Reja 1 Industrial mamlakat aqshning iqtisodiy taraqqiyoti
Yirik industrial mamlakat
Download 35.83 Kb.
|
Iqtisodiy talimotlar tarixi amaliy 2
Yirik industrial mamlakat - AQShning iqtisodiy taraqqiyoti Birinchi jahon urushidan oldin va urush davridagi iqtisodiyot. Birinchi jahon urushi boshida AQSh jahonning yirik industrial mamlakati hisoblanib, unga jahon sanoat ishlab chiqarishining 35% to'g'ri kelardi. Rivojlangan qishloq xo'jaligi, infratuzilma, qulay tabiiyiqtisodiy muhit, Janubiy Amerikaning bitmas-tugan- mas bozorining yaqinligi, urush holatidagi Yevropaning uzoqligi XX asr boshidayoq AQShga jahonda yetakchilikka erishishga im- kon berdi.
Yevropa mamlakatlaridan farqli o'laroq AQSh Birinchi jahon urushida deyarli qatnashmadi, 1917 yilning 6 apreliga qadar 121 neytral pozitsiyani ushlab turdi. AQSh armiyasi bevosita harbiy harakatlarni 1918 yilning yozida boshladi, va Yevropa mamlakat- lariga nisbatan kam talofatlar ko'rdi (taxminan 120 ming kishi). Birinchi jahon urushi oxiriga kelib AQSh o'zining tashqi qarzini yarmini qoplash imkoniyatiga ega edi, va yirik kreditorga aylanish imkoniyatiga ega bo'ldi. 1918 yilda AQSh jahon oltin zaxirasining yarmiga ega edi. Inqirozli holatlar. Boshqa mamlakatlardagi kabi AQShda ham iqtisodiyot tarmoqlari rivojida nomutanosibliklar sezila boshlandi. Bu hol xo'jalik faoliyatiga davlatning faol aralashuviga sabab bo'ldi. XIX asrning oxiridayoq Amerika hukumati monopoliyalarni iqtisodiyotga salbiy ta'siri bilan kurash olib bora boshladi. Urushdan keyingi davrda taraqqiyot. Prosperiti1. Urushdan keyingi davrda ko'pchilik mamlakatlarda inqirozli holatlar harbiy talofatlar, konversion jarayonlar natijasida yuz berib ijtimoiy inq- irozga olib keldi. Lekin bu hol AQSh uchun xos emasdi. AQSh inqirozni juda qisqa muddatlarda engib 1923 yildayoq iqtisodiyotni jonlanishi kuzatildi. 1929 yilning oxiriga qadar iqti- sodiyotda prosperiti davri hisoblandi.2- Taraqqiyotning asosi esa yangi tarmoqlarning (avtomobil, elektrotexnik, kimyo, radiotexnika va boshq.) jadal rivojlanishi bilan bog'liq. 1929-1933 yy. Jahon inqirozi. 1929-1933 yy. Jahon inqirozi AQShda boshlanib bu mamlakat iqtisodiyotining barcha jab- halariga kuchli ta'sir ko'rsatdi. 1929 yilning 25 oktyabrida Nyu- York fond birjasida birja spekulyantlari tomonidan sun'iy narxlari oshirilgan aksiyalar kursini keskin pasayib ketishi natijasida saro- sima vujudga keldi. Zarar 15 mlrd.doll. hajmida hisoblandi. "Qora juma" XX asr 20- yy.dagi iqtisodiy o'sishning yakunlanishini va chuqur iqtisodiy in- qirozni boshlanishini anglatardi. Download 35.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling