Mavzu: Moliyaviy investitsiyalar auditi Reja


Download 40.68 Kb.
bet1/8
Sana17.06.2023
Hajmi40.68 Kb.
#1535634
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
111Moliyaviy investitsiyalar auditi

Mavzu: Moliyaviy investitsiyalar auditi

Reja:


Kirish
1. Moliyaviy investitsiyalar auditining xususiyatlari, maqsadi, vazifalari va ma'lumot manbalari
2. Moliyaviy investitsiyalarni inventarizatsiyadan o`tkazish tartibi
3. Ativlarini moliyaviy investitsiyalar tarkibiga kiritilishini to`g`riligini tekshirish
4. Moliyaviy investitsiyalar harakati bilan bog`liq muomalalarni hujjatlarda rasmiylashtirilishini tekshirish
5. Moliyaviy investitsiyalar bo`yicha moliyaviy natijalarni tekshirish..
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida respublikamiz iqtisodiyotida ijobiy o‘zgarishlar yuz bermoqda, yangi tarmoqlar bunyod etilmoqda, xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar soni oshib bormoqda. Iqtisodiy o‘sishga katta miqdorida investitsiyalar ajratilmoqda. Respublikamiz iqtisodiyotiga safarbar etilgan yirik miqyosdagi investitsiyalar import o‘rnini bosuvchi ishlab chiqarishning barpo qilinishi va yangi mahsulot turlarining o‘zlashtirilishi bilan bog‘liq bo‘lib kelmoqda.
Bunday o‘zgartirishlar jahon xo‘jaligiga kirib borish, mamlakat iqtisodiyotining barqaror o‘sishiga erishish imkoniyatlarini yaratadi.
Investitsiyalashning ustuvor yo‘nalishlarini aniq belgilash, ilmiy asoslangan investitsiya qarorlarini qabul qilish investitsiya faoliyatini oqilona tartibga solish asosida ichki va tashqi moliyaviy manbalarning barcha shart-sharoitlarini hisobga olgan holda investitsiyalarni jalb qilish milliy iqtisodiyotning kelajagini belgilaydi. Mamlakatimiz investitsiya faoliyatida, ayniqsa, xorijiy investitsiyalar ishtiroki kuchayib bormoqda.
Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov bevosita xorijiy investitsiyalar to‘g‘risida fikr bildirib, «Bir oddiy haqiqatni yaxshi tushunib olish kerakki, O‘zbekistonga kiritilayotgan investitsiyalar, ayniqsa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri kelayotgan sarmoyalar oqimi har bir kishi, umuman jamiyat hayoti uchun suv va havodek zarur»1, – deb baholaydi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib iqtisodiyot uchun investitsiyalarning muhim ahamiyat kasb etishi, korxonalarda investitsiyalar hisobi va auditi masalalariga alohida e’tibor berish ustuvor vazifaga aylanadi. Shu nuqrai-nazardan ushbu kurs ishining mavzusi “Moliyaviy investitsiyalarning auditi” deb nomlandi va mavzuning dolzarbligi quyidagilarda namoyon bo’ladi.
O’zbekiston davlat mustaqilligiga erishgan dastlabki yillardan boshlab milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning o’ziga xos yo’nalishlari belgilab olindi.
Bugungi kunda rivojlangan ivestitsion faoliyatning yo’lga qo’yilishi hukumatimiz olib borayotgan oqilona investitsiya siyosatining natijalaridan biri ekanligini yurtboshimiz ta’kindlab o’tganlaridek: “Iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan qayta qurish, eksport imkoniyatini kengaytirish sohasida belgilangan yo’nalishlar kuchli investitsiya siyosatini o’tkazish bilangina ro’yobga chiqadi!”
Investitsiyalarning iqtisodiy mazmun-mohiyatini ochib berishda ko’plab iqtisodchi olimlar o’rtasida xilma-xil fikrlar mavjud. Jumladan, investitsiyalarning iqtisodiy mazmun-mohiyatini moliyaviy kategoriya sifatida talqin etgan prof. D.G’. G’ozibekov ularga quyidagicha ta’rif bergan: “Investitsiyalarning mazmuni aniq va ishonchli manbalardan mablag’lar olish, ularni asosli holda safarbar etish, risklar darajasini hisobga olgan holda capital qiymatini saqlash va ko’zlangan samarani olishdan iborat bo’ladi” Prof. N.H. Haydarovning fikricha: “Investitsiya –bu mulk shaklidan qat’iy nazar, tadbirkorlik asosida faoliyat ko’rsatayotgan jismoniy va yuridik shaxslar yoki davlatning iqtisodiy va ijtimoiy samara olish maqsadida o’z boyliklarini qonun doirasida bo’lgan har qanday tadbirkorlik faoliyatiga sarflashidir!” O’zbekiston Respublikasining 1998-yil 24-dekabrdagi “Investitsiya faoliyati to’g’risida”gi (qayta tahrir qilingan) qonuniga ko’ra “Investitsiya –iqtisodiy va boshqa faoliyat obyektlariga kiritilgan moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda ularga doir huquqdir” sifatida ta’riflangan.

Download 40.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling