Tayyorladi: Mannobov Alijon Reja: - 1. Moliyaviy tahlil tushunchasi.
- 2. Moliyaviy tahlil turlari va shakllari.
- 3. Moliyaviy tahlil maqsadi va vazifalari.
1. Moliyaviy tahlil tushunchasi
Moliyaviy tahlil
- - bu korxonalar, loyihalar, byudjetlar va boshqa moliya bilan bog'liq operatsiyalarni ularning faoliyati va yaroqliligini aniqlash uchun baholash jarayoni. Odatda, moliyaviy tahlil korxonaning barqaror, to'lovga qodirligi, likvidligi yoki pul mablag'larini jalb qilish uchun etarlicha rentabelligini tahlil qilish uchun ishlatiladi.
Korxonalar moliyaviy holatini tahlil qilish.
- -Turli xildagi ko’rsatkichlar yordamida, tahlilning turli usullaridan foydalanib xo’jalik yurituvchi subyektning moliyaviy resurslari mavjudligini, ularning holatini, harakatini joylashganligni va ulardan foydalanish darajasini o’rganishdir.
Tahlil jarayonida quyidagilarga quyidagilarga holisona baho beriladi.
To’lov qobilyati
Moliyaviy barqarorlik
Investitsion jozibadorlik
Liklvidlilik
Investitsion faollik
Korxona faoliyati samaradorligi.
Kengaytma tushunchalar: - Likvidlilik — aktivlarning bozor narxiga yaqin boʻlgan narxda tezlik bilan sotilish qobiliyati. Aktivlar yuqori likvidli, past likvidli va likvidsiz turlarga boʻlinadi. Mazkur kategoriya orqali korxona bozorning qaysi segmentini egallaganligi hamda ungsa turdosh korxonalar bozordagi pozitsiyasini ham tahlil qilishimiz mumkin.
- Investitsion jozibadorlik: bu tushuncha kompaniya qanchalik tashqi investitsiyani o’ziga jalb qila olish darajasini ifodalaydi. Tahlil davomida tushuncha moliyaviy qo’llab-quvvatlash sifatida gavdalanadi.
- Moliyaviy tahlil iqtisodiy tendentsiyalarni baholash, moliyaviy siyosatni belgilash, biznes faoliyati uchun uzoq muddatli rejalarni tuzish va investitsiya kiritish uchun loyihalar yoki kompaniyalarni aniqlash uchun ishlatiladi. Bu moliyaviy raqamlar va ma'lumotlarni sintez qilish orqali amalga oshiriladi. Moliyaviy tahlilchi kompaniyaning moliyaviy hisobotlarini - daromadlar to'g'risida hisobot, buxgalteriya balansi va pul oqimi to'g'risidagi hisobotni batafsil o'rganib chiqadi. Moliyaviy tahlil korporativ moliya sharoitida ham, investitsiyalarni moliyalashtirish sharoitida ham o'tkazilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |