Talabalar uchun topshiriq
Download 34.98 Kb.
|
bosh1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nahotki mashaqqatli mehnat ma’naviy ehtiyojni qondirish vositalaridan biri bo‘lsa
- Qanday sharoitda mashaqqatli bo‘lsa-da, mehnat ma’naviy ehtiyojga aylanishi mumkin
- Siz ham donishmandning yuqorida keltirilgan o‘gitini o‘zingiz uchun shior qilib olishingiz mumkinmi
Talabalar uchun topshiriq. 1-vaziyat. Maktabgacha ta’lim yo`nalishida taxsil olayotgan bir guruh Talabalar o`qituvchi tomonidan berilgan topshiriqni bajarish uchun maktabgacha ta’lim tashkilotiga tashrif buyurdilar. O`qituvchi ularga Maktabgacha ta’limda ta’limni tashkil etishda “Ta’lim to`g`risidagi” Qonunning bajarilishini sharxlashni vazifa qilib belgilab bergan edi. Maktabgacha ta’lim tashkilotiga kelgan Talabalar tarbiyachilar bilan yuqoridagi topshiriq yuzasidan savol-javob o`tkazdilar, lekin ayrim tarbiyachilardan o`zlarini qoniqtiradigan javob ololmadilar. “Ta’lim to`g`risidagi” Qonunning bajarilish holatini tahlil qilishda muammoga duch keldilar. Barcha tarbiyachilar, pedagoglar, barcha ta’lim-tarbiya jarayonlarida ishtirok etadigan shaxslar “Ta’lim to’g’risida”gi qonunni bilishi, uning nazariy va amaliy jihatlarini qo’llay olishi kerak. Buning sababi, “Talim to’g’risida”gi qonun ta’lim haqidagi asosiy davlat qonuni hisoblanadi. Pedagoglar oliy ta’lim muassasalarida, malaka oshirish kurslarida tahsil olib muntazam bu qonun bilan ham tanishadilar. Bunday vaziyat bo’lmasligi uchun har bir pedagog o’z ishiga mas’uliyatli yondashishi kerak. 2-vaziyat. Har doim ham mehnat qilish mashaqqatli kechadi. Zero, uni tashkil etish uchun juda ko‘p jismoniy yoki aqliy mehnat sarf qilinadi. Biroq, donishmandlardan biri: “Mehnat men uchun – ma’naviy ehtiyoj” degan fikrni bildirgan. Sizningcha, bu fikr to‘g‘rimi? Albatta to’g’ri. Chunki inson biror narsa bilan band bo’lsa ham jismoniy, ham ma’naviy mashg’ulot qiladi. Agar mehnat qilmagan inson turli bekorchilikda moddiy yetishmovchilik, manaviy zerkish va siqilishga duchor bo’lishi mumkin. Nahotki mashaqqatli mehnat ma’naviy ehtiyojni qondirish vositalaridan biri bo‘lsa? Agar inson o’z kasbini sevsa unga kasbi mashaqqat tug’dirmaydi. Hech bir kasb mashaqqatsiz bo’lmaydi. Lekin yaxshi mehnat inson hayotida manaviy va moddiy ehtiyojni qondirishga xizmat qiladi Qanday sharoitda mashaqqatli bo‘lsa-da, mehnat ma’naviy ehtiyojga aylanishi mumkin? Inson o’z kasbini sevganda, mashaqqatli bo’lsa-da u kasbga qiziqqanda va o’sha kasb doirasida oliy ma’lumotga ega bo’lganda kasb manaviy ehtiyojga aylanadi. Sizning fikringizcha, mehnatning qanday turi (jismoniy yoki aqliy mehnat) ko‘proq ma’naviy ehtiyojni qondirishga xizmat qiladi? Insonlarning qiziqishiga ko’ra bu turlicha bo’ladi. Shaxsan men uchun jismoniy mehnat qulay. Aqliy mehnat qiluvchi insonlar hordiq olishi jismoniy mehnatdan ko’ra mashaqatliroq bo’ladi Siz ham donishmandning yuqorida keltirilgan o‘gitini o‘zingiz uchun shior qilib olishingiz mumkinmi? Albatta, mehnat men uchun kerakli mashgulot va zarurat hisoblanadi Download 34.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling