Reja 1 Industrial mamlakat aqshning iqtisodiy taraqqiyoti


Download 35.83 Kb.
bet3/5
Sana23.10.2023
Hajmi35.83 Kb.
#1716630
1   2   3   4   5
Bog'liq
Iqtisodiy talimotlar tarixi amaliy 2

Buyuk Depressiya deb nomlangan iqtisodiy inqiroz xalq xo'jaligining barcha tarmoqlarini qamrab oldi. To'rt yil ichida mamlakatda sanoat ishlab chiqarishi 46,2%ga qisqardi. Avtomo- bilsozlik eng katta talofat ko'rdi (ishlab chiqarish 80%ga qisqardi), cho'yan eritish 79%ga qisqardi, po'lat eritish 76%ga, neft qazib olish 78%, ko'mir qazib olish 59%ga qisqardi. F. Ruzveltning "Yangi kurs"i. Franklin Ruzveltni 1933 yilda pr- ezidentlikka saylanishida "Yangi kurs" deb nomlangan samarali aksilinqiroz dasturi katta ahamiyatga ega bo'ldi. "Yangi kurs"ni avvalgi aksilinqiroz dasturlaridan prinsipial farqi shundaki Ruz- velt bozordagi jarayonlarni mustaqil ravishda tartibga solinishini rad etdi va davlatni xo'jalik munosabatlariga faol aralashuvini tan oldi. "Yangi kurs" avvaldan o'ylab chiqilgan islohotlar tizimi bo'lmasdan empirik xarakterga ega edi. Buni ushbu siyosat- ning g'oyasini ifodalovchi asosiy manba bo'lgan Dj.Keynsning "Bandlik,
foiz va pulning umumiy nazariyasi" kitobini 1936 yilda chop etilganligi ham isbotlaydi. Islohotlar boshlanganiga ikki yil bo'lgandan keyingina aksilinqiroz siyosat tizimli xarakterga ega bo'la boshladi. Ruzveltning birinchi islohotlari bank va moliya tizimini sog'lomlashtirishga yo'naltirilgan edi. 1933 yil martida mamlakatda barcha banklar faoliyati to'xtatildi. Bu banknotalarni olt- inga aylantirish va ularni chetga olib chiqib ketishga to'siq bo'ldi. Mazmunan bu choralar dollarning oltin standart tizimiga salbiy ta'sir ko'rsatib milliy valyutani qadrsizlanishiga olib keldi. Banknotalarni oltin bilan ta'minlash metodidan voz kechmagan holda AQSh hukumati tashqi bozorlardan oltin sotib olishni amalga oshirdi, natijada ichki bozorda uning narxi pasaydi va 1934 yil yanvarida mamlakat valyutasini devalvatsiyasini 41% darajasida amalga oshirishga erishildi. "Yangi kurs" siyosatini qo'llab hukumat mamlakatning eksport imkoniyatlarini kengayishiga, milliy ishlab chiqaruvchilarning ho- latini yaxshilanishiga erishdi, spekulyativ kapital faoliyati sohasini toraytirdi, investitsion jarayonni jonlanishi uchun shart-sharoit yaratdi. Sanoat ishlab chiqarishini jonlanishi ko'pchilik muammolarni hal etilishiga asos bo'ldi. Ruzveltning aksilinqiroz agrar siyosati 1933 yil bahorida AQSh Kongressi tomonidan qabul qilingan qishloq xo'jaligini tartibga solish to'g'risidagi qonun asosida amalga oshirildi. Agrar sektorni Qishloq xojaligini tartibga solish Ma'muriyati boshqarardi. Ortiqcha ishlab chiqarish inqirozini engib o'tish uchun o'z xo'jaliklarida ishlab chiqarishni qisqartirayotgan fermerlarga mukofotlar va kompensatsiyalar berish tizimi ishlab chiqildi. "Yangi kurs" AQShni ijtimoiy yo'naltirilgan davlatga aylanishini boshlab berdi. Siyosatning ijtimoiy yo'naltirilganligi islohotlarn- ing ikkinchi bosqichidayoq ustuvor holatni egalladi. Stagnatsiya sharoitida 1935 yil yozida mehnat munosabatlari to'g'risida Milliy qonunni qabul qilinishiga erishildi. Bu qonun tarixga Vagner qonuni sifatida kirdi (senator R.Vagner nomi bilan nomlangan). Kasaba uyushmalari tuzilishi qonuniy deb tan olindi, ular ish beruvchilar oldida yollanma ishchilar manfaatlarini jamoa shartnoma- larini tuzish orqali amalga oshirar edi. 1936 yilda Ijtimoiy ta'minot to'g'risida qonun qabul qilindi. Unga binoan qarilik pensiyasi va ishsizlik, kasallik va nogironlik nafaqalari joriy etildi. Ammo qonun savdo va xizmat sohalarida band bo'lganlarga ta'sir etmas edi. Ikki yildan so'ng AQShda Adolatli mehnat sharoitlari to‘g‘risida qonun qabul qilindi. Unda mehnat haftasining uzunligi 44 soat hajmda belgilandi, federal ahamiyatdagi korxonalarda ish haqin- ing minimal va maksimal chegaralari belgilandi, bolalar mehnati taqiqlandi. Ruzvelt siyosatining asosiy maqsadi mamlakat iqtisodiyotini in- qirozdan olib chiqishga yo'naltirilgan edi. Shu bilan birga, xususiy mulkka, ish kuchini sotish va sotib olishga asoslangan bozor mex- anizmlari tiklandi. Shu sabadan mamlakatni sotsilizatsiyalashtirish maqsad qilib qo'yilmagan. Umuman olganda davlat aralashuvi siyosati AQShga iqtisodiyotni inqirozli holatdan chiqarish imkonini berdi (ba'zi Yevropa mamlakatlariga nisbatan sekinroq bo'lsa ham). 1937 yilga kelib AQSh bir necha iqtisodiy ko'rsatkichlar bo'yicha 1929 yildagi poz- itsiyaga chiqib oldi.

Download 35.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling