Mavzu: Moliyaviy investitsiyalar auditi Reja
Moliyaviy investitsiyalar auditining xususiyatlari, maqsadi, vazifalari va ma'lumot manbalari
Download 40.68 Kb.
|
111Moliyaviy investitsiyalar auditi
1. Moliyaviy investitsiyalar auditining xususiyatlari, maqsadi, vazifalari va ma'lumot manbalari
Subyektlar dividendlar yoki foizlar ko`rinishida qo`shimcha daromad olish maqsadida, o`zlarini erkin mablag`larini moliyaviy qo`yilmalar sifatida boshqa subyektlarga berishlari mumkin, boshqacha qilib aytganda – moliyaviy investitsiya hisoblanadi. Auditorlik tekshiruvi jarayonida subyekt tomonidan uzoq va qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalarni iqtisodiy samaradorligiga katta e'tibor qaratish lozim. Hozirgi rivojlanayotgan bozor sharoitida ushbu masala nazariy jihatdan ishlab chiqilmagan, biroq, amaliyotda uning ba'zi bir jihatlari sekin-asta o`z ifodasini topmoqda, chunonchi, boshqa subyektlar ustav kapitaliga investitsiyalar kiritish, subyektlardan qimmatli qog`ozlarni sotib olish, ularga qarz berish va investor-subyektlar bergan qarzlari bo`yicha foizlar va kiritgan investitsiyalari bo`yicha dividendlar ko`rinishida daromad olishlari haqiqiy ifodasini topdi. Investitsiyalar samaradorligi masalasini ko`rib chiqishni, boshqa subyektlar ustav kapitaliga aniq investitsiyalar kiritish, subyektlardan qimmatli qog`ozlarni sotib olish va ularga qarz berishni amalga oshirishga doir subyekt qaroriga ta'sir qiluvchi mezonlarni o`rganishdan boshlash maqsadga muvofiqdir. Bizning fikrimizcha, bunday qaror qabul qilinishiga ta'sir etuvchi asosiy holat, birinchidan, ustav kapitaliga kiritiladigan investitsiya subyekt zarar ko`rmasligiga va inqirozga uchramasligiga; ikkinchidan, boshqa subyektlar faoliyatiga yoki qimmatli qog`ozlar va qarz shaklida mablag` qo`ya turib, subyekt o`sha mablag`ni o`z ehtiyojlariga yo`naltirganda olinadigan iqtisodiy samaradorlikdan katta bo`lgan summani dividend va foizlar shaklida olishiga ishonch hosil qilishi lozim. Bu holat, zarar keltiradigan ishlab chiqarishga mablag` qo`ymaslik va qo`yilgan uzoq va qisqa muddatli investitsiyalarni yo`qotmaslik yoki ushbu qo`yilmalardan tegishli iqtisodiy samara olish uchun investitsiya kiritilayotgan subyektning moliyaviy– xojalik faoliyati va moliyaviy ahvoli yaxshi o`rganilishi kerakligini keltirib chiqaradi. Moliyaviy investitsiyalar bilan bog`liq muomalalarni auditida uchraydigan asosiy atamalarni «qimmatli qog`ozlar va fond birjalari to`g`risida» gi O`zbekiston Respublikasi qonuniga asoslanib aniqlab olamiz. Aksiya – amal qilish vaqti belgilanmagan qimmatli qog`oz bo`lib, yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan ma'lum ulushni aksioner jamiyatini nizom jamg`armasiga kiritilishini, uning egasini mazkur jamiyatga egalik qilishda qatnashishini va dividend olish, shuningdek jamiyatni boshqarish huquqiga ega bo`lishini tasdiqlaydi. Daromad olish ketma-ketligi bo`yicha aksiyalar oddiy va imtiyozlilarga bo`linadi. Oddiy aksiyalarga subyektning bir yillik faoliyati natijasi bo`yicha dividend to`lash mo`ljallanadi. Ular boshqarishga ta'sir ko`rsatish huquqi bo`yicha farqlanadi: ovoz berish huquqiga ega bo`lmagan va bir yoki bir nechta ovozga ega bo`lgan aksiyalar. Imtiyozli aktsiya ovoz berish huquqiga ega emas, lekin doimo dividendlar bilan ta'minlanadi va subyekt bekor qilinganda birinchi navbatda qoplanadi. Qimmatli qog`ozlar bozorida qo`llanilish turi bo`yicha nomli va taqdim etiluvchi aksiyalar farqlanadi. Obligatsiya – bu uning egasi ma'lum miqdorda pul to`laganini va unda belgilangan muddatda nominal qiymatini va aniq belgilangan foizini so`ndirish bo`yicha majburiyatlar ko`rsatilgan qimmatli qog`oz (agarda chiqarish shartlarida boshqa narsa ko`zda tutilmagan bo`lsa). Obligatsiyalarni subyektlarning nizom jamg`armasini shakllantirish va to`ldirish uchun, shuningdek xojalik faoliyati bilan bog`liq zararni qoplash uchun chiqarish mumkin emas. Aksionerlik jamiyatlari hamma chiqarilgan aksiyalarni to`liq to`langanidan keyingina nizom sarmoyasi hajmining 20 %dan oshmagan miqdorda obligatsiyalar chiqarish huquqiga ega. Boshqa mulkchilik shakliga ega bo`lgan subyektlarga obligatsiyalar chiqarish summasining miqdori respublika fond bozorini tartibga soluvchi organ tomonidan belgilanadi. G`azna majburiyatlari – taqdim etiladigan qimmatli qog`ozlar bo`lib, ularning egalari budjetga pul mablag`lari o`tkazganini va bu qimmatli qog`ozlarga egalik qilish muddati davomida aniq belgilangan daromad olish huquqini beruvchi ko`rsatuvchi egalik qiladigan davlat qimmatli qog`ozlaridir. G`azna majburiyatlari quyidagi turlarda chiqariladi: uzoq muddatli – 5 yil va undan uzoq bo`lgan muddatga, o`rta muddatli – 1 yildan 5 yilgacha, qisqa muddatli 1 yilgacha bo`lgan muddatga. Uzoq va o`rta muddatli g`azna majburiyatlarini chiqarish bo`yicha qaror O`zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi. Qisqa muddatli g`azna majburiyatlarini chiqarish bo`yicha qarorni O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qabul qiladi. G`azna majburiyatlarini chiqarish to`g`risidagi qarorda daromad to`lash va majburiyatlarni bajarish shartlari belgilanadi. Depozit sertifikati pul mablag`lari omonatga qo`yilganligi to`g`risida, omonatchiga belgilangan muddat tugaganidan keyin depozit summasi va unga tegishli foizlarni olish huquqini beruvchi kredit muassasasining guvohnomasidir. O`zbekistonda sertifikatlar ikki turda chiqariladi: depozit sertifikatlari (yuridik shaxslar uchun, 1 yilgacha muddatga); depozit (jamg`arma) sertifikatlari (jismoniy shaxslar uchun, 3 yilgacha muddatga). Veksel deb shunday qimmatli qog`ozga aytiladiki, unda veksel chiqaruvchi yoki vekselda ko`rsatilgan to`lovchini belgilangan muddat kelganda belgilangan mablag`ni veksel egasiga so`zsiz to`lanish majburiyatini tasdiqlovchi qimmatli qog`ozdir. Hosila qimmatli qog`ozlar – bu shartnomalar bo`lib, ular bo`yicha bir tomon qimmatli qog`ozlarning ma'lum bir miqdorini ma'lum muddatda kelishilgan narxda sotib olish yoki sotish huquqi yoxud majburiyatini oladi. Hosila qimmatli qog`ozlar opsion, fyuchers va boshqa moliyaviy instrument ko`rinishida bo`lishi mumkin. Optsion – shunday shartnomaki, uning egasiga qimmatli qog`ozlar yoki tovarlarni shartnomada kelishilgan narxda kelishilgan muddatda haridqilish huquqini beradi. Fyuchers – kelajakda, kelishilgan aniq vaqtda shartnomada belgilangan narxda ma'lum bir qimmatli qog`ozlar yoki boshqa moliya instrumentlari yoki tovarlarni so`zsiz sotib olish yoki sotish majburiyatini belgilovchi qimmatli qog`oz (kontrakt). Qimmatli qog`ozlar emissiyasi - qimmatli qog`ozlarni birinchi egalari (investorlari), yuridik yoki jismoniy shaxslarga sotish orqali muomalaga chiqarish. Emissiya quyidagi holatlarda amalga oshiriladi: aksionerlik jamiyati ta'sis etilib uning aksiyalari ta'sischilar orasida joylashtirilganda; aksionerlik jamiyati aksiyalar chiqarish yo`li bilan boshlang`ich nizom kapitali (jamg`armasi) miqdori oshirilganda; obligatsiya va boshqa qarz majburiyatlarini chiqarish orqali yuridik shaxslar, davlat, davlat hokimiyati va boshqarish organlari tomonidan qarz kapitali jalb qilinganida; o`zaro respublika miqyosida subyektlarning qarz majburiyatlarini to`lash (so`ndirish) jarayoni amalga oshirilganda. Har bir yuqorida sanab o`tilgan holda vakolatli davlat organi emissiyaning minimal va maksimal o`lchamini belgilaydi. Moliyaviy investitsiyalarga oid auditorlik tekshiruvining asosiy maqsadi, muomalalarning qonuniy amalga oshirilganligi, to`g`ri baholanganligi va buxgalteriya hisobida to`g`ri yuritilayotganligini tasdiqlashdan iborat. «Moliyaviy investitsiyalarni auditorlik tekshiruvini o`tkazishda birinchi navbatda auditning maqsadi va vazifalarini belgilash zarur. Auditning maqsadi – xojalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy hisobot ma'lumotlari ishonchliligini hamda moliyaviy investitsiyalarni hisobga olish usullari va soliq solish muomalalari bo`yicha hisobi me'yoriy-huquqiy hujjatlarga muvofiqligini aniqlashdan iborat. Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi auditning vazifalarini belgilandi: Subyekt aktivlarini moliyaviy investitsiyalar tarkibiga kiritilganligi to`g`riligini tekshirish. Hisobda moliyaviy investitsiyalarni tegishli belgilari bo`yicha ularni turkumlanishini chegaralash to`g`riligini tekshirish. Moliyaviy investitsiyalarni hisobga olishda ularni qiymati to`g`ri shakllanganligini tekshirish. Moliyaviy investitsiyalar bilan bog`liq muomalalar hisobini to`g`riligini tekshirish. Moliyaviy investitsiyalar sintetik va analitik hisobi holatini baholash. Moliyaviy investitsiyalarni inventarizatsiyadan o`tkazish tartibi va ularni natijalarini hisobda to`g`ri aks ettirilganligini tekshirish. Moliyaviy investitsiyalar bilan bog`liq muomalalar bo`yicha soliq qonunchiligiga rioya etilayotganligini tekshirish. Auditorning oldida turgan maqsad va vazifalardan kelib chiqib, auditning obyektlarini belgilab olamiz, 1-jadval»1: Download 40.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling