Mavzu: Moliyaviy vositachilar Reja: Kirish
Download 105.17 Kb.
|
Moliyaviy vositachilar
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zaro fondlar
Pensiya fondlari
Pensiyani rejalashtirish dastur (pensiya reja)larida ishtirok etish fuqaroning shaxsiy jamg‘armasi va mamlakatda ijtimoiy ta’minot dasturida ko‘zda tutilgan pensiya imtiyozlari bilan bir qatorda pensiyaga chiqqan odamga pensiyaga chiqishdan oldingi daromadlarni o‘rnini bosadigan yangi daromad manbai bo‘lib xizmat qiladi. Pensiyani rejalashtirish dasturlari ish beruvchi, kasaba uyushmasi yoki xodimning o‘zi tomonidan moliyalashtiriladi. Pensiya dasturlari ikki turga bo‘linadi: belgilangan badallarga asoslangan pensiya dasturi, yoki jamg‘arma (jamg‘ariladigan, jamg‘arish) pensiya dasturi (defined-contribution pension plan) va belgilangan imtiyozlarga asoslangan pensiya dasturlari, yoki rag‘batlantirish pensiya dasturi (defined-benefit pension plan). Jamg‘arma (jamg‘ariladigan, jamg‘arish) pensiya dasturi bo‘yicha xodim hisob raqamiga ega bo‘lib, shu hisob raqamiga xodimning ish beruvchisi va, odatda, xodimning o‘zi muntazam ravishda badal to‘lab boradilar. Pensiyaga chiqqandan keyin xodim o‘z pensiya jamg‘armasida to‘plagan mablag‘iga teng summaga ega bo‘ladi. Rag‘batlantirish pensiya dasturi xodimning pensiya imtiyozlari muayyan formula asosida hamda ishlagan yillari sonini, shuningdek, ko‘p hollarda uning ish haqi yoki maoshini inobatga olgan holda belgilanadi. Eng odatiy formulaga ko‘ra xodim ishlagan har bir yil uchun u pensiyaga chiqqan davridagi o‘rtacha ish haqidan 1% hisoblanishi ko‘zda tutilgan. Belgilangan imtiyozlar asosida pensiya dasturini moliyalashtiradigan tashkilot (pensiya dasturi xomiysi), yoki tashkilot yollagan sug‘urta kompa-niyasi o‘zini sug‘urta qilgan kishiga bo‘lajak to‘lovlarni kafolatlaydi va shu tariqa investitsion riskni butunlay istisno qiladi. Ba’zi mamlakatlarda, masalan Germaniya, Yaponiya va AQShda homiylarning qarilik nafaqasi to‘lanishi borasidagi kafolatlari ma’lum darajada davlat va yarim davlat tashkilotlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. O‘zaro fondlar Bir guruh investorlar tomonidan sotib olinadigan va professional investitsiya kompaniyasi yoki boshqa biror moliya muassasasi tomonidan boshqariladigan aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa aktivlarning (birgalikda ular “investitsiya portfeli” deb ataladigan aktivni tashkil etadilar) tashkiliy shakllantirilgan to‘plami o‘zaro fond (mutual fund) deb ataladi. Bunda har bir mijoz fonddagi har qanday daromad taqsimotida o‘zidagi qimmatli qog‘ozlar miqdoriga proporsional ravishda ma’lum ulushga ega bo‘lish huquqini qo‘lga kiritadi va o‘z ulushini istagan vaqtida bozor bahosida sotishi mumkin. Bunday fondni boshqaradigan kompaniyahar bir investor ixtiyorida qancha miqdorda qimmatli qog‘oz borligini va u fond qoidalariga muvofiq olingan daromadning qancha qismini qayta investitsiya qilishini nazorat qiladi. O‘zaro fondlar kapital bo‘linishini, hisob olib borilishini va daromad qayta investitsiya qilinishini, shuningdek mablag‘lar va risklar diversifikatsiya qilinishi uchun samarali mablag‘larni ta’minlaydi. O‘zaro fondlarning ikkita asosiy turi mavjud: ochiq va yopiq. Ochiq turdagi o‘zaro fondlar o‘zlari emissiya qilgan aksiyalarni bir aksiya hisobidan sof aktivlar bahosi (NAV – net asset value) bo‘yicha sotish va sotib olish majburiyatini o‘z zimmalariga oladilar. NAV ko‘rsatkichini hisoblash chiqish uchun fond portfelidagi barcha qimmatli qog‘ozlarning bozor qiymati ular muomalaga chiqargan barcha aksiyalar soniga bo‘linadi. Oxirgi ko‘rsatkich ochiq turdagi fondlarda uning ishtirokchilari fondning yangi aksiyalarini sotib olishlari va eskilarini sotishlari sayin har kuni o‘zgarib turadi. Yopiq turdagi fondlar bir aksiya hisobidan sof aktivlar bahosi bo‘yicha o‘z aksiyalarini sotmaydilar va emissiya qilmaydilar. Bunday fondlarning aksiyalari boshqa oddiy aksiyalar singari brokerlar orqali sotiladi va ularning bahosi bir aksiya hisobidan sof aktivlar bahosidan farq qiladi. Download 105.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling