Reja 1 Industrial mamlakat aqshning iqtisodiy taraqqiyoti
Buyuk Britaniya iqtisodiyoti
Download 35.83 Kb.
|
Iqtisodiy talimotlar tarixi amaliy 2
3.Buyuk Britaniya iqtisodiyoti
Birinchi Jahon urushidan keyingi rivojlanish xususiyatlari. An- gliyada Birinchi Jahon urushi davrida etatistik tendensiyalarni in- tensiv rivojlanishi kuzatildi, ushbu jarayon 1919-1929 yy.da susay- di. Angliya g'olib mamlakat sifatida urushdagi talofatlarini qisman bo'lsa ham kompensatsiyaladi: Jahon bozorlarida ingliz kapitalining pozitsiyalari AQShning ekspansionistik siyosati natijasida susayib, Angliya qarzdor mam- lakatga aylandi (4 mlrd.doll.). Shu sharoitda ham Angliyada sanoatning yetakchi (kimyo, av- tomobil, elektrotexnika, aviatsiya va boshq.) tarmoqlari rivojlanib bordi. Eski tarmoqlar (kemasozlik, metallurgiya, ko'mir qazib olish va tekstil) esa stagnatsiya holatida edi. Ushbu tarmoqlarni modern- izatsiyalash uchun zarur bo'lgan kapitalning etishmasligi, ularni yuqori daromad topish maqsadida chetga chiqib ketishi bilan bog'liqdir. Investitsiyalarning etishmasligi ingliz sanoatiga xarajatlarni pasaytiruvchi, tovarlarning raqobatbardoshligini oshiruvchi ishlab chiqarishning yangi shakllarini joriy etish imkonini bermas edi. Angliya yuqori sifatli, ommaviy bo'lmagan, qimmat, boy iste'molchilarga mo'ljallangan tovarlarni ishlab chiqarishga urg'u berdi. Bu esa unga tashqi va ichki bozorda o'z o'rnini saqlab qol- ish imkonini berdi. Angliyani ommaviy talab etiluvchi tovarlar tashqi bozorlaridan siqib chiqarilishi jahon savdosida proteksionistik tendensiyalarni kuchayishiga olib keldi. Undan tashqari Tovar bozorlarida pozitsi- yalarni topshirish Angliya hukumatini bank sohasidagi yetakchi- likni saqlab qolish bilan bog'liqdir. 1925 yilda hukumat ingliz va- lyutasining revalvatsiyasini funt sterlingni oltin standartini joriy etish hisobiga amalga oshirdi. Bu tadbir funt kursini oshishiga olib kelgan bo'lsa ham, ingliz tovarlarining qimmatlashuvi sanoatchi- eksporterlar manfaatlariga ta'sir etdi. Angliyada Buyuk depressiya. Angliya iqtisodiyotida inqirozli holatlar 1930 yil boshlarida kuzatildi. Boshlang'ich davrda aksilinqiroz dastur borasida mamlakat boshqaruvida birdamlik yo'q edi. Leyboristlar hukumati, saylovoldi va'dalarini bajarish maqsadida aholining keng qatlamlari, kam ta'minlanganlar va ishsizlar hola- tini yaxshilash maqsadida budjet xarajatlarini oshirish tarafdorlari edilar. Aksilinqiroz chora-tadbirlari. 1931 yil sentyabrda milliy valyu- taning oltin paritetini bekor qilinishi muhim voqea bo'lib, natijada funt devalvatsiyasi yuzaga keldi. Buyuk Britaniya ketidan sterling blokiga kiruvchi mamlakatlar (25 ta mamlakat - Skandinaviya mamlakatlari, Gollandiya, Portugaliya, Argentina, Braziliya va Britaniya mustamlakalari) borishga majbur bo'ldilar, ular ingliz funti asosida o'z valyutalarini kursini belgilashar edi. 1933 yil oxiriga kelib Angliya aksilinqiroz choralar yordamida barqarorlashuvga erishishga muvaffaq bo'ldi. Bunga Buyuk Bri- taniyada mavjud ustunliklardan foydalangan holda erishildi. Ta'kidlash kerakki 1934 yildayoq qat'iy budjet siyosati ancha yumshadi (ish haqi oshirildi, avval kesib tashlangan ishsizlik na- faqalari tiklandi, daromad solig'i hajmi pasaydi). 1934 yilda boshlangan o'sish qurol-yarog' ishlab chiqarish bilan bog'liq tarmoqlarni (avtomobilsozlik, aviatsiya, radiosanoat va boshq.) rivojlantirishga davlat ajratmalari bilan bog'liqdir. Shu bilan birga hukumatning moliya tizimini sog'lomlashtirish bo'yicha choralari, qat'iy proteksionistik siyosati bir qator eski tar- moqlarga (kemasozlik, metallurgiya) investitsiyalar kirib kelishiga sababchi bo'ldi, bu iqtisodiyotdagi mavjud nomutanosibliklarni o'zgartirmadi, ko'mir va tekstil sanoati stagnatsiya holatidaligi davom etdi. Download 35.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling