Oʻchirgichlar ishchi va avariya toklarini uzish va ulash uchun xizmat qiladigan
Download 75.44 Kb. Pdf ko'rish
|
9-ma`ruza. SPEK 3-kurs (1)
9.1. Yuqori kuchlanishni oʻchirgichlari. Yuqori kuchlanishli oʻchirgichlarning koʻrsatmalari, turlari va parametrlari. Oʻchirgichlar ishchi va avariya toklarini uzish va ulash uchun xizmat qiladigan kommutatsion apparatlardir. Oʻchirgich asosiy apparat boʻlib, zanjirni har qanday rejimida ham oʻchirish va ulash uchun xizmat qiladi: -uzogʻ davomiylik yuklama; -oʻta yuklanish; -qisqa tutashuv; -salt ishlash; -nosinxron ish. Eng ogʻir va mashul amal – bu QT toklarini uzish va mavjud QT-ga ulash. Yuqori kuchlanish uzgichlar quyidagi asosiy qismlardan iborat: 1. Korpus yoki bak. 2. CHiqishlar. Ма`ruza-9. (2-soat). • Yuqori kuchlanishli oʻchirgichlar. • 9.1. Yuqori kuchlanishli oʻchirgichlar. Yuqori kuchlanishli oʻchirgichlarning koʻrsatmalari, turlari va parametrlari. • 9.2. Moyli bakli ochirgichalar va kam moylar (tuvakchali) oʻchirgichlar. Elektromagnit vakkum elegaz va avtomatik gaz (аtogaz) oʻchirgichlar. • Reja: • Oʻchirgichlar tiplari, konstruksiyalari yoy soʻndirish kamerasi , soʻndirish usullari, yuqori kuchlanishli oʻchirgichlarning koʻrsatmalari turlari,parametrlari,moyli bakli oʻchirgichlar va kam moyli (tuvakchali) oʻchirgichlar. Таyanch soʻz va iborlar 3. Kontaktlar sistemasi. 4. Yoy soʻndirish qurilmasi. 5. Yoy soʻndirish muhiti (havo, moy, elegaz, vakuum). 6. Uzgichning yuritmasi (qoʻlda, havoli, solenoidli). Elektr energetikada oʻchirgichlarning jadval 3-da keltirilgan turlari keng qoʻllaniladi. Yuqori kuchlanish oʻchirgichlariga quyidagi talablar qoʻyiladi: -har qanday toklarni ishonchli uzish; -uzish vaqtining kichikligi; -tez ishlovchi avtomatik qayta ulashni ta`minlash; -110 kV va undan yuqori kuchlanish uzgichlarini fazami-faza boshqarish imkoniyati; -kontaktlarni koʻzdan kechirish va reviziya qilishning qulayligi; -yongʻin va portlashga xavfsizlik; -transportirovka qilish va ishlatishning qulayligi. Yuqori kuchlanishli oʻchirgichlar uzoq vaqt nominal tok I nom ga va nominal kuchlanish U nom ga chidashi kerak. Oʻchirgichlar GOST 687–70 boʻyicha quyidagi parametrlar bilan tavsiflanadi: Nominal uzish toki. I uz.nom –operatsiyalarning berilgan sikli va berilgan shartlarda tiklanayotgan kuchlanishning eng katta ish kuchlanishiga teng boʻlgan kuchlanishida, oʻchirgichning uzish qobiliyatiga ega boʻlgan paytidagi QT ning eng katta toki (ta`sir etuvchi qiymati), QT toki davriy va nodavriy tashkil etuvchilardan iborat. Uziluvchi nominal tok kontaktlarning ajrash momentidagi davriy tashkil etuvchisining tahsir etayotgan qiymati bilan aniqlanadi. Uzish tokidagi nodavriy tokning tashkil etuvchisining ruxsat etilgan nisbiy miqdori nom quyidagicha aniqlanadi. ном уз ном a ном i i , 2 , nom ning normalangan miqdori kontaktlarning ajrash momenti uchun quyidagicha aniqlanadi: в c в c t t t , , min 3 01 , 0 3. Ekspluatatsiyada oʻchirgich mavjud QT ga bir necha marta ulanib keyin uzishi mumkin, shu sababli oʻchirgichlar uchun aniq operatsiyalar sikli beriladi. Agar oʻchirgichlar avtomatik qayta ulash (AQU) uchun mo`ljallangan bo`lsa, u holda quyidagi tikllar tahminlanishi kerak: O‘ –180s –U O‘ –180s –U O‘ O –t b – U O‘ –180s –U O‘ AQU siz oʻchirgichlar quyidagi siklga bardosh berishi lozim: O‘ –180s –U O‘ –180s –U O‘ bunda O‘ –uzish operatsiyasi; U O‘ –ulash va tezda uzish operatsiyasi; 180 – sekundlardagi vaqt oraligʻi; t b –AQ O‘ li oʻchirgichlar uchun kafolatlangan minimal toksiz pauza vaqti (yoy soʻnishidan to keyingi ulashdagi tok kelguncha boʻlgan vaqt). AQ O‘ li oʻchirgichlar uchun 0,3–1,2 s; AQ O‘siz oʻchirgichlar uchun 0,3 s boʻlishi kerak. 4.QT ning parron oʻtuvchi toklaridagi turgʻunlik –termik turgʻunlik toki I t va parron oʻtuvchi tok chegarasi I p r, s –ta`sir etuvchi qiymati, I pr,s –amplituda qiymati bilan tavsiflanadi, bu toklarga oʻchirgich ulangan holatda, keyingi ishlashiga xalaqit qiluvchi buzilishlarsiz, bardosh beradi. 5. Nominal ulash toki – QT toki boʻlib, unda tegishli yuritmaga ega boʻlgan oʻchirgich kontaktlarni payvandlanmay va U nom da boshqa buzilishlarsiz hamda berilgan siklda ulash imkoniyatiga ega bo`ladi. Bildirgichlarda shu tokning ta‘sir etuvchi qiymati I ul,nom va amplituda qiymati I ul,nom berilgan boʻladi. Oʻchirgichlarni loyihalashda quyidagi shartlarga amal qilinadi: . 2 8 , 1 ; , , , , ном уз ном ул ном уз ном ул I i I I 6. Uzishning oʻz vaqti – uzishga berilgan komanda vaqtidan boshlab to yoy soʻndiruvchi kontaktlarning ajrashigacha boʻlgan vaqt. Uzish vaqti t 0,v –uzishga berilgan komanda vaqtidan boshlab to hamma qutblarda yoy soʻnguncha boʻlgan vaqt. Ulash v a q t i t v,v –ulashga berilgan komanda vaqtidan boshlab to zanjirda tok paydo boʻlguncha ketgan vaqt. 7. Nominal uzish tokidagi tiklanuvchi kuchlanish parametrlari tiklanuvchi kuchlanish tezligi, normalangan egri chiziq, amplitudadan oshib ketuvchi hamda tiklanuvchi kuchlanish koeffitsienti. Nominal kuchlanishi 110 kV va undan yuqori boʻlgan oʻchirgichlar nominal uzish tokidan katta boʻlmagan QT tokida uzoq boʻlmagan (oʻchirgich oʻrnatilgan joydan 0,5–5 km boʻlgan ) QT ni uzishi kerak. Yoy soʻndiruvchi qurilmali kontaktli tizim, tok oʻtkazuvchi qismlar, korpus, izolyatsion konstruktsiya va yuritma mexanizmi oʻchirgichning tarkibiy qismlari hisoblanadi. Konstruktiv xususiyati va yoy soʻndirish usuliga qarab quyidagi oʻchirgichlar boʻladi: moyli bakli (katta hajmdagi moyli), kam moyli (kichik hajmdagi moyli), havo, elegaz, elektromagnit, vakuumli, normal rejimdagi toklarni uzish uchun mo`ljallangan yuklama oʻchirgichlari. Oʻchirgichlar oʻrnatilishiga qarab yopiq joyga, ochiqqa oʻrnatiladigan hamda komplekt taqsimlash qurilmalariga oʻrnatiladigan boʻladi. Uzishdagi (t s,v ) tez ishlash darajasiga qarab: oʻta tez ta`sir etuvchi t s,v = 0,06 0,08 s; ta`siri tezlashgan t s,v = 0,08 0,12 s; tez ta`sir etmaydigan t s,v = 0,12 0,25 s oʻchirgichlarga boʻlinadi. Download 75.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling