Mavzu: Moliyaviy rejalashtirish va moliyaviy bashoratlash. Moliyaviy bashoratlash ta’rifi. Reja


Download 47.31 Kb.
bet2/2
Sana09.11.2023
Hajmi47.31 Kb.
#1759554
1   2
Xulosa
Aksincha, dunyoning rivojlanayotgan mamlakatlari va bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlar uchun esa kelajak boshqacharoqdir. Bu mamlakatlarda bozor tuzilmalari va institutlarining rivojlanishi va mustahkamlanishi bilan parallel ravishda davlatning moliyaviy tartibga solishi ham ortib (kuchayib) borishi kerak va ularda tegishli iqtisodiy “chegara”ga (kritik nuqtaga) yetgunga qadar hali ancha bor.
Turli sotsial-iqtisodiy jarayonlarda moliyaning rolini (moliyaviy tartibga solishning rolini) to‘liq idrok etish uchun tizimning shakllantiruvchi asoslarini – davlat xarajatlari va davlat daromadlarini - hamda ular har birining rolini atroflicha tahlil qilib chiqmoq lozim. Dastlab, davlat xarajatlarining tavsifiga murojaat qilish kerak. Chunki aynan davlat xarajatlari davlat moliyasining ijtimoiy mo‘ljallanganligi nimadan iborat ekanligini aniq ko‘rsatadi. Shunga mos ravishda, aynan davlat xarajatlarining tarkibi, tarkibiy tuzilmasi va hajmi moliya tizimi faoliyatining natijalarini o‘zida aks ettiradi va bu tizim ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonida o‘zining funksiyalarini bajarayaptimi yoki yo‘qmi, degan savolning javobini oldinroq aniqlashga imkon beradi.
Takror ishlab chiqarish jarayonida davlat moliyasining rolini aniqlab olish uchun ularni bir necha belgilar bo‘yicha klassifikatsiya qilish mumkin.
Agar davlat xarajatlariga tovarlar yoki mehnatda ifodalangan xizmatlar qarama-qarshi turadigan bo‘lsa, u holda davlat pul mablag‘lari oqimlarining boshqa ne’matlarga o‘ziga xos tarzda transformatsiyalashuvi sodir bo‘ladi va shu munosabat bilan bunday xarajatlarni transformatsion xarajatlarga kiritish mumkin. Ularning orasidan quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
• davlat iste’moli (davlat sektori ishchilarining ish haqi, joriy ehtiyojlarni qoplash uchun davlat tomonidan sotib olingan tovarlar uchun to‘lovlar, ishlab chiqarishni dotatsiyalashtirish; davlat qarziga xizmat ko‘rsatish, budjetlararo subsidiyalar va shu yerda ko‘rsatilgan maqsadlar uchun foydalaniladigan ssudalar);
• davlat investitsiyalari (davlat korxonalari va tashkilotlarining asosiy kapitali va aylanma fondlarining o‘sgan qismiga quyilmalar, davlat zaxiralari va rezerlarini yaratish, uzoq muddatli budjet kreditlari).
Shunday qilib, iqtisodiyot resurslarining cheklanganligi sharoitida transformatsion xarajatlar nodavlat sektorida tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarishning hajmini bevosita o‘zgartiradiki, bulardan boshqa bir vaziyatlarda jamiyat foydalanadi va bir vaqtning o‘zida jami taklifning tarkibiy tuzilmasiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. https://fayllar.org/1-moliyaviy-rejalashtirish-va-bashoratlash-moliyaviy-rejalasht.html

  2. https://azkurs.org/5-mavzu-moliyaviy-rejalashtirish-va-tartibga-solish-reja-moliy.html

  3. https://hozir.org/moliya-fanidan-joriy-nazorat-savollariga-javoblar.html?page=7

Download 47.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling