayyor, kelavering va savdolashing” shiori bilan sotishni muljallash birinchi uringa chiqadi.
Marketingni ishlab chiqarishni boshqarish va bozor yunalishidagi savdo sotikning yagona bir tizimi sifatida ikki j9atdan qarab chikish zarur. Birinchisi - boshqaruv marketingi korxonani boshqarishdagi muayyan tafakkur tarzidan iborat.Ikkinchi jihat - marketing bozorida bevosita olib boriladigan faoliyat deb qaraladi. Agar marketing ishlab chiqarishni boshqarish tizimi sifatida “korxonaning tafakkur tarzi” xisoblansa, bozordagi bevosita faoliyatdan iborat bulgan marketing korxonaning “xarakat tarzini” shakllantiradi, marketingning turli usul va vositalaridan tashkil topadi va jamlanib, marketing-“miks”ni vujudga keltiradi. Uning asosida “5r” formulasi turadi: 1 - narx (prise); 2 - maxsulot (produst); 3 - urin-joy (plase); 4 - siljitish (promotion, 5-inson (people).
3. Darsning ta’minoti:
Adabiyotlar ro’yxatida ko’rsatilgan adabiyotlar asosida.
4. Darsning borishi: Talabalar bilan salomlashish, davomatni aniqlash, o’tilgan darsni takrorlash, uy vazifalarni tekshirish, talabalarning bilimini baholash va yangi amaliy mashg’ulot darsini tushuntirish, berilgan topshiriqlarni birgalikda bajarish hamda uyga qo’shimcha topshiriqlar berish.
5. Talabalarning mustaqil ishlashi uchun topshiriqlar.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling