Mavzu: Monitorlar tavsifi
Download 1.89 Mb.
|
№ 31 Monitorlar tavsifi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rangli tasvirning hosil bo‘lishi K ineskop niqobi
Rangli uchlik
Qizil Sariq yashil Rangli monitorda rastrni shakllanish tamoyili monoxromnikiga o‘xshaydi. Biroq rangli tasvirni shakllanishusuli asosiga rangli ko‘rishni boshqa muhim xususiyatlari kiritilgan bo‘lib,masalan,bularda biri: rangli o‘zlashtirishni uch komponentliligidir. Bu barcha ranglar uchta yorug‘lik oqimlarini, masalan, qizil, ko‘k va yashilni qo‘shish (aralashtirish) yo‘li bilan olish mumkinligini bildiradi. Bu esa rangli televizorlarda va monitorlarda ranglarini additiv aralashtirish usulini qo‘llash imkonini berdi. Rangli tasvirning hosil bo‘lishi K ineskop niqobi Ushbu usulni ekranga uchta asosiy ranglarni ekran yuzini qoplash sharti bilan bir vaqtda uzluksiz tasvirlash yo‘li bilan ko‘rsatish mumkin. Uchta asosiy ranglarni birgalikda ishlatib, rangni qabul qilishni uch komponentli nazariyasiga muvofiq rang tuslarini kerakli gammasini olish imkoni tug‘ildi. Asosiy ranglarni – qizil, ko‘k va yashil – ma’lum proporsiyalarda aralashtirilsa, rasmda ko‘rsatilgan ranglar hosil bo‘ladi. Rangli fazoviy o‘rtalatish. Agar rangli tasvirda rangli detallar yaqin joylashgan bo‘lsa, unda uzoq masofadan biz alohida detallarni rangini farqlay olamiz. Butun guruh ranglarni aralashtirish qonuniga muvofiq bir rangga bo‘yalgan bo‘ladi. Tasvirning bu xususiyati monitorni elektron – nurli trubkasida lyuminofor donachalari yonida joylashgan uchta rang yordamida tasvir bitta elementining rangini shakllanish imkonini beradi. Odamni ko‘rish qobililayi xususiyatlariga muvofiq rangli monitorning elektron – nurli trubkasida alohida boshqarish sxemalariga ega bo‘lgan uchta elektron to‘plari lari mavjud. Ekranni ichki tomoniga esa uchta asosiy ranglar lyuminofori: qizil - R (Red), ko‘k – B (Blue) va yashil – G (Gren) o‘rnatilgan. Shu tarzda har to‘plari lyuminoforni faqat o‘zini rangiga “otishi” kerak. Buning uchun har bir rangli kineskopda soyaviy maska yoki apertuar panjara mavjud. Ular to‘plari larni nurlari faqat muvaffaq rangdagi lyuminofor nuqtasiga tushishi uchun hizmat qiladi. Soyaviy maska kineskopni ichki yuziga qo‘yilgan nuqtalarga muvofiq teshiklar tizimiga ega bo‘lgan invar nomli (bu material juda kichik kengayishli koeffiseyentga ega) maxsus materialdan bo‘lgan metall plastinalardan yasalgan. Apertuar panjara soyaviy maskadagi teshiklar bajaradigan funksiyani bajaruvchi tirqichlar tizimidan tashkil topgan. Talab etiladigan yechimni hal qilish uchun zarur bo‘lgan lyuminofor nuqtalarini miqdori ekran hajmiga bog‘liq. Nuqtalarni qancha ko‘p joylashtirish kerak bo‘lsa va ekran qancha kichik bo‘lsa, nuqtalarni shuncha zich joylashtirishga to‘g‘ri keladi. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling