Mavzu: Monitorlar tavsifi


Rang kattaligi (rang to‘qligi)


Download 1.89 Mb.
bet6/7
Sana07.01.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1083073
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
№ 31 Monitorlar tavsifi

Rang kattaligi (rang to‘qligi)
Rang kattaligi ekranni har bir nuqtasi qabul qila oladigan turli xil tuslarni sonini aniqlaydi. Maksimal kiritilgan rang kattaliklar videoadapter xususiyatiga va birinchi navbatda undagi o‘rnatilgan videoxotira soniga bog‘liq bo‘ladi. Undan tashqari, u ekranning belgilangan kattaligiga ham bog‘liq bo‘ladi. Ekranning yuqori kattaligida, tasvirning har bir nuqtasiga videoxotirada kamroq joy ajratishga to‘g‘ri keladi.

Berilgan ekran kattaligiga va rang to‘qligiga qarab, quyidagi formula orqali videoxotira hajmini aniqlash mumkin:


Р=
Р – videoadapter xotirasini zarur hajmi;
m – ekran (nuqtalar) gorizontal kattaligi;
n – ekran (nuqtalar) vertikal kattaligi;
b – rangni kodlash razryadi;
bugungi kunda ranglar to‘qligining asosiy talabi – 256 ta rang. Ko‘p dasturlar 65 ming rangni talab qiladi (High Color tartibida).
Ekran maskasi.
Tasvir sifati soyaviy maskani ishlatilishini turiga va tavsifnomasiga bog‘liq. Bu yerda maska oralig‘idagi masofani o‘lchaydigan o‘lchov birligi sifatida millimetr ishlatiladi. 14 dyuymli 0,28 mm maskali monitor uchun taxminan 600000 teshik bo‘ladi. Teshiklar orasida masofa qancha kichik bo‘lsa, teshiklar qancha ko‘p bo‘lsa, tasvir sifati shuncha yuqori bo‘ladi.
Muhofaza sinfi.
Monitorni muhofaza sinfi xavfsizlik texnikasi talablari nuqtai nazaridan monitor muvoffiqlik standarti bilan aniqlanadi. Hozirgi kunda quyidagi halqaro standartlar qabul qilingan: MPR-II, TCO-92, TCO-95, TCO-99. MPR-II standarti inson uchun xavfsiz bo‘lgan elektromagnit nurlari darajasini cheklaydi. ТСО-92 standartida bu me’yorlar saqlanib qoldi, ТСО-95 va ТСО-99 standartlarida bu me’yoarlar qat’iylashgan. Ergonomik va ekomanik me’yorlar birinchi bo‘lib ТСО-95 da paydo bo‘lgan. ТСО-99 standarti esa tasvir sifatini (yorug‘lik aks etishi, jimillashi, qobiqni dog‘larga qarshi xususiyati) aniqlovchi parametrlarni qat’iy me’yorlarini kiritdi
.Dog‘ga qarshi qobiqlar.
Hamma monitorlar dog‘ga qarshi qobiqqa ega bo‘lishi kerak. Ekran yuzida bunday xususiyat bo‘lmasa, monitorda ma’lumotlarni o‘qish qiyin bo‘ladi. Ekran yuzi cheklansa, qum zarralari bo‘lgan pistolet yordamida nazoratlanadi. Bunday usul faqat arzon monitorlar uchun tavsiya etiladi. Uning kamchiligi shundaki, ekranda grafika va rasmlar aniq bo‘lmaydi, tasvir yoyilgan bo‘ladi. Kineskopni qoplashning eng yaxshi yo‘li - dog‘ga qarshi qatlam bilan qoplash. Bunday holatda elektron nurli trubkani ekran yuziga kimyoviy modda surtiladi, buning natijasida yorug‘lik uning yuzida aks etolmaydi.

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling