Мавзу: Moliyaviy va Investitsion tahlil Илмий раҳбар: Юсупов а бажарди: Эсонов С. А. Тошкент – 2023 Moliyaviy va Investitsion tahlil. Reja
Moliyaviy hisobot tuzish va uni tashkil etish
Download 54.04 Kb.
|
Moliyaviy tahlil” fanidan mustaqil ishi
Moliyaviy hisobot tuzish va uni tashkil etish
Moliyaviy hisobotlarni o’z vaqtida tuzishni ta’minlash uchun buxgalteriyaning barcha bo’limlari ishlarini bajarish muddatlarini ko’rsatib yig’ma ish grafigi tuziladi. Buxgalteriya hisobi qo’lda yuritilsa, grafik bilan belgilangan muddatlarda jurnal - orderlarning jami chiqariladi, zarur bo’lsa bir registrdagi summa boshqa registrlarga o’tkaziladi va har bir schyotning oboroti muqobil tekshiriladi. Jurnal - order shaklida hisob yuritilganda oy oxiriga qolgan summalarini o’tkazish va hisob registrlarini yakunlash bo’yicha hisob ishlarining ketma - ketligi quyidagicha: ma’lumotnoma - varaqalaridan debet va kredit oborotlari jurnal - orderlar va qaydnomalarga o’tkaziladi, bunda rasshifrovka - varaqalari va jurnal orderlarda tegishli belgilar qo’yiladi; 5010- schyotining debeti bo’yicha 1- qaydnoma va 5110- schyotining debeti bo’yicha 2- qaydnomalarning yig’indisi 3, 10/1, 13- jurnal orderlariga o’tkaziladi; 7, 12, 14, 15, 16, 17 va boshqa qaydnomalarning analitik hisob yig’indisi hisoblab chiqariladi, shundan keyin jami ma’lumotlari tegishli jurnal - orderlarda aks ettiriladi; jurnal orderlarning kredit oborotlari jami hisoblab chiqiladi. Agar jurnal - orderlarda schyotlar bo’yicha analitik ma’lumotlar aks ettirilgan bo’lsa, ma’lumotlar jamlab chiqiladi va keyingi oy boshiga qoldiq aniqlanadi, bog’lanuvchi schyotlar bo’yicha aloqasi bor schyotlarning turli registrlari jami taqqoslanadi. Masalan, 1- jurnal - orderdagi 5010- schyotining jami 2- qaydnomadagi 5010- schyoti jami bilan taqqoslanadi. Bunday ko’rsatkichlarni taqqoslab tekshirish barcha jurnal - orderlar bo’yicha bajariladi. Bundan keyin ma’lumotlar jurnal - orderlardan bosh daftarga o’tkaziladi. Undan keyin har bir sintetik schyot bo’yicha debet oborotlari chiqarilib keyingi oyning 1- kuniga qoldig’i chiqariladi. Bosh daftarga ma’lumotlar faqat jurnal - orderlardan olib yoziladi. Jurnal - orderlar ma’lumotlari Bosh daftarga o’tkazilgandan so’ng jurnal - orderlarda quyidagicha izoh beriladi: «Oborotlar summasi Bosh daftarda aks ettirildi» va sanasi ham ijrochi va bosh buxgalterning imzolari qo’yiladi. Bosh daftarda schyotlarning qoldig’i chiqarilgandan so’ng ular analitik ma’lumotlar bilan tekshiriladi, jurnal - order shaklining registrlari ma’lumotlari bo’yicha balans va boshqa hisobot jadvallari tuziladi. Moliyaviy hisobotlarning to‘liq to‘plami quyidagilarni qamrab oladi: - davr oxiriga moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobot; - davr uchun foyda yoki zarar va boshqa umumlashgan daromad to‘g‘risidagi hisobot; - davr uchun kapitaldagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi hisobot; g) davr uchun pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot; - izohlar, ya’ni ahamiyatli hisob siyosatlarining va boshqa tushuntirish ma’lumotlarining qisqa bayonini qamrab olgan izohlar; - oldingi davr uchun qiyosiy ma’lumotlarni; - moliyaviy holat to‘g‘risidagi oldingi davrga tegishli (retrospektiv tahlil yuzasidan) ma’lumotlarni. Xo‘jalik yurituvchi subyekt moliyaviy hisobotlarining to‘liq to‘plamida barcha moliyaviy hisobotlarni teng darajada taqdim etishi lozim. Ko‘pgina xo‘jalik yurituvchi subyektlari, moliyaviy hisobotlardan tashqari, xo‘jalik yurituvchi subyektining rahbariyati tomonidan tayyorlangan‚ uning moliyaviy holati va moliyaviy natijalarining asosiy jihatlarini hamda u duch keladigan asosiy noaniqliklarni sharhlaydigan va tushuntiradigan moliyaviy tahlilni ham taqdim etadilar. Bunday hisobot quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin: - moliyaviy natijalarni shakllantirgan asosiy omillar va ta’sirlar, jumladan xo‘jalik yurituvchi subyekti faoliyat ko‘rsatadigan muhitdagi o‘zgarishlar, xo‘jalik yurituvchi subyektning ushbu o‘zgarishlarga javoban choralari va ularning ta’siri, hamda xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy natijalarni saqlab qolish va ko‘paytirishga qaratilgan investitsion siyosati, jumladan uning dividend siyosati; - xo‘jalik yurituvchi subyektning faoliyatini moliyalashtirish manbalari va u tomonidan ko‘zlangan majburiyatlarning kapitalga nisbati koeffitsiyenti; - xo‘jalik yurituvchi subyektining MHXSlarga muvofiq moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobotda tan olinmagan resurslari. Xo‘jalik yurituvchi subyektlari, moliyaviy hisobotlardan tashqari, ekologik hisobotlar va qo‘shilgan qiymat to‘g‘risidagi rasmiy axborotlar kabi hisobotlarni va rasmiy axborotlarni, xususan ekologik omillar ahamiyatli bo‘lgan sohalarda va qachonki, xodimlar ahamiyatli foydalanuvchilar guruhi sifatida inobatga olinganda, taqdim etadilar. Moliyaviy hisobotlar tahlilida o‘rganiladigan mavzularni quyidagicha tarkiblash mumkin: Moliyaviy hisobotlar tahlilining umumiy mavzulari: - Buxgalteriya balansi va moliyaviy holat tahlili; - Moliyaviy natijalar va rentabellik tahlili; - Pul oqimlari va valyuta mablag‘lari harakatini tahlili; - Xususiy kapital tahlili; - Moliyaviy hisobotlarni kompleks tahlili. Moliyaviy hisobotlarning birlik mavzulari: - Investitsion faoliyat va investitsion jozibadorlik tahlili - Bozor va ish aktivligi tahlili - Kreditga layoqatlilik tahlili - Iqtisodiy nochorlik tahlili - Moliyaviy indikatorlar tahlili - Risklar tahlili va h.k. Xo‘jalik yurituvchi subyekt joriy davrning moliyaviy hisobotlarida aks ettirilgan barcha summalar bo‘yicha oldingi davrga nisbatan qiyosiy ma’lumotlarni taqdim etishi lozim. Bu jihatdan xo‘jalik yurituvchi subyekti kamida, ikkita moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobotlarni, ikkita foyda yoki zarar va boshqa umumlashgan daromadlar to‘g‘risidagi hisobotlarni, ikkita alohida foyda yoki zarar to‘g‘risidagi hisobotlarni (agarda taqdim etiladigan bo‘lsa), ikkita pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotlarni va ikkita kapitaldagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi hisobotlarni hamda tegishli izohlarni taqdim etishi lozim. Bu holat, ma’lumotlarni qiyoslashni, ularni tahlil etishning zaruriyligini belgilab beruvchi asosiy shartdir. Download 54.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling