Kongilsiz hodisalar yuz berganda tez tibbiy yordam korsatish


Download 0.83 Mb.
Sana27.01.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1133157
Bog'liq
2 5470106258407167186

Kongilsiz hodisalar yuz berganda tez tibbiy yordam korsatish

Reja:

  • 1 Terminologiya
  • 2 Birinchi tibbiy yordam ko’rsatish — yangi terminologiya
    • 2.1 Birinchi yordam
    • 2.2 Birlamchi mediko-sanitar yordam
    • 2.3 Tez tibbiy yordam

Birinchi tibbiy yordam

  • Birinchi tibbiy yordam — bu to’satdan kasal bo’lib qolgan yoki yaralangan shaxsga voqea sodir bo’lgan joyda va tibbiy muassasaga yetkazilgunga qadar bo’lgan vaqtda ko’rsatiladigan shoshilinch tibbiy yordam tadbirlari majmuasidir. Hozirgi vaqtda bu atama rasman qo’llanilmaydi va eskirgan hisoblanadi, ammo shunday bo’lsada, adabiyotlarda birinchi tibbiy yordam so’ziga tez-tez ko’z tushadi.

Birinchi tibbiy yordam

TERMINOLOGIYA

  • Uzoq vaqt davomida jarohatlanganlarga u yoki bu yordam berishni atashda terminologik qiyinchiliklar mavjud edi. Qonun hujjatlarida jabrlanuvchilarga tibbiy malakaga ega bo’lmagan shaxslar tomonidan ko’rsatiladigan yordamni tasvirlash uchun «birinchi yordam (BY)», «birinchi tibbiy yordam (BTY)», «shoshilinch yordam», «shifokorgacha yordam» va boshqa atamalar ishlatilgan.
  • Bu ko’plab muammolarni keltirib chiqargan — masalan, qonun hujjatlariga muvofiq tibbiy yordam litsenziyaga ega tibbiy muassasalar tomonidan ko’rsatiladi. Shu sababli, «birinchi tibbiy yordam» atamasi mutaxassis bo’lmagan shaxs tomonidan taqdim etilgan yordamni ifodalash uchun foydalanilganda «BTY» — bu tibbiy yordam turi emasligini anglatardi va bu bema’ni hisoblanardi.

TERMINOLOGIYA

  • Ko’pincha zarur vositalar va dori-darmonlarga ega bo’lmagan tibbiy xodim bo’lmagan shaxs tomonidan ko’rsatiladigan malakasiz b.t.y.;
  • Tibbiy xodim (feldsher, tibbiy hamshira, laborant, tish texnigi va boshqalar) tomonidan ko’rsatiladigan malakali b.t.y.;
  • Yonida zaruriy asbob-uskunalari, apparatlari, dori-darmonlari bo’lgan shifokor tomonidan ko’rsatiladigan birinchi shifokorli yordam.
  • Boshqacha qilib aytganda, BY deganda turli xil malakaga ega bo’lgan shaxslar tomonidan va turli vositalar bilan amalga oshiriladigan turli xil tadbirlar nazarda tutilgan.
  • Yaqin-yaqingacha mutaxassis bo’lmagan shaxslarga birinchi yordam ko’rsatishni o’rgatish standartlashtirilmagan edi turli ta’lim dasturlariga ko’ra amalga oshirilardi. Nomutaxassislarga ko’pincha dori qutichada (aptechka) dori-darmonlar olib yurish va muayyan vaziyatlarda ularni ishlatish tavsiya etilardi.
  • So’nggi paytlarda, deyarli barcha mamlakatlarda, nomutaxassislarga jabrlanganlarga yordam ko’rsatishda dori vositalaridan foydalanishga ruxsat berilmaydi yoki tavsiya qilinmaydi. Tibbiy yordam ko’rsatishning standart (milliy) algoritmlari va protokollari paydo bo’lishi bilan faqat tibbiy mutaxassislar ko’rsatishi mumkin bo’lgan amallarni qisqa muddatli ta’lim olgan har qanday o’tkinchi odam ko’rsatishi mumkin bo’lgan yordamdan yakuniy ravishda ajratish rasmiylashtirildi.
  • Terminologik muammolarni bartaraf etish uchun «birinchi yordam» atamasi qonun hujjatlari va rasmiy hujjatlardan chiqarib tashlandi. Hozirgi paytda yordam ko’rsatuvchining mavqei va malakasiga qarab, «BY», «birinchi mediko-sanitar yordam» (shu jumladan, shifokorgacha BY) va «shoshilinch tibbiy yordam» (shu jumladan ixtisoslashgan tez tibbiy yordam) terminlari qo’llaniladi.

BIRINCHI TIBBIY YORDAM KO’RSATISH — YANGI TERMINOLOGIYA

BIRINCHI TIBBIY YORDAM KO’RSATISH — YANGI TERMINOLOGIYA

  • BIRINCHI YORDAM
  • Qonunda birinchi yordam tibbiy yordam ko’rsatish turi emasligi ta’kidlangan va tibbiy yordam kelgunga qadar jabrlanuvchiga ko’rsatiladigan yordam turi hisoblanadi.
  • «BY» atamasi ko’plab mamlakatlarda qo’llaniladigan xalqaro termin hisoblanadi.

BIRLAMCHI MEDIKO-SANITAR YORDAM

  • Birlamchi mediko-sanitar yordam (BMSY) tibbiy yordam ko’rsatish tizimining asosi hisoblanadi. U o’z ichiga aholi orasida sog’lom turmush tarzini shakllantirish, sanitariya-gigiena qoidalaridan xabardor qilish, kasallik va holatlarni tashxislash, davolash va oldini olish, tibbiy reabilitatsiyahomiladorlikning kechishini kuzatib borish chora-tadbirlarini o’z ichiga oladi. U quyidagi turlariga bo’linadi:
  • Shifokorgacha birlamchi mediko-sanitar yordam;
  • Birlamchi shifokorli mediko-sanitar yordam;
  • Birlamchi ixtisoslashtirilgan mediko-sanitar yordam.

SHIFOKORGACHA YORDAM

  • Shifokorgacha (yoki shifokorgacha birlamchi mediko-sanitar yordam yoki feldsher yordami) — feldsher tomonidan ko’rsatiladi, shifokorgacha birlamchi yordamni esa hamshira, farmasevt, tish texnigi, akusher, ya’ni o’rta-maxsus ta’limi bo’lgan shaxs ham o’tkaza oladi. Bu yordam turi uyda yoki tibbiy muassasadan tashqarida, ambulatoriya sharoitida o’tkaziladi.

TEZ TIBBIY YORDAM

  • «Tez», shu jumladan ixtisoslashtirilgan, tibbiy yordam fuqarolarga shoshilinch tibbiy aralashuvini talab qiladigan kasalliklar, baxtsiz hodisalar, jarohatlar, zaharlanish va boshqa sharoitlarda ko’rsatiladi.
  • Tez, shu jumladan ixtisoslashtirilgan tez tibbiy yordam fuqarolarga davlat va shahar sog’liqni saqlash tizimlarining tibbiy muassasalari tomonidan bepul taqdim etiladi. Tez, shu jumladan ixtisoslashtirilgan tez tibbiy yordam favqulotda yoki shoshilinch yordam ko’rsatish kerak bo’lgan hollarda tashkilot tashqarisida, shuningdek, ambulatoriya va statsionar sharoitida ko’rsatilishi mumkin.

E’tiboringiz uchun rahmat


Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling