Mavzu: Moyli bakli uzgichlar


Bakli Uzgichlarning asosiy afzalliklari


Download 10.37 Kb.
bet3/4
Sana03.02.2023
Hajmi10.37 Kb.
#1156846
1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu Moyli bakli uzgichlar-fayllar.org

Bakli Uzgichlarning asosiy afzalliklari:
Konstruksiyasi sodda, yuqori uzish kobiliyatiga ega; tashqi qurilmalar uchun ham yaroqli; joylashtirilgan tok transformatorlarini o‘rnatish mumkin.
Bakli Uzgichlarning kamchiliklari:
Portlash va yong‘in jihatidan xavfli; bakdagi va kirgichlardagi moy holati va sathini davriy nazorat qilib turish kerak; ko‘p hajmda moy talab etishi sababli, uni almashtirish uchun ko‘p vaqt sarflanadi va katta miqdorda moyni ehtiyot tutish kerak; xona ichiga o‘rnatish mumkin emas; tez ta’sir etuvchi APV ni ishlatish mumkin emas; metall ko‘p sarflanadi, og‘irligi katta, bir erdan ikkinchi erga olib borish, montaj va sozlash noqulay.
8
2-rasm.
VMP-10 Uzgichning umumiy ko‘rinishi:
1-uzgich korpusi;
2-tayanch izolyator;
3-po‘lat rama;
4-izolyasiyali tortqi;
5-moyli bufer;
6-Uzgich vali;
7-qutblar orasidagi izolyasion to‘siqlar.
9
Kam moyli Uzgichlar
Kam moyli (tuvakchali) Uzgich hamma kuchlanishdagi yopiq va ochiq taqsimlash qurilmalarida keng qo‘llaniladi. Bu Uzgichlardagi moy asosan yoyni so‘ndiruvchi sifatida ishlatilib, faqat ajratilgan kontaktlar orasida qisman izolyasiya muhiti bo‘lib xizmat qiladi. Tok o‘tkazuvchi qismlar bir-biridan va erga tutashtirilgan konstruksiyalardan chinni yoki boshqa qattiq izolyasiyalovchi materiallar yordamida izolyasiyalanadi. Xona ichiga o‘rnatish uchun Uzgichlarning kontaktlari po‘lat bochkada (tuvakchada) joylashadi, Uzgichlarning «tuvakchali» nomi ham shu erdan kelib chiqqan. 35 kV va undan yuqori kuchlanishli kam moyli Uzgichlar chinni korpusga ega, 6-10 kV li osma tipdagi Uzgichlar (48-rasm) eng keng tarqalgan. Bu Uzgichlarda uchala qutblar uchun korpus chinni izolyatorlarda umumiy ramaga mahkamlanadi. Har bir qutbda kontaktlarning bitta uzilishi va yoy so‘n-diruvchi kamera nazarda tutilgan.
3-rasm. Kam moyli Uzgichlarning tuzilish sxemalari: 1-qo‘zg‘aluvchan kontakt; 2-yoy so‘ndiruvchi kamera; 3-qo‘zg‘almas kontakt; 4-ish kontaktlari.
3-rasm, a da ko‘rsatilgan tip bo‘yicha VMG-10 Uzgichlar(tuvakchali moyli Uzgich) ishlab chiqarilmoqda.
3-rasm, b da keltirilgan konstruktiv sxema bo‘yicha VMP seriyadagi Uzgichlar (kam moyli osma Uzgich) ishlab chiqarilmoqda. Katta nominal toklarda bir juft kontaktlar (ular ish va yoy so‘ndiruvchi vazifasini bajaradi) bilan kifoyalanish qiyin, shuning uchun Uzgichning tashqarisiga ish kontaktlari, metall bak ichiga esa yoy so‘ndiruvchi kontaktlar o‘rnatiladi (3-rasm, b). Uziladigan tok katta bo‘lganda harbir qutbga ikkitadan yoy so‘ndiruv
chi uzilish bo‘ladi (3-rasm, g).
10
www.yourwebsite.com
3 3-rasm. Kam moyli uzgichlarning tuzilish sxemalari:
1 -qo‘zg‘aluvchan kontakt;
2-yoy so‘ndiruvchi kamera;
3-qo‘zg‘almas kontakt;
4-ish kontaktlari.
10
www.yourwebsite.com
Shu sxema asosida MGG va MG seriyadagi 20 kV va undan kichik kuchlanishli Uzgichlar ishlab chiqariladi. Tashqi massiv ish kontaktlari 4 Uzgichni katta nominal toklarga hisoblash imkonini beradi (9500 A gacha). 35 kV va undan yuqori kuchlanishlardagi Uzgichlarning korpusi chinnidan tayyorlanadi (2-rasm, d, VMK seriyasi - kam moyli kolonkali Uzgich). 35, 110 kV li Uzgichlarda har qutbga bitta uzilish bo‘lib katta kuchlanishlarda ikki va undan ortiq uzilish bo‘ladi.

Download 10.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling