Mavzu: moliyaviy risklarni baholash va ularni eng samarali yo’llarini qidirish reja


Download 164.67 Kb.
bet1/8
Sana21.06.2023
Hajmi164.67 Kb.
#1645315
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mehrini moliyadan kurs ishi


MAVZU: MOLIYAVIY RISKLARNI BAHOLASH VA ULARNI ENG SAMARALI YO’LLARINI QIDIRISH


REJA:

  1. Moliyaviy risklarni iqtisodiy mohiyati va ahamiyati

  2. Moliyaviy risklarning tasniflanishi

  3. Iqtisodiyotning turli bo‘g‘inlarida risklar va risklarni boshqarish evolyutsiyasi

  4. Moliyaviy risklarni boshqarish jarayoni va belgilari

XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

Kirish
Xo’jalik subyektlari o’z faoliyati jarayonida amalga oshiradigan moliyaviy-xo’jalik munosabatlarida moliyaviy yo’qotishlar ehtimoli yuzaga keladi. Mazkur moliyaviy yo’qotishlar moliyaviy risklar sifatida tavsiflanadi. Xo’jalik subyektlari faoliyatining maqsadi, raqobatdoshlik sharoitida maksimal darajada foyda olishga qaratiladi. Har bir mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jihatdan rivojlanishida davlatning va xo’jalik boshqaruvi organlarining zarur moliyaviy resurslarga egalik qilishi muhim o’rin tutadi. davlat fuqarolariga zarur tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish iqtisodiyot va ijtimoiy tarmoqlarning samarali faoliyat yuritishi uchun me’yoriy va institutsional tuzil­ malarning qonuniy asoslarini yaratish va shu bilan o’z fuqarolarining yashashi va ishlashi uchun moddiy, amaliy, tashkiliy va boshqa shart-sharoitlarni yaratib berish vazifalarini bajaradi.
Insoniyatning yer yuzida paydo bo`lishi tarixiga nazar tashlansa, moliya sohasi odamlar o’rtasidagi boyliklarni natural tovar sifatida maqsadli va o’zaro manfaatli tarzda oddiy almashinuvi jarayonidan boshlangan. Hozirga kelib bozor alohida nazariyasiga va faoliyat mexanizmiga ega, yuqori darajada tartiblashgan murakkab infratuzilma shaklida namoyon bo’luvchi dinamik muhitga aylangan bo’lib, zamonaviy iqtisodiyot rivojini ob’ektiv belgilaydi. Bozorning dinamik muhit ekanligi unda tovarlar hajmi va ularning bahosi vaqt birligi ichida talab va taklif asosida uzluksiz jarayon sifatida o’zgarib borib shakllanishi bilan belgilanadi.
O’zbekiston Respublikasida iqtisodiyotni erkinlashtirish va iqtisodiy islohatlarni chuqurlashtirishda davlat moliyasi va uning tarkibiy qismi bo`lgan moliyaviy risklari alohida o`rin egallaydi. Biz bilamizki, 2016-yilda davlat jami xarajatlarining asosiy qismi, ya`ni qariyb 59,0 foizi ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirishga qaratildi.
Shuningdek, muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev o’z nutqlarida - “Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va iqtisodiy o`sishning yuqori sur`atlarini saqlab qolish, jumladan, davlat budjeti barcha darajada mutanosib, milliy valyuta va ichki bozordagi narx darajasi barqaror bo`lishini ta`minlash – eng muhim ustuvor vazifamizdir” – deya alohida ta`kidlab o’tdilar. Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag`batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish maqsadida belgilangan vazifalardan
biri korporativ boshqaruvning zamonaviy standart va usullarini joriy etish, korxonalarni strategik boshqarishda aksiyadorlarning rolini kuchaytirish hisoblanadi. Ayniqsa, bugungi iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoiti davrida iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish quroli bo’lgan bozor asoslarining ahamiyati ortib bormoqda. Hozirda bozor operatsiyalarini amalga oshirish jarayonlarida turli risklarni hisobga olish, baholash va boshqarish muhim masalalardan hisoblanadi. Shuning uchun mavzuning o`rni oliy malakali kadrlarni tayyorlashda ahamiyatlidir. Ushbu mavzuni o’rganib chiqishdan maqsad – moliyaviy risklarni tahlil qilish, baholash va boshqarish bilan bog`liq zaruriy nazariy ko`nikma va malaka shakllantirish. Mening vazifam moliyaviy risklar, bozor risklarini baholash va boshqarish bilan bog`liq nazariy va amaliy bilimlarni o`rganishdan iborat.
Moliyaviy risklar nazariyasi fani moliya sohasida yuzaga keluvchi xavf-xatar va risklarni tasniflash sohasida kasbiy bilim beruvchi, bo’lg’usi moliyachilarni mazkur risklarni bartaraf etish chora-tadbirlarini amalga oshirishga yo’naltiruvchi, hamda risklarni baholash va boshqarishning asosiy qonunlarini o’rgatuvchi fandir. Ma’lumki, moliya sohasida risklarni minimallashtirishga risk strategiyasini ishlab chiqish orqali erishish mumkin. Moliyaviy risklarni boshqarish tizimi riskning yuzaga kelishini oldindan xom-cho’t qilish, risk tufayli yuzaga keladigan salbiy xolatlarga yo’l qo’ymaslik yoki ularning ta’sirini kamaytirish borasida chora-tadbirlar, usullar yig’indisini o’z ichiga oladi.
Moliyaviy risklarni boshqarish tizimining obyekti moliya sektori faoliyatida yuzaga keluvchi risklar bo’lsa, uning subyekti sifatida riskga o’z ta’sirini o’tkazuvchi guruh, moliya sohasi hodimi yoki menejeri hisoblanadi. Moliyaviy risklarni boshqarish strategiyasini ishlab chiqish uchun bank faoliyatini chuqur bilish, moliyaviy korxonalari bajaradigan operatsiyalarning samaradorligini aniqlay bilish, banklarning kredit, investitsiya, valyuta siyosati va boshqa faoliyatlari bo`yicha optimal qarorlar qabul qilishga erishish, mijozlarning xo`jalik faoliyati va ularning moliyaviy ahvoli, tarmoqlar faoliyatining xususiyatlari va boshqalarni bilish lozim. Moliyaviy risklarni boshqarish strategiyasi xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning barcha imkoniyatlaridan to`la foydalanish, korxonalarni rivojlantirish istiqbollarini belgilab berish va moliyaviy risklarni oldini olib banklar faoliyatining samaradorligini oshirishga imkon yaratadi.
Hozirgi paytda O`zbekistonda ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish jarayoni moliya-bank sektorini barqaror faoliyat yurituvchi tizimini yaratishni ko`zda tutadi. Chunki moliya-bank sektori bozor infratuzilmasining muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Ularning barqarorligi davlat ahamiyatiga egadir.
Markazlashgan iqtisodiyot sharoitida barcha xo’jalik subyektlari qat’iy yo’riqnomalar, buyruqlar, me’yoriy xujjatlar bo’yicha faoliyat olib borganligi uchun risk va uning darajasini o`ylashga to`g`ri kelmasdi. Oldindan qancha foyda olish yoki zarar ko`rish mumkinligi aniq bo`lar edi. Ko`rilgan zarar odatda, korxonaning yuqori tashkiloti yoki vazirlik tomonidan, ba`zi xollarda turli xil yo`qotishlar bilan birga budjet mablag`lari hisobidan qoplanardi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida faoliyat ko`rsatish korxonalardan faoliyatning yuqorida keltirilgan tamoyillarini o`zgartirishni talab qiladi. Zamonaviy moliya-bank tizimini risksiz tasavvur qilib bo`lmaydi. Moliya sohasini risksiz operatsiyasi yo`q, uning barcha operatsiyalari risk bilan bog`liq bo`lib, ularning darajasi operatsiya turiga qarab har xil bo`lishi mumkin. Moliya-bank amaliyotida riskni umuman yo`q qilish mumkin emasligi bois, uni oldindan ko`ra bilish, uni kamaytirish choralarini ko`rish lozim.
Moliyaviy risklar - moliya-bank sohasi faoliyatida yuzaga keluvchi risklar, ularning turlari, tahlili va ularni hisoblash yo`llari, tijorat banklari kredit siyosati va uning mezonlari, tijorat banklarining kreditlash jarayoni bilan bog`liq risklar, mijozning kreditga layoqatlilik ko`rsatkichlari va ularni takomillashtirish yo`llari, moliya sohasi korxonalari faoliyatida yuzaga keluvchi boshka risklar va ularni boshqarish masalalarini o`z ichiga olgan.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida risk bu – tadbirkorlik faoliyatiga ta`sir etuvchi eng asosiy elementlaridan biri hisoblanadi. Riskning o`ziga xos xususiyatlari bu - noaniqlik, kutilmagan xolat, ishonchsizlik va tahmin. Siyosiy va iqtisodiy nobarqarorlik sharoitida risk darajasi oshadi. Riskning ikkita funksiyasi bor: rag`batlantiruvchi va himoyalovchi.
Riskning rag`batlanturuvchi funksiyasining ikkita jihati bor, ya`ni konstruktiv va destruktiv. Konstruktiv jihati shunday bir holatda yuzaga keladiki, bunda risk iqtisodiy qarorlarni hal qilishda katalizator rolini o`ynaydi, ayniqsa innovatsion, investitsion qarorlarni qabul qilishda. Destruktiv ko`rinishi esa asoslanmagan risk bilan qabul qilingan va amalga oshirilgan qarorlar natijasida yuzaga keladi.
Riskning himoyalovchi funksiyasi ham ikki jihatga ega: tarixiy-genetik va ijtimoiy - huquqiy. Tarixiy-genetik jihati shundan iboratki, insonlar doimo stixiyali tarzda kutilmagan noxush voqealardan o`zlarini asrash shakllari va vositalarini izlaydilar. Amaliyotda bu sug`urtalangan rezerv fondlarini tashkil etish, tadbirkorlik risklarini sug`urtalash kabi ko`rinishlarda namoyon bo`ladi. Ijtimoiy-huquqiy jihati esa, xo`jalik, mehnat, jinoiy qonun hujjatlari to`plamida risk kategoriyalarini joriy qilishda namoyon bo`ladi. Bulardan tashqari riskning yana quyidagi xususiyatlari mavjud bo`lib, ular qarama- qarshilik, alternativlilik va noaniqliklardir.
Qarama-qarshiliklar quyidagilarda namoyon bo`ladilar: risk bir tomonlama muhim iqtisodiy, siyosiy va ma`naviy-ahloqiy natijalarga olib keladi, ya`ni ijtimoiy, texnik rivojlanishni tezlashtiradi, jamiyatning fikr va ma`naviy muhitiga ijobiy ta`sir qiladi. Ikkinchi tomonlama esa, aksincha ta`sir qilishi mumkin, ya`ni risk ijtimoiy-iqtisodiy va ma`naviy rivojlanishga to`sqinlik qilishi mumkin. Alternativlilik, bu bir yoki bir qancha ko`rinishdagi qarorlarni tezlik bilan tanlashda namoyon bo`ladi. Tanlash lozim bo`lmagan joyda riskli jarayonlar ham vujudga kelmaydi va risk bo`lmaydi. Noaniqlilik, bu albatta noaniq, ya`ni kutilmagan xolatlar bilan bog`liq. Uning yuzaga kelish va tus olish shakli noaniq bo`lib qolaveradi. A.Marshal, Dj.fon Neyman,
O.Morgenshtern, F.Naytlar riskga quyidagicha yondashganlar: “Risk va noaniqlilik kategoriyasi iqtisodiy munosabatlarda katta rol o`ynaydi. Xo`jalik faoliyatining ajralmas qismi bo`lgan noaniqlilik barcha murakkab va muxim iqtisodiy xodisalarning asosida yotadi. Noaniqlilik mohiyati riskda namoyon bo`ladi”.
O’tgan asrning 20-yillarida F.Nayt birinchilardan bo`lib daromad doim noaniqlilik bilan bog`liq degan fikrni olg`a suradi. P.Samuelson esa, quyidagilarni ta`kidlagan: “Noaniqlilik qarama-qarshiliklar natijasida kelib chiqadi, ya`ni insonlar nimalarni kutmoqdalar-u, nimalar sodir bo`lmoqda, buning natijasi esa foyda yoki zararda namoyon bo`ladi”. Samarali tashkil qilingan bozor iqtisodiyotida mahsulot ishlab chiqarish kam xarajat qilish bilan, uning taqsimoti esa bozor talabiga asosan amalga oshiriladi. Raqobat korxonalarning xarajatlarini iloji boricha minimum darajagacha kamaytirishga, tovarlar ishlab chiqarishni strategik rejalashtirishga va faqat bozor talabiga mos keluvchi tovarlar ishlab chiqarishga majbur qiladi.
Ma’lumki, faqat iqtisodiy erkinlik, mulkchilik xuquqi, raqobat va boshqa bozor atributlari mavjud bo`lgan xolda iqtisodiyot samarali bo`lishi mumkin. Bozorning eng muhim atributlaridan biri - bu iqtisodiy erkinlik hisoblanadi. Bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiy erkinlik asosida faoliyat ko`rsatish makro, mezo va mikro darajada turli xil risklarga bog`liq bo`ladi. Agar O`zbekistonda davlat taktikasini shartli ravishda:
• davlat boshqaruvi bilan bozor mexanizmining samarali bog`lanishi bo`yicha;
• ichki ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni saqlab qolgan holda raqobatbardosh soxalarni rivojlantirish, tadbirkorlik yo`lini tanlash;
• aholi daromadlarini adolatli taqsimlash yo`nalishini bosh yo`nalish deb tanlash kabilar bo`yicha o`tkazilishini inobatga oladigan bo`lsak, shu ochiq maqsadli siyosat modelida ham bir necha guruh risklar - ijtimoiy-siyosiy, fiskal-monetar va iqtisodiy risklarning bo`lishi muqarrar.
Risk tadbirkorlik faoliyatining eng asosiy elementlaridan biri hisoblanib, u keng ma`noga ega bo`lgan ko`p qirrali tushuncha. Shuning uchun bank faoliyatining samaradorligiga erishish, uning moliyaviy barqarorligini ta`minlash uchun iqtisodiyotdagi mavjud risklar, ularning bank faoliyatiga ta`sir qilish tomonlarini chuqur o`rganib chiqish zarur.
Iqtisodiyotning tabaqalashgan darajasida risklarni quyidagicha ta`riflash mumkin:



Download 164.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling