Hayot faoliyati xavfsizligining xuquqiy
Ish o‘rinlarining mehnat sharoitlari bo‘yicha attestatsiyasi
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish
Ish o‘rinlarining mehnat sharoitlari bo‘yicha attestatsiyasi
Ish o‘rinlarining mehnat sharoitlari bo‘yicha attestatsiyasi mehnat sharoitlarining, ish o‘rinlaridagi mehnat jarayoni og‘irligi va tig‘izligining hamda ularning jarohatlanish jihatidan xavfliligining mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va normativ- huquqiy hujjatlar talablariga muvofiqligini baholash, zararli ishlab chiqarish omilini va (yoki) xavfli ishlab chiqarish omilini aniqlash maqsadida o‘tkaziladigan tadbirlar majmuidir. Ish o‘rinlarining mehnat sharoitlari bo‘yicha attestatsiyasidan quyidagilar o‘tkazilishi kerak: mehnat sharoitlari bo‘yicha xodimlarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda imtiyozlar va kompensatsiyalar nazarda tutilgan ish o‘rinlari; nogironlar band bo‘lgan ish o‘rinlari; imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va ko‘rsatkichlar ro‘yxatlarida ko‘rsatilgan ish o‘rinlari; xavfli ishlab chiqarish ob’ektlaridagi ish o‘rinlari. Qonun hujjatlarida, shuningdek jamoa shartnomalari va kelishuvlarida boshqa ish o‘rinlarining ham mehnat sharoitlari bo‘yicha attestatsiyadan o‘tkazilishi nazarda tutilishi mumkin. Ish o‘rinlarining mehnat sharoitlari bo‘yicha attestatsiyasi belgilangan tartibda ish beruvchining o‘zi tomonidan o‘tkaziladi. Ish o‘rinlarining mehnat sharoitlari bo‘yicha attestatsiyasini o‘tkazish davriyligi qonun hujjatlarida belgilanadi, biroq besh yilda kamida bir marta o‘tkaziladi. Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassislarning tayyorlanishi belgilangan tartibda ta’minlanadi. Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari iqtisodiyotning turli tarmoqlaridagi ishlab chiqarish hamda ijtimoiy soha xususiyatlari hisobga olingan holda talabalar va o‘quvchilar tomonidan mehnatni muhofaza qilish kursi majburiy o‘rganilishini tashkil etishi kerak. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda ish beruvchilar mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassislar qayta tayyorlanishini va ularning malakasi oshirilishini ta’minlaydi. Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling