Mavzu: Motivlar va ularning turlari
Download 60.95 Kb.
|
Mavzu Motivlar va ularning turlari
elementar ustanovkalar (set) – oddiy, kundalik ehtiyojlar asosida ko’pincha ongsiz tarzda hosil bo’ladigan ustanovkalar. Ularni o’zgartirish uchun moddiy shart-sharoitlarni va odamdagi ehtiyojlar tizimini o’zgartirish kifoya.
ijtimoiy ustanovkalar (attitud) – ijtimoiy vaziyatlar ta’sirida ijtimoiy obyektlarga nisbatan shakllanadigan ustanovkalar. Ularni o’zgartirish uchun ijtimoiy shart-sharoitlar va shaxsning ularga nisbatan baho va munosabatlari tizimini o’zgartirish kerak. ba’zaviy ijtimoiy ustanovkalar – ular shaxsning umumiy yo’nalishini belgilaydi, hayotiy yo’nalishlari mohiyatidan kelib chiqadi, ularni o’zgartirish e’tiqodlar va dunyoqarashlarni o’zgartirish demakdir. qadriyatlar tizimi – ular avlodlararo muloqot jarayonining mahsuli sifatida jamiyatda qadr-qimmat topgan narsalarga nisbatan ustanovka. Masalan, sahih hadislar shunday qadriyatlardir, biz ularni tanqidsiz, muhokamalarsiz qabul qilamiz, chunki ular ham ilohiy, ham eng buyuk insonlar tomondan yaratilgan va avloddan avlodga o’z qadrini yo’qotmay kelayotgan qadriyatlardir. Amerikalik olim G.Ollport ustanovkalar orasida ijtimoiy ustanovkani alohida o’rganib, uning uch komponentli tizimini ishlab chiqqan. Kognitiv komponent – ustanovka obyektiga aloqador bilimlar, g’oyalar,tushuncha va tasavvurlar majmui; Affektiv komponent – ustnovka obyektiga nisbatan subyekt his qiladigan real hissiyotlar (simpatiya, antipatiya, loqaydlik kabi emosional munosabatlar); Harakat komponenti – subyektning obyektga nisbatan real sharoitlarda amalga oshirishi mumkin bo’lgan harakatlari majmui (xulqda namoyon bo’lish). Bu uchala komponentlar o’zaro bir-birlari bilan bog’liq bo’lib, vaziyatga qarab u yoki bu komponentning roli ustivorroq bo’lishi mumkin. Shuni aytish lozimki, komponentlararo monandlik bo’lmasligi ham mumkin. Masalan, ayrim talabalar talabalik burchi va tartib-intizom bilan juda yaxshi tanish bo’lsalarda, har doim ham unga rioya qilavermaydilar. “Tasodifan dars qoldirish”, “jamoatchilik joylarida tartibni buzish” kabi holatlar kognitiv va harakat komponentlarida uyg’unlik yo’qligini ko’rsatadi. Bu bir qarashda so’z va ish birligi tamoyilining turli shaxslarda turlicha namoyon bo’lishini eslatadi. Agar odam bir necha marta bila turib, ijtimoiy xulqqa zid harakat qilsa va bir necha marta qaytarilsa, u bu holatga o’rganib qoladi hamda ustanovkaga aylanib qolishi mumkin. Shuning uchun ham biz ijtimoiy normalar va sanksiyalar vositasida bunday qarama-qarshilik va tafovut bo’lmasligiga yoshlarni o’rgatib borishimiz kerak. Bu shaxsning istiqboli va faoliyatining samaradorligiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Motivasiya – inson xulq-atvori, uning bog’lanishi, yo’nalishi va faolligini tushuntirib beruvchi psixologik sabablar majmuini bildiradi. Bu tushuncha u yoki bu shaxs xulqini tushuntirib berish kerak bo’lganda ishlatiladi, ya’ni: “nega?”, “nima uchun?”, “nima maqsadda?”, “qanday manfaat yo’lida?” degan savollarga javob qidirish – motivasiyani qidirish demakdir. Olimlarning o’rganib chiqishlaricha , Motivlar ikki gruhga bo’linadi. Birinchisi bu Muvoffaqiyatga erishshish vativlari va ikkinchisi bu mag’lubyatdan qochish motivlari. Bu ikkisi ham insonga mativatsiyani birdek beradi. Shu o’rinda mening fikrimcha insonni butun hayotida ikkta kata mativ o’rab turadi. Birinchisi bu Jannntaga intilish yani muvoffaqiyatga erishshish mativi. Ikkinchisi bu Jahannamda qo’rqish yani mag’lubyatdan qochish mativi. Mo’minlar bu ikki mativ orasida hayotlarini o’tkazishadi . Yuqorida takidlab o’tgan mativlarim bu Anglanga mativlar. Yaniki odamlar nimadan qochib va nmaga intilayotganlarini anglashadi. Boshqa so’z bilan aytganda ularni nima mativatsiyalantirayotganini yaxshi bilishadi. Ammo shunday holatlar ham mavjudki bu jarayonda shaxs o’ziga nima mativb berayotganini anglamaydi. Bu anglanmagan mativ deyiladi. Inson psixalogiyasida “attitude” tushunchasi mavjud. Ustanovka – bu ibora psixologiyada inson xatti-harakatining anglanmagan programmasi sifatida tushuniladi. Inson doimiy bajaradigan xatti-harakat dastavval anglanilgan holda amalga oshadi va u takrorlangani sari beixtiyor, avtomatlashgan olatga o’tib boradi. Aynan shunday anglanilmagan harakat rejasi ustanovka deb ataladi. Shaxsdagi maqbul harakatlar muntazam takrorlanishi natijasida unda aqsadga muvofiq faoliyat ustanovkasi shakllanadi. Binobarin, shaxsning doimiy faoliyati va xulqini kuzatgan holda unda qay mazmundagi ustanovkalar ustuvor ekanligi haqida xulosa chiqarish mumkin. Ustanovkalar 4 bosqishda o’rganiladi. Bular elementar ustanovkalar, ijtimoiy ustanovkalar, bazaviy ijtimoiy ustanovkalar, qadiryatlar tizimi. Agar odam bir necha marta bila turib, ijtimoiy xulqqa zid harakat qilsa va bir necha marta qaytarilsa, u bu holatga o’rganib qoladi hamda ustanovkaga aylanib qolishi mumkin. Shuning uchun ham biz ijtimoiy normalar va sanksiyalar vositasida bunday qarama-qarshilik va tafovut bo’lmasligiga oshlarni o’rgatib borishimiz kerak. Bu shaxsning istiqboli va faoliyatining samaradorligiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Xulosa qilib aytganda, shaxsning ustanovkalariga nisbatan ijtimoiy-psixologik yondoshuv, bizga uni ma’lum guruhlarning a’zosi, aniq shart-sharoitlarda o’ziga o’xshash shaxslar bilan muloqotga kirishuvchi konkret subyekt-subyekt yoki obyektobyekt tushunchalari mohiyatini anglash imkoniyatini beradi. Download 60.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling