Mavzu: Moliyaviy natijalar to`g`risidagi hisobot tavsifi, uning qo`llanilishi va kamchiliklari Reja Kirish I bob. Moliyaviy nаtijаlаr to`G`risidаgi hisobotning o`rni, аhаmiyati vа tartibga soluvchi me’yoriy huquqiy hujjatlar


Download 78.4 Kb.
bet1/10
Sana18.06.2023
Hajmi78.4 Kb.
#1590844
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
MNTH kurs ishi


Mavzu: Moliyaviy natijalar to`g`risidagi hisobot tavsifi, uning qo`llanilishi va kamchiliklari
Reja
Kirish
I BOB. MOLIYAVIY NАTIJАLАR TO`G`RISIDАGI HISOBOTNING O`RNI, АHАMIYATI VА TARTIBGA SOLUVCHI ME’YORIY HUQUQIY HUJJATLAR.
1.1 Moliyaviy hisobotlar tizimi va unda moliyaviy natijalar to`g`risidagi hisobotning o`rni va ahamiyati.
1.2 Moliyaviy natijalar to`g`risidagi hisobotni tuzish bo`yicha me’yoriy huquqiy hujjatlar.
II BOB. MOLIYAVIY NАTIJАLАR TO`G`RISIDАGI HISOBOTNI TUZISH АSOSLАRI.
2.1. Moliyaviy natijalar to`g`risidagi hisobotning milliy va xalqaro standartlarda yoritilishi.
2.2. Moliyaviy natijalar to`g`risidagi hisobotni tuzishning xalqaro amaliyotdagi usullari.
2.3. Moliyaviy natijalar to`g`risidagi hisobot mazmuni va uni tuzish yuzasidan muammolar hamda ularning yechimi.
Xulosa va takliflar
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
Foydalanilgan internet saytlari
Kirish
Maqsadi. Hozirgi paytda ko`pgina korxona(tashkilot, firma, kompaniya)lar moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlariga (MHXS) o`tmoqda. MHXSga asosan buxgalteriya hisobotlarni tayyorlashni o`zlariga joiz deb bilmoqda va bunday korxonalar soni kundan-kunga ko`paymoqda. O`zbekistonning jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvi hisob siyosatida ham muhim o`zgarishlarni amalga oshirishni talab qiladi. Shu jihatdan, milliy standartlarning tuzilishini alohida qayd etish lozim. Hozirgi kunga qadar buxgalteriya hisobining 20 dan ortiq milliy standartlari qabul qilingan va amal qilib kelinmoqda. Moliyaviy holat va undagi o`zgarishlarni baholashda bu tartib albatta juda ko`p noaniqliklarga javob topish imkonini beradi. Jumladan, aktivlarni, daromad va xarajatlarni tan olish, mulkni haqiqiy qiymatini aniqlash va odilona baholash, aktivlarni likvidligi bo`yicha tarkiblash va ularni moliyaviy hisobotlarda aks ettirish tartiblaridagi umumiy yondashuvlarga amal etishning tartiblarini belgilab beradi. Lekin shu bilan birgalikda buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotlarni tuzishda xorij amaliyotida qo`llaniladigan standartlarda (MHXS) umumiy talablarning sezilarli farqli jihatlarini ko`rish mumkin. Bu ham albatta moliyaviy holat tahlili va uning mazmuniga sezilarli ta’sir etadi.
Dolzarbligi. Bugungi kunda Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari (MHXS) bo`yicha dastlabki hisobotlarni tayyorlash muammolari dolzarbligini va ahamiyati yaqqol ko`zga tashlanmoqda. Moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlari (MHXS) bo`yicha dastlabki hisobotni tayyorlash albatta qiyin vazifa hisoblanadi va katta resurslarni talab etadi. Birinchi dasturning asosiy muammolari haqida kompaniyalarning xabardorligi bunday qiyinchiliklarga oldindan tayyorgarlik ko`rish va moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlari (MHXS) bo`yicha dastlabki hisobotlarni tayyorlash xarajatlarini kamaytirish imkonini beradi. Bunday holatlarda, moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlari (MHXS)ni birinchi marta qo`llayotgan korxona rahbariyatiga dastlabki moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlari (MHXS) bayonotlarini tayyorlashdan avval uning shaffofligi uchun guruhning mavjud tashkiliy tuzilishini o`rganish tavsiya etiladi. moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlari (MHXS)ni birinchi marta qo`llayotgan korxona ushbu tuzilmani moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlari (MHXS) hisobotlari foydalanuvchilariga, shu jumladan tashqi foydalanuvchilarga oshkor qilishga tayyor bo`lishi kerak.



Download 78.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling