Mavzu: Morfologik vositalarni nutqiy uslublarda qo’llash usullari
Download 1.19 Mb.
|
DIM ona tili 8
Mavzu: Morfologik vositalarni nutqiy uslublarda qo’llash usullari Darsning maqsadi: ta’limiy: o’quvchilarda nutqiy uslublarda morfologik vositalardan to’g’ri foydalanish kompetensiyasini shakllantirish. Tarbiyaviy: nutq madaniyatini singdirish Rivojlantiruvchi: nutqiy uslublarda morfologik vositalardan foydalanish Kommunikativ kompetensiya O’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi Milliy va umummilliy kompetensiya Fanga oid kompetensiya Lingvistik kompetensiya – morfologik vositalar va ularning nutqiy uslublarda to’g’ri qo’llay bilish. Dars turi: rivojlantiruvchi Dars uslubi: Xotira mashqi, Klaster, Taqdimot. Dars jihozi: 10-sinf darsligi, kompyuter, tarqatma Darsning borishi: Tashkiliy qism: salomlashish; tozalikka e’tibor; davomatni aniqlash; Dars shiori: Vatanimiz ozod, yurtimiz obod, kelajagimiz farovon bo’lsin! Sinf guruhlarga bo’linadi. Har bir guruh o’ziga nom tanlaydi. 1-guruh: “Gulbahor” 2-guruh: “Charog’bon” 3-guruh: “Jasorat” 4-guruh: “Ziyo” Xotira mashqi. 1-guruhga: Morfologiya bo’limida nima o’rganiladi? Morfologiya bo’limida so’zlarning grammatik ma’nolari va ularni ifodalovchi grammatik shakllar o’rganiladi. 2- guruhga : Grammatik shakllarni ayting. Grammatik shakllar – lug’aviy shakl yasovchilar, sintaktik shakl yasovchilar, chunki ular grammatik ma’no ifodalaydi. 3- guruhga: Qanday so’zlar grammatik ma’no ifodalaydi? Yordamchi so’zlar grammatik ma’no ifodalaydi. Ular: ko’makchi, bog’lovchi, yuklama. 4-guruhga: Grammatik shakllarning vazifasini ayting? Lug’aviy shakllar asosga qo’shilib, unga qo’shimcha ma’no yuklaydi. Sintaktik shakl yasovchilar – so’z ma’nosiga ta’sit etmay, ularni bir-biriga bog’lash uchun xizmat qiladi. Ular: egalik, kelishik, shaxs-son shakllari, shuningdek, ko’makchilar, bog’lovchilar. Nutqiy uslublarini shakllantiruvchi morfologik vositalar Inkor ifodalovchi morfologik vositalar uslubiyati Inkorni ifodalovchi morfologik vositalar
“Taqdimot” Bu usulda guruhlar inkorni ifodalovchi morfologik vositalarni tavsiflaydi. 1-guruh. Fe’lning bo‘lishsizlik shaklini yasovchi –ma qo‘shimchasi uslubiyati –ma qo‘shimchasi so‘zlashuv, badiiy va publitsistik uslublarda tasdiqni, tasdiqning kuchli ta’kidini ifodalashi mumkin. –ma qo‘shimchasi ritorik so‘roq gaplarda tasdiqni kuchaytirib ko’rsatadi. Kim o‘z Vatanini sevmaydi? (“Hamma sevadi” degan fikr yorqin ifodalangan). –ma qo’shimchasi qat’iy inkorni bildiradi. -ma qo‘shimchasi fe’l tarkibida -moq, -moqda, -yap, -moqchi kabi qo’shimchalar mavjud bo‘lganda, fe’lga qo‘shila olmaydi. –ma qo’shimchasi ko’makchi fe’lli so’z qo‘shilmalarida quyidagi ma’nolarni ifodalaydi: – fe’lning yetakchi qismi bo’lishsizlik shaklini olganda davomiy bo’lishsizlik ma’nosini ifodalaydi. O‘qimay qo‘ydi. -fe’lning ko’makchi qismi bo‘lishsizlik shaklini olganda bir martalik harakat inkorini ifodalaydi. O’qib qo’ymadi. -Ham yetakchi, ham ko’makchi fe’lga qo’shilganda qat’iy tasdiqni ifodalaydi. O‘qimay qo’ymadi. (Albatta o‘qiydi) 2-guruhga. Emas to’liqsiz fe’li uslubiyati. Emas to’liqsiz fe’li harakatning umuman bajarilmaganligini ifodalaydi. Bunday go’zal joylarni ko’rgan emasman. Shaxs-son qo’shimchasi emas to’liqsiz fe’lidan keyin qo’shiladi.
Yo’q modal so’zi fe’ldan anglashilgan harakatning oddiy inkori ma’nosini bildiradi. Men uni anchadan beri ko’rganim yo’q. 3-guruhga. Na-na yordamchisining uslubi. Na…, na yordamchisi inkor bog’lovchisi sifatida ham, inkor yuklamasi sifatida ham inkorning kuchli va qat’iy ifodalanishiga xizmat qiladi, nutqning emotsional-ekspressivligini kuchaytiradi.
Inkor ma’nosi so’zlashuv, badiiy uslubda ohang yordamida ifodalanishi mumkin. Bir kuni egarga o’ngarib, opqochaman-ketaman, -dedi o’tni tizzasiga bosib. – Topib bo’ptilar keyin! Darslik bilan ishlash. 1-guruh. 68-mashq. O’rtoqlaringiz, omon-esonlik bo’lsa, yana kelishar-ku.O’shanda Sultonxon ertaning hissasini chiqarmay qo’ymaydi. Gulimoh Yulduzovna non yetmaganga o’xshab ingichka ko’ringani bilan chovuti yomon, gapirtirmay qo’ymaydi.(Qat’iy tasdiq ma’nosi ifodalangan) 2-guruh. 69-mashq. Qalbi muhrlangan banda uyni muhrlamoqchi bo’lganlarga nima ham deya olardi? Ammo Chaman akadan beruxsat nima ham qila olardim?!(Ritorik So’roq gap inkor ma’nosini ifodalagan). 3-guruh. 70-mashq. Mayli, unga bitmasam, mayli, Na bir g’azal, na bir musaddas.
Senga na otash, na sanam, Odamiylik dini birla Toza imon, o’zbegim. (Kuchli va qat’iy inkor ma’nosi ifodalangan). 4-guruh. 71-mashq. Ilgari ko’p kitob o’qir edilar. Hozir kitob ham o’qimay qo’ydilar. (Qat’iy inkor Ifodalangan) Odamzodning o’y-xayollari, qilmishi, mashg’uloti uning qismatiga ta’sir o’tkazmay qolmas ekan. “8 savolga 8 javob” 1-guruhga: Asil so’zining ma’nodoshlari. Asil, sara, xil so’zlarining qo’llanish uslubi. Shu so’zlardan qo’llab gap tuzing. 2-guruhga 1.Sarxil so’zining qo’llanish uslubi. Sara, sarxil so’zining qo’llanish uslubi. Shu so’zlardan qo’llab gap tuzing. 3-guruhga. Sarxil so’zining qo’llanish uslubi. Mumtoz so’zining qo’llanish uslubi. Shu so’zlardan qo’llab gap tuzing. 4-guruhga. Poshshaxon so’zining qo’llanish uslubi. Zipta so’zining qo’llanish uslubi. Shu so’zlardan qo’llab gap tuzing. “ Download 1.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling