Reja 1 Industrial mamlakat aqshning iqtisodiy taraqqiyoti
Download 35.83 Kb.
|
Iqtisodiy talimotlar tarixi amaliy 2
MAVZU. IKKI JAHON URUSHLARI ORALIG'IDA TARTIBGA SOLINADIGAN KAPITALIZMNING SHAKLLANISHI Reja 1)Industrial mamlakat - AQShning iqtisodiy taraqqiyoti 2)Britaniya iqtisodiyoti 3)Fransiyaning Iqtisodiy Rivojlanishi 1914-1939 yillar kapitalizmni davlat tomonidan tartibga sol- ish tizimini shakllantirish va faol rivojlantirish davri sifatida xarak- terlanadi. Bu jarayonni etatizatsiya (fransuzchadan l'etat -davlat) termini bilan atash mumkin.Ushbu davrni tizimli ravishda bir necha bosqichga ajratish mumkin:Undan tashqari, urush natijasida ishtirokchi mamlakatlar mod- diy boyliklarini uchdan biri yakson bo'ldi. Bu faqat harbiy texnika bo'lmasdan, sanoat, qishloq xo'jaligi sohalarida, infratuzilmada, uy-joy fondidagi yo'qotishlar edi. Urush xo'jalik faoliyatiga davlatni aralashuvini kuchaytirib kapitalizmni tartibga solish tizimini rivojlanishiga olib keldi. Har- biy-siyosiy maqsadlarga qisqa muddatlarda erishish uchunqat'iy davlat tartibga solinishini amalga oshirish zarur edi. Shu sabab- dan urush yakuniga kelib deyarli barcha mamlakatlarda xo'jalik munosabatlarining etatistik tizimi shakllandi. Birinchi jahon urushida ishtirok etuvchi mamlakatlarda iqti- sodiy munosabatlarni davlat tomonidan tartibga solish tizimiga quyidagi omillar ta'sir ko'rsatdi: • ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi; • milliy va ijtimoiy-siyosiy munosabatlar xususiyatlari; • u yoki bu mamlakatni bevosita urushda ishtirok etish darajasi. Barcha urushda qatnashgan mamlakatlarda xo'jalik munosabatlarini etatizatsiya qilish jarayonlari kuchaydi. Lekin bu jarayon urush tugagandan so'ng orqaga qayta boshladi, ya'ni davlat tomonidan tartibga solish tizimi qisqartirila boshlandi. Urushdan keyingi yillar. Jahonning ko'pchilik mamlakatlarida urushdan keyingi yillardagi beqarorlik 1914-18 yil dagi og'ir talo- fatlar natijasidir. Beqarorlik darajasiga quyidagi omillar ham ta'sir ko'rsatdi: • ko'rilgan talofatlar miqyosi; • mamlakatni urushdagi g'alabasi yoki mag'lubligi; • urush yillarida iqtisodiyotni harbiylashganligi va etatizatsi- yalashganligi; • Ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy rivojlanishning umumiy darajasi; • shu bilan birga bir qator milliy xususiyatlar. Barqarorlashtirish davri. 1924-29 yy.dagi davr rivojlangan mamlakatlarda xo'jalik munosabatlariga davlat aralashuvini qisqarib borishi bilan xarakterlanadi. Bu holni erkin bozor munosabatlariga qaytish deb tushunish kerak emas. Shuni ta'kidlash kerakki, etatizmni chekinishi to'liq emas edi, chunki 20-yy.da deyarli barcha mamlakatlarda iqtisodiyotni mo nopollashuvi, monopoliya va davlatni qo'shilib ketishi, erkin iqtisodiy munosabatlarni buzilishi amalga oshdi. Undan tashqari, "yangi" siyosiy tartibni o'rnatgan mukammal bo'lmagan Versal tizimi jahondagi va Yevropadagi muhim qara- ma-qarshiliklarni hal eta olmadi. Harbiylashtirish tendensiyasi kuchaydi, urushda mag'lub bo'lgan mamlakatlarni jahonni qayta hududiy va iqtisodiy taqsimlashga undadi. Bu oxir natijada eta- tizmning kuchli elementlarini saqlanib qolinishiga siyosiy asoslar yaratdi. Buyuk inqiroz davri. 1929-1933 yy.dagi Buyuk inqiroz davrida tinchlik sharoitida iqtisodiyotga davlatni aralashuvi darajasini keskin o'sishi yuz berdi. Etatizmni rivojlanishi barcha mamlakatlarga xos edi. Davlat tomonidan tartibga solish tizimi rivojlanishini yangi bosqichining farqlantiruvchi xususiyati shundaki, etatizatsiya jarayoni nazariy asosga ega bo'ldi - bu keynschilik nazariyasidir. O'sha davrda mashhur doktrinalar iqtisodiy munosabatlarni davlat tomonidan tartibga solish zaruratini taqazo etdi. Bu doktrinalar: • Italiya korporativizmi • Nemis milliy-sotsializmi • Turli sotsialistik konsepsiyalar Inqirozdan keyingi davr. Inqirozdan keyin bo'lgan nisbatan qisqa muddat (1934-39 yy.) tatizmdan voz kechish namoyon bo'lgan davr emas edi. Buning asosiy sababi - o'sha davrda barcha iqtisodiyotlar boshidan kechirayotgan beqarorlik holatidir. Undan tashqari Ikkinchi jahon urushiga tayyorgarlik bilan bog'liq ravishda iqtisodiyotni harbiylashtirish tendensiyasi iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishni chuqurlashuviga olib keldi. Download 35.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling