Oʻchirgichlar ishchi va avariya toklarini uzish va ulash uchun xizmat qiladigan


Moyli bakli oʻchirgichlar va kam moyli (tuvakchali) oʻchirgichlar


Download 75.44 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana22.06.2023
Hajmi75.44 Kb.
#1648866
1   2   3   4   5
Bog'liq
9-ma`ruza. SPEK 3-kurs (1)

 
 9.2. Moyli bakli oʻchirgichlar va kam moyli (tuvakchali) oʻchirgichlar. 
 
Moyli bakli oʻchirgichlardagi moy yoyni soʻndirish va tok oʻtkazuvchi qismlarni izolyatsiyalash 
uchun xizmat qiladi.10 kV gacha boʻlgan kuchlanishlarda (35 kV gacha boʻlgan ayrim 
oʻchirgichlarning turlarida) oʻchirgich bitta bakka ega boʻlib, unda uchchala fazaning hamma 
kontaktlari boʻladi, kuchlanish katta boʻlganda har qaysi faza uchun oʻzining baki bo`ladi.
Moyli bakli oʻchirgichlar yoy soʻndirish qurilmalarining ishlash printsipi boʻyicha 3-ta 
guruhga boʻlinadi: 
1. Avtopuflashli - bunda gazning yuqori bosimi va katta harakat tezligi yoyning energiyasi 
yordamida hosil qilinadi
2. Majburiy moyli puflashli - bunda kontaktlarning ajralish joyiga gidravlik mexanizm 
yordamida moy haydab beriladi
3. Moyda magnitli soʻndirish - bunda yoy magnit maydon tahsirida tor tirqishlarga tortilib 
soʻndiriladi.
Bakli oʻchirgichlarning asosiy afzalliklari: konstruktsiyasi sodda, yuqori uzish qobiliyatiga 
ega, tashqariga oʻrnatishga yaroqli. 
9.1–rasmda yoyni soʻndirish uchun maxsus qurilmaga ega boʻlmagan bakli oʻchirgich sxemasi 
koʻsatilgan. Oʻchirgichning poʻlat baki 1 boltlar yordamida quyma choʻyan qopqoq 3 ga 
mahkamlab osib qoʻyilgan. Qopqoq orqali oltita chinni izolyator 4tgan boʻlib, ularning tok 
oʻtkazuvchi sterjenlarining uchiga qoʻzgʻalmas kontaktlar 7 mahkamlangan. Qoʻzgʻaluvchan 
kontaktlar 8 kontakt koʻprik yoki traversada turadi. Ularga harakat oʻchirgich qopqogʻi ostiga 
joylashgan yuritma mexanizmidan izolyatsiyalangan tortqi yordamida beriladi.Ulanganda 
traversa koʻtarilgan boʻladi va kontakt koʻprik qoʻzgʻalmas kontaktlar orasidagi zanjirni 


tutashtiradi. Bunda uzuvchi prujina 5 siqilgan boʻladi. Oʻchirgich ulangan holatda yuritmaning 
zashchyolkasi yordamida ushlab turilib, u val 6 bilan bogʻlangan boʻladi.Avtomatik ravishda 
yoki qoʻlda uzganda zashchyolka boʻshaydi va prujina ta`sirida traversa pastga tez tushadi 
(harakat tezligi 1,5–2,7 m/s ga yetadi). Bunda oʻchirgichning har bir qutbidagi ikkala nuqtada 
zanjir uziladi. Hosil boʻlgan yoylar moy 2 ni parchalab, uni bugʻlantiradi, 70% gacha vodorodi 
boʻlgan gaz–bug`li pufak hosil boʻladi. Pufak ichidagi bosim 0,5–1 MPa ga yetadi, bu 
gazlarning ionsizlash qobiliyatini oshiradi. Yoy 0,08–0,1 s vaqt oʻtgach soʻnadi. Bakning 
devorlarida muhofazalovchi izolyatsion qoplamlar 9 bor. 
9.1–rasmda koʻsatilganidek, oʻchirgichning bakiga yogʻ toʻla quyilmay, balki qopqoq tagida 
havo yostigʻi qoldiriladi. Bu yoyni soʻndirish jarayonida hosil boʻladigan, yuqori bosimdan kelib 
chiqadigan oʻchirgich qopqogʻiga beriladigan kuchli zarbni kamaytirish uchun kerak. 

Download 75.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling