Mavzu. Moslanuvchan ishlab chiqarish tizimlari
Mexanik ishlov berishning moslanuvchan ishlab chiqarish moduli
Download 324.13 Kb.
|
Mavzu. Moslanuvchan ishlab chiqarish tizimlari
Mexanik ishlov berishning moslanuvchan ishlab chiqarish moduli
Moslashuvchan ishlab chiqarish moduli (MIChM) o`z tarkibiga murakkab texnologik operatsiyalarni bajarish uchun texnik tizim va qurilmalarni birlashtiradi. Mexanik ishlov berish uchun moslashuvchan ishlab chiqarish moduli (MIChM) tarkibiga RDB qurilma,tayyorlanma va asbobni almashtiruvchi yordamchi qurilma,qirindi chiqarish,ishlab chiqarish sifatini nazorat qilish, texnologik jarayonni nazorat qilish uchun bir yoki ikki birlik asosiy texnologik jihoz kiradi. Avtonom ishlash uchun mo`ljallangan MIChM avtomatik rejimda berilgan tsiklni ko`p marta takrorlaydi va yuqoriroq darajadagi MIChT ga birika oladi. MIChM da ishlab chiqarishning aniq maqsadlariga ko`ra turli tarkibdagi jihozlar ishlatiladi va joylashtiriladi.Tarkibiga birta dastgoh kirgan MIChM ning tipaviy komponovkasi 1- rasmda ko`rsatilgan. 1-rasm. MIChM ning bir stanokli tipaviy kompanovkasi. 1-RDB dastgoh;2-robot;3-transporter;4-ishlov beruvchi markaz;5-paletni almashtirish qurilmasi;6-palet yig`gich. 2-rasmda juftlashgan MIChM bazasida tipaviy kompanovkalar ko`rsatilgan. Dastgohlar o`zaro avtomatik transport tizimi, tayyorlanma va detallar bo`yicha operatsiyalarni bajaruvchi robototexnologik kompleks bilan ulangan.Xuddi shunday har bir modulni yuqori darajadagi MIChT qurish uchun konstruktiv birlik sifatida qo`llash mumkin.RDB tokarlik dastgohi bazasida detallarga ishlov berish uchun MIChT ni shakllantirishda detallar odatda yo`ldoshlarsiz transportirovka qilinadi.Bu bilan tayyorlanma va tayyor mahsulotlarni joylashtirish ishlari osonlashadi.RDB tokarlik dastgohi bazasida MIChT ga ixtisoslashtirilgan robotlar – tayyorlanma yig`uvchi avtooperatorlar ulanadi.Pobotning ixtisoslashtirilganligi shundaki u aniq dastgoh uchun moslashtiriladi,bunda minimal ish maydoni ishlatiladi va tayyorlanma bilan manipuyatsilash uchun qulay zona ta`minlanadi. 2-rasm. MIChM ning juftlangan dastgoh bazasida tipaviy kompanovkasi. a-RDB tokarlik dastgohi va RDB ishlovberuvchi markaz bazasidagi MIChM; b-ikkita tokarlik dastgohi bazasidagi MIChM;c-ikkita ishlov beruvchi markaz bazasidagi MIChM;d-ikkita ishliv beruvchi markaz va pallet transporteri bazasidagi MIChM.1-RDB tokarlik dastgohi;2-robot;3-transporter yoki tayyorlanma to`plovchi;4-ishlov beruvchi markaz.5-robot;6-mahalliy omborxona;7-pallet almashtirish qurilmasi;8-pallet yig`gich;9-pallet transpoteri. Download 324.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling